Sobiq qirol 4 mln yevro miqdoridagi soliq qarzini to‘ladi
2014 yilda Ispaniya taxtidan voz kechgan Xuan Karlos I mamlakat soliq idorasiga 4 mln yevro miqdorida o‘z qarzini to‘ladi, deyiladi El Pais xabarida.
O‘tgan yilning 9 dekabrida faxriy qirol Ispaniyada 2016 yildan 2018 yilgacha bo‘lgan davrda soliq qarzlari bo‘yicha 678 ming yevrodan ortiq pul to‘lagan edi. Gap bir necha yil davomida e’lon qilinmagan daromadlar haqida ketmoqda, ularning umumiy miqdori naqd pulsiz 8 mln yevrodan oshadi.
Taxminlarga ko‘ra, Xuan Karlos I xususiy samolyotlarda parvoz qilgan, ular 2018 yilga qadar sobiq davlat rahbari tomonidan amakivachchasi fondidan to‘langan.
Nashrning ta’kidlashicha, sobiq qirol himoyasi Ispaniya soliq organlariga o‘z ixtiyori bilan deklarasiya topshirgan. Bundan tashqari, Ispaniya Oliy sudi prokuraturasi faxriy qirol bilan bog‘liq yana ikkita tergov olib bormoqda. Ulardan biri, Makka-Madina yo‘nalishida tezyurar temir yo‘l qurilishi shartnomasi Ispaniya kompaniyalari konsorsiumiga o‘tishi uchun Saudiya tomoni bilan muzokaralarda vositachi vazifasi uchun pul olgani aytilmoqda.
Shuningdek, OAVda Ispaniya prokuraturasi Xuan Karlos I ning Ispaniya soliq idoralaridan yashiringan bo‘lishi mumkin bo‘lgan Jersi orolidagi mablag‘larning mavjudligini tekshirayotgani haqida ham ma’lumotlar paydo bo‘ldi.