Sobiq merning ayanchli o‘limi

Sobiq merning ayanchli o‘limi

Nabira o‘zining bobosi va buvisini pul uchun shafqatsizlik bilan o‘ldirdi: jasadlar bir oy bochkada yotdi, u esa mashinalar va qimmatli buyumlarni sotdi.

2025 yilning 3 yanvar kuni Rossiyaning Samara shahri sobiq meri Viktor Tarxov 77 yoshga to‘ldi. Bayramni u rafiqasi bilan Rossiyaga qaytib nishonlashga qaror qildi. Ularning vaqtlari ko‘proq xorijda o‘tardi.

Tarxovlar Samara shahridagi Vilonovskaya ko‘chasida xonadonga ega edilar. Ular aeroportdan to‘g‘ri shu yerga yo‘l oldilar. Kirish joyida kameralar ularning sumkalar bilan uyga kirganini qayd etdi… va shundan keyin bedarak yo‘qolishdi.

Dastlab, bu hech kimni xavotirga solmadi. Viktor Tarxovning tanishlari undan SMS xabarlar olib turdilar: «Ozgina betob bo‘lib qoldik, xotinimning ahvoli unchalik yaxshi emas». Ammo keyin do‘stlaridan biri shubhalanib, polisiyaga murojaat qildi.

Shubhalar asossiz emas edi. 5 fevral kuni (oradan bir oy o‘tib) kechqurun ma’lum bo‘ldi: Viktor Tarxov va uning xotini shafqatsizlik bilan o‘ldirilgan. Jasadlar parchalanib, sassiq hid chiqmasligi uchun plastik bochkalarga solib qo‘yilgan. Jinoyatda gumon qilingan shaxs – marhumlarning 30 yoshli nabirasi Yekaterina Belskaya.

Qotillik nima uchun sodir bo‘ldi?

Huquq-tartibot organlari hali hech qanday rasmiy tafsilotlarni oshkor qilmayapti. Yekaterina tergovda guvohlik berishdan bosh tortgan. Ammo ommaviy axborot vositalarida ba’zi ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Qayd etilishicha, Belskaya bobosi va buvisining uyiga mehmonga kelgan. Ular o‘rtasida janjal chiqqan bo‘lishi mumkin. Pul masalasida tortishganmi? Hech kim aniq javob berolmaydi, biroq fakt – Katya ularni o‘ldirgan. Avvaliga ularni otib tashlagani aytilgan edi, keyin esa kaltaklab o‘ldirgani haqida xabar tarqaldi.

So‘ng voqealar haqiqiy jinoiy serialga aylandi. Belskaya internet orqali plastik bochkalar buyurtma qildi va jasadlarni shu bochkalarda saqladi. Ma’lum vaqt o‘tib, ularni qismlarga bo‘lib, qora paketlarga solib, turli joylarga tashlab kelgan.

Shu bilan birga, u o‘z moliyaviy muammolarini hal qilishga kirishdi. Ba’zi manbalarga ko‘ra, bobosining «Toyota RAV4» avtomashinasini soxta ishonchnoma bilan sotgan. Shundan so‘ng, uydagi qimmatbaho ikonalarni ham pullagan.

Bularning barchasini polisiya aniqladi va shu asosda Yekaterina qo‘lga olindi. Ko‘p o‘tmay, xonadonda jinoyat izlari topildi.

Ekaterina Belskaya kim edi?

U yoshligidan boylik va hashamga o‘ch edi. Unga puldan boshqa narsa qiziq emasdi. U o‘qish davrida ichkilikka berilgan, qimmatbaho kiyimlar va ziynatlarga qiziqqandi.

Shuningdek, polisiya uning qarzga botganini ham aniqladi. Insayderlar bu qarzlar qimor va narkotiklar bilan bog‘liq ekanini taxmin qilishmoqda.

Ekaterina yolg‘iz harakat qilganmi?

Hozirda tergov davom etmoqda. Agar uning sherigi bo‘lsa, uni topish kerak bo‘ladi. Hozircha esa Belskaya 2 oyga qamoqqa olingan.

Bu dahshatli hodisa hali ko‘p sirlarni ochishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Kreml milliardlab topmoqda, Yevropa esa milliardlab sarflamoqda

Россия Европанинг Украинага сарфлайдиганидан кўпроқ даромад олади.

Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasida qurolli mojaro boshlandi

Бошқа тафсилотлар ошкор этилмади.

Medvedevning xayollari

Медведев Украина харитасини намойиш қилди.

"Ishoning, bizda ham javob tariqasida suratga olishga arzigulik narsalar bor" - Shoygu

Россия Хавфсизлик кенгаши котиби ГФР канцлери Мерцнинг Германия Украинанинг Россия ҳудудига зарба бериш масофаси бўйича чекловларни бекор қилаётгани ҳақидаги сўзларига шундай изоҳ берди.

Durov: "Men rusman!"

Telegram асосчиси айбловларга раддия берди.

Ukraina Rossiyaning muhim harbiy ob’ektlariga zarba berdi

Украина мудофаа кучлари Россия ҳарбий-саноат мажмуаси учун муҳим бўлган объектларга, хусусан, "Радуга" заводига зарба беришга муваффақ бўлди.

Gruziyada Rossiya bayrog‘i haqoratlandi. Zaxarovaning munosabati

Россия Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили Мария Захарова грузиялик қўшиқчининг Россия байроғини ҳақоратлаши билан боғлиқ ҳодисага изоҳ берди.

Xitoy Rossiyani qurollantirmoqda

Украина Ташқи разведка хизмати Россиянинг 20 та заводи ҳақида ишончли маълумотларга эга. 2024-2025 йиллар мобайнида Россия ва Хитой ўртасида авиация соҳасидаги ҳамкорликнинг камида 5 та ҳолати қайд этилган.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Germaniyani ogohlantirdi

Аввалроқ Германия канслери Мерц Киевга етказиб бериладиган қурол-яроғ турларига чекловлар олиб ташланиши ва уларни биргаликда ишлаб чиқаришни молиялаштириш ҳақида маълум қилганди.

Isroil Germaniya kanslerining tanqidiga javob qaytardi

Шу билан бирга, элчи Фаластин давлатини тан олишга тайёрланаётган Франция, Малта ва Испанияни кескин танқид қилди.

Go‘zallik malikasi 9 oyga qamaldi

Бу ҳақда Need To Know (NTK) нашри хабар бермоқда.

Andijon hokimi Shuhrat Abdurahmonov jinoyat sodir etgani haqida xabarlar tarqaldi

Хабарларда ҳолат вояга етмаган шахсга нисбатан қилингани айтилган.

Markaziy Osiyo xalqlari uchun Rossiya endi qiziq emas

Марказий Осиёдан Россияга келаётган меҳнат муҳожирлари сони сезиларли даражада камайди.

Hokim o‘rinbosari o‘zini yoqib yubordimi?

Ижтимоий тармоқларда Яккабоғ тумани ҳокими ўринбосари ўзини ёқиб юборгани ҳақида хабар тарқалди.

Ortiqxo‘jayev yangi lavozimda ish boshlagani aytilmoqda

Тарқалган хвбврлврга кўра, Жаҳонгир Ортиқхўжаев Ўзбекистон корпоратив спорт ассоциацияси расининг биринчи ўринбосари сифатида иш бошлаган.

Ukrainalik desantchilar rossiyalik harbiylarni asirga oldi

"Россия Федерацияси ҳудудидаги ўз бўлинмаларида уларга нисбатан шафқатсиз муносабат, руҳий тазйиқ ва таҳдидлар қўлланилган," - дейилади хабарда.

Kiyev muzokaralar oldidan Zelenskiy bilan sodir bo‘lgan voqeadan vahimaga tushmoqda - Zelenskiyni yupqa muz ustiga olib borishmoqda

Бу ҳақда Украина собиқ президенти Леонид Кучманинг собиқ маслаҳатчиси Олег Соскин маълум қилди.

«Eronga hujum qilgan Saddamning xatosini takrorlama»

"The Hill" журнали ўз мақоласида Саддам Ҳусайннинг Эронга ҳужум қилишдаги хатосини эслатиб, Дональд Трампни бу хатони такрорлашдан сақланишга чақирди.

Putinning farmoyishidan so‘ng Rossiya qo‘shinlari hujumga o‘tdi

Россия кенг кўламли ҳужум уюштирди. Ёзги кенг миқёсли ҳужумни бошлаган Россия армияси атиги бир ҳафта ичида Украинанинг 18 та аҳоли пунктини босиб олиб, қарийб 200 квадрат километр ҳудудни қўлга киритишга эришди.

"PSJ" Chempionlar Ligasi finalida "Inter"ni o‘ta yirik hisobda mag‘lub etdi

Ўйин Мюнхендаги "Альянц Арена"да бўлиб ўтди.

Qurbonlar bor: PSJning YECHL g‘olibi bo‘lishi fojiali oqibatlarga olib keldi

Хабарингиз бор, 31 майдан 1 июнга ўтар кечаси Европа Чемпионлар лигаси финали бўлиб ўтди ва унда Франциянинг ПСЖ клуби "Интер"ни мағлуб этиб, ўз тарихида илк бор ЕЧЛ ғолибига айланди. Аммо бу фожиали оқибатларга ҳам олиб келди.

Xitoy harbiy-dengiz kuchlari keng qamrovli dengiz mashqlarini boshladi

Машқлар Тайванни қамал қилиш ҳамда қарши ҳужумни тақлид қилиш учун ўтказилмоқда.

Rossiyaning Bryansk viloyatida avtomobil ko‘prigi temiryo‘lga qulashi oqibatida Moskva tomon harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib ketdi

Baza ва Shot Telegram-каналлари кўприк қулаши портлаш натижасида содир бўлганини хабар бермоқда.

"Kuchli bo‘lsangiz, yordam olasiz. Zaif bo‘lsangiz, qo‘lingiz bo‘sh ketasiz"

"На нон, на умид” — Ғазодаги қочқинлар ёрдамсиз қолмоқда.

2 yildan keyin Xitoy Tayvanga hujum qilishi mumkin — Pentagon rahbari

Пит Ҳегсет Хитойнинг Тайванга эҳтимолий босқинига зудлик билан тайёргарлик кўриш кераклиги ҳақида огоҳлантирди.

Ukraina F-16 qiruvchi samolyotlari NATOning "harbiy Wi-Fi" tarmog‘iga ulanadi - Mudofaa vazirligining o‘rinbosari Katerina Chernogorenko

Мудофаа вазирлиги "harbiy Wi-Fi" сифатида танилган Линк-16 орқали маълумотлар алмашинувини таъминловчи CRC System Interface (CSI) тизими бўйича келишувни имзолади.

Tramp Makronga rafiqasi haqida maslahat beradi

АҚШ президенти Доналд Трамп франсиялик ҳамкасби Эммануел Макрон ва унинг рафиқаси Брижитга оммавий қарама-қаршиликлардан қочишни маслаҳат берди.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi bilan telefon orqali muloqot qildi

Давлат раҳбари ҳожилар ҳолидан хабар олди, улар учун яратилган шароитлар ҳақида сўради.

Evroittifoq bilan hamkorligimiz pragmatik manfaatlarga asoslangan va mintaqa kimgadir yoqadimi-yo‘qmi, bu hamkorlikni davom ettiradi — Abdulaziz Komilov

Ўзбекистон президенти ҳузуридаги хавфсизлик кенгаши котиби ўринбосари, президентнинг ташқи сиёсат масалалари бўйича махсус вакили Абдулазиз Комилов бу ҳақда “Ishonch uz” сайтига берган интервюсида айтиб ўтди.

AQShda 250 millionga yaqin asalari "ozodlik"ka chiqib ketdi

Маҳаллий ҳокимият фуқароларни ҳудудга яқинлашмасликка чақирди.

Tamaki sanoatida qo‘llanilayotgan hid va ta’m beruvchi qo‘shimchalar tufayli dunyoda yoshlar orasida chekish ommalashmoqda

Маълумотларга кўра, дунё бўйлаб 13–15 ёшдаги 37 миллион нафар ўғил-қизлар тамакини у ёки бу шаклда истеъмол қилмоқда.

"Bunday holga yo‘l qo‘yganimiz uchun o‘zimizni hech qachon kechira olmasligimiz mumkin"

Ғазонинг жанубидаги Носир шифохонасида кўнгилли бўлиб ишлаган шифокор Христос Георгалас Исроил "болаларга қарши уруш" олиб бораётганини таъкидлади.

2024 yilda Rossiya Mudofaa vazirligi bilan taxminan 400 ming kishi urushga borish uchun shartnoma imzoladi — “Vajniye istorii”

"2024 йилда Россия Қуролли Кучлари билан 374,2 мингдан 407,2 минг нафаргача одам шартнома имзолаган", дея маълум қилди “Важние истории” федерал бюджет харажатлари маълумотларига таяниб.

Rossiya BMTda Ukraina bilan cheksiz urushishga tayyorligini ma’lum qildi

Россиянинг БМТдаги доимий вакили Василий Небензя Москванинг Украинага қарши ҳарбий тажовузни номаълум муддатга давом эттиришга қарор қилганини билдирди.

7 iyun shanba kuni hamma dam oladi

2025 йилда Қурбон ҳайити 6 июнга тўғри келади – Президент қарори эълон қилинди.

Sud Putinni Gitler bilan taqqoslashni taqiqladi

Тақиқ остига Путинга фюрернинг мўйлови ва соч турмаги фотомонтаж қилинган суратлар тушди. Шунингдек, суд "Путлер капут" ёзувларини ҳам тақиқлади.

Xorazmda O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘limi boshlig‘i 10 ming dollar olayotganida ushlandi

ДХХнинг Сирдарё вилояти бўйича бошқармаси ҳамда ИЖҚКД ҳамкорлигида ўтказилган тезкор тадбирда муҳандис ушбу пул маблағини олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланди.

Uychi tumani hududida mudhish holat yuz berdi

Улар чинни пиёла-чойнак ишлаб чиқариш корхонасига кетаётган бўлган экан.

AQSh eng kuchli yadro aviabombasini ishlab chiqarishga tayyorlanmoqda

В61-13 нинг қуввати 360 килотоннага етади. Бу АҚШ ядро қурол-яроғидаги энг кучли жанговар бошқисмлардан бири ҳисобланади.

Putin Yaponiya sobiq bosh vazirining bevasini ko‘z yoshlarga botirdi

Россия президенти Владимир Путин Москвада қотилликка учраган Япония собиқ бош вазири Синдзо Абенинг хотини Акиэ Абе билан учрашди.