Sneyder: 2010 yilda "Oltin to‘p"ni Messi emas, men olishim kerak edi. Bu hali ham meni qiynaydi

Sneyder: 2010 yilda "Oltin to‘p"ni Messi emas, men olishim kerak edi. Bu hali ham meni qiynaydi

"Inter" klubi va Gollandiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Uesli Sneyder 2010 yilda "Oltin to‘p"ni qo‘lga kirita olmaganidan afsusda ekanligini bildirdi.

“2010-yilda menga “Oltin to‘p” berilmagani va Messi uni qo‘lga kiritganligi biroz adolatsizlik. Lekin men bu haqda yig‘layotganlardan emasman. "Oltin to‘p" - bu individual mukofot, ammo men jamoaviy sovrinlarni qo‘lga kiritishni afzal ko‘raman. Agar men Chempionlar ligasi va “Oltin to‘p” o‘rtasida tanlov qilishim kerak bo‘lsa, o‘sha yili yutgan Chempionlar ligasini tanlagan bo‘lardim. Lekin bu hali ham meni xafa qiladi», - deya Sneyderning so‘zlarini keltiradi AS.

Eslatib o‘tamiz, 2010 yilda Sneyder "Inter" tarkibida Chempionlar ligasi, Italiya chempionati va Italiya kubogida g‘olib chiqqan, shuningdek, Gollandiya terma jamoasi bilan birgalikda Jahon chempionati finaliga chiqqan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!