SMTI direktori: Markaziy Osiyoning tashqi qiyofasi tubdan o‘zgardi

SMTI direktori: Markaziy Osiyoning tashqi qiyofasi tubdan o‘zgardi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston delegasiyasi 16-17 oktyabr kunlari Ostona shahrida “O‘zgaruvchan dunyo tartibotidagi o‘rtahol davlatlar: Xavfsizlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni mustahkamlash” mavzusida tashkil etilgan aql markazlari forumida ishtirok etdi.

Ostona xalqaro forumi shafeligida Prezident huzuridagi Qozog‘iston Strategik tadqiqotlar instituti tomonidan tashkil etilgan anjumanda Markaziy Osiyo, MDH, Yevropa Ittifoqi, AQSh va Osiyo mamlakatlaridan 45 nafarga yaqin yetakchi ekspert ishtirok etdi. Yalpi majlisda mezbon davlat rahbari Qosim-Jomart Toqayev so‘zga chiqdi.

SMTI direktori “II Markaziy Osiyo xavfsizlik va hamkorlik forumi” mavzusidagi sessiyada so‘zga chiqib, mintaqamiz rivoji istiqboliga alohida to‘xtaldi.

E.Aripov yaqin o‘tmishda ekspertlar bizning mintaqani “Markaziy Osiyodagi Bolqon”, xususan Farg‘ona vodiysini esa, keskin ziddiyatlarga moyilligi, yer va suvdan foydalanish, millatlararo adovat bilan bog‘liq nizolar tufayli portlash arafasida turgan jismga qiyoslashganini yodga oldi.

– Biz pishib yetilgan barcha muammolarni hal qildik, jiddiy kelishmovchiliklarni bartaraf etishga muvaffaq bo‘ldik, – dedi u. – Bu jarayonga 7 yil oldin Prezidentimiz tomonidan Markaziy Osiyo O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilanganda kirishildi. Shu tariqa mintaqamiz davlatlari butkul qarama-qarshiliklarga to‘la zamondan yaqin sheriklik va hamkorlik davrigacha bo‘lgan kattagina yo‘lni bosib o‘tdi. Bunday yuksalish bizga bemalol Yangi Markaziy Osiyo vujudga kelayotgani haqida ishonch bilan gapirish imkonini beradi. Bugungi kunda mintaqa qadam-baqadam yangi imkoniyatlar va manfaatlar, inklyuziv hamkorlik maydoniga aylanmoqda.

Shu asnoda ekspert mintaqa iqtisodiy ko‘rsatkichlari faol o‘sib borishi sur’atiga alohida e’tibor qaratdi: Markaziy Osiyo iqtisodiyoti so‘nggi o‘n yil ichida barqaror – 6,2 foiz o‘sib, jahondagi o‘rtacha ko‘rsatkich (2,6 foiz)dan ikki barobar yuqoriladi. Markaziy Osiyoga jalb qilingan sarmoya miqdori qariyb ikki barobar – 2016 yildagi 27 milliard dollardan 2023 yilga kelib 50 milliard dollarga ko‘tarildi. Ayni payt mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiya ham yiliga o‘rtacha 9 foizdan o‘sib boryapti.

Qo‘shma korxonalar soni muntazam oshib boryapti. Masalan, 2016 yildan buyon yurtimizda Markaziy Osiyo mamlakatlari kapitali ishtirokidagi biznes sub’ektlari qariyb 6 barobar – 1830 taga, qo‘shni davlatlardagi O‘zbekiston korxonalar soni esa 8,5 barobar, ya’ni 4 700 taga ko‘paydi.

Mintaqaga allaqachon istiqbolli bozor sifatida qaralmoqda. 2050 yilga borib nufusi 100 million kishidan oshishi taxmin qilinayotgan Markaziy Osiyo eng yosh hududlardan biri bo‘lib qoladi – aholining o‘rtacha yoshi taxminan 30 yoshni tashkil etadi.

Mutaxassis ta’kidlashicha, mintaqa raqamli va yashil transformasiya uchun zarur noyob materiallarga boy zaxiraga ham ega. Ayni holat tashqi hamkorlar qiziqishini yanada oshiradi. “Markaziy Osiyo+” muloqot formatlari buning yorqin ifodasi. Zero, bugungi kunda mavjud 10 dan ortiq shunday muloqot maydonidan 6 tasi so‘nggi 5 yil ichida yaratildi. 2022 yildan boshlab ushbu platformalarning aksariyati davlat rahbarlari darajasida – Xitoy, AQSH, Germaniya va Yevropa Ittifoqi bilan o‘tkazilmoqda. Kelgusi yil bu safga Janubiy Koreya ham qo‘shiladi.

Ekspert fikricha, davlatlar ushbu noyob geosiyosiy imkoniyatdan foydalanib, umumiy qarashlarni himoya qilishi va uchinchi davlatlar bilan hamkorlikda mintaqaviy rivojlanish ustuvorligini muvofiqlashtirib olishi zarur. Shu nuqtai nazardan Markaziy Osiyo mamlakatlariga xos bo‘lgan, mintaqa iqtisodiy rivojini ta’minlay oladigan raqobatbardosh ustunlikni hisobga olish juda muhim.

Birinchidan, Eldor Aripovning fikricha, mintaqa Yevrosiyo qit’asidagi muhim agrosanoat markaziga aylanish imkoniga ega. Qishloq xo‘jaligi mamlakatlarimiz iqtisodiyotining asosiy tarmg‘i sifatida qayta ishlash sanoatini zarur xom ashyo bilan ta’minlaydi.

Bugungi kunda mintaqa aholisining 50 foizdan ko‘pi qishloqlarda istiqomat qiladi. Qishloq xo‘jaligida mehnat qilayotganlar mintaqadagi umumiy ish bilan band kishilarning qariyb 40 foizini tashkil etib, YAIMning 90 milliard dollarga teng qiymatini, ya’ni o‘rtacha 20 foizini ta’minlamoqda.

Shu nuqtai nazardan Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida agrosanoat kooperasiyasini rivojlantirish, sohaga sarmoya va yuqori texnologiya jalb etish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakat juda zarur.

Ikkinchidan, ekspert fikricha, raqamlashtirishning dolzarbligi ortib bormoqda. Bugungi kunda raqamli texnologiya insoniyat hayotining barcha jabhalariga jadallik bilan kirib borib, iqtisodiy taraqqiyotni harakatlantiruvchi kuchga aylanmoqda.

Jahonning yirik bozorlaridan geografik jihatdan uzoqligi va logistika xarajati yuqoriligi tufayli mintaqa mamlakatlari tovarlari avval boshdanoq raqobatbardoshlikni yo‘qotadi. Xususan, yuk tashish xarajati ulushi yakuniy tannarxning 50 foizini tashkil etadi. Bu jahondagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 11 foiz yoki qariyb 5 barobar qimmat.

Bu vaziyatdan chiqish yo‘li IT sohasini keng rivojlantirishdir.

– Aksariyati yoshlardan iborat Markaziy Osiyo aholisi soni tez o‘sishi, qolaversa raqamli xizmatlarning eng faol iste’molchilari aynan ular hisobiga to‘g‘ri kelishi mintaqada IT bozorini rivojlantirish uchun muhim afzallik hisoblanadi, – deydi ekspert.

Farazlarga ko‘ra, 2028 yilga borib mintaqada internet foydalanuvchilari 20 foiz ko‘payib, 63 million kishigayetadi, qamrov darajasi 70 foizdan 75 foizga ko‘tariladi.Bu mamlakatlarimizga IT mahsulotlari eksportini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi.

Birgina O‘zbekistonda 2020 yildan buyon IT xizmati eksporti 22 barobar oshib, 2023 yil oxirida 344 million dollarga yetdi.

Uchinchidan, Eldor Aripovning fikricha, qayta tiklanadigan energiya tashqi iqtisodiy sheriklar bilan hamkorlik uchun eng muhim o‘sish nuqtalaridan biriga aylanmoqda. Bu, ayniqsa, Markaziy Osiyoda energetika infratuzilmasi rivojlanish sur’ati sanoatlashtirish va urbanizasiya, shuningdek demografik o‘sish tezligidan ortda qolayotgan bugungi kunda juda dolzarb. Shu nuqtai nazardan, ekspert Jahon banki hisobotiga murojaat qilib, 2030 yilgacha energiyaga mintaqaviy ehtiyoj 30 foizdan ko‘proq oshishini qayd etdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, energiya ta’minoti imkoniyatini kengaytirish uchun qayta tiklanadigan manbalarga izchil o‘tish, milliy va mintaqaviy energiya tizimini modernizasiya qilish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun Markaziy Osiyo mamlakatlariga yaqin 5-10 yil ichida kamida 20 milliard dollar sarmoya kerak bo‘ladi.

– Markaziy Osiyo+ formatidagi sheriklar bilan ayni yo‘nalishdagi rejalar amalga oshirilishi mintaqamiz energiya xavfsizligini mustahkamlashiga ishonchim komil, – dedi SMTI direktori.

Mutaxassis Markaziy Osiyoda yumshoq kuch mavjudmi yoki yo‘qligi haqidagi savolga javob berarkan, so‘nggi yillarda mamlakatlarimiz mintaqa bu borada ulkan salohiyatga ega ekanini tobora teran anglay boshlaganiga urg‘u berdi:

– Markaziy Osiyoda tarixan o‘troq va ko‘chmanchi madaniyatlar o‘zaro bog‘langan, ko‘plab etnik guruhlar yashagan, bag‘ri keng ko‘p konfessiyaviy muhit hukm surgan. Bu zaminda zardushtiylik vujudga kelgan, buddaviylik shu joydan Sharqqa qarab yoyilgan, islom diniga oid fundamental asarlar bizda yozilgan. Barcha oqimlar, madaniyat va dinlarga nisbatan ochiqlik tafakkur va taraqqiyot kuchli rivojlanishi uchun sharoit yaratgan. Mintaqaning ochiqligi, barqarorligi, qarama-qarshiliklarni murosa asosida hal qilish imkoniyati va rivojlangan infratuzilma Markaziy Osiyodagi mavjud “yumshoq kuch” unsurlarini butun dunyoga namoyon qilish imkonini beradi. Bugun butun dunyoda madaniyatimiz, o‘zligimiz, musiqamiz, me’morchiligimiz, kiyim-kechagimiz, milliy oshxonamiz, sportdagi yutuqlarimizga qiziqish tobora ortmoqda. Bularning bari butun mintaqada yumshoq kuchni shaklantirish uchun kuchli manbadir.

Delegasiyamiz rahbari so‘zlariga ko‘ra, biz ulkan madaniy, tarixiy va sivilizasiyaga oid merosimizni talashish, buyuk allomalarimiz, shoirlarimiz, mutafakkirlarimiz millati haqida bahslashishni to‘xtatmoqdamiz. Bu ijobiy tendensiya. Bugungi kunda hammamiz bor mulkimiz umumiy ekanini yaxshi anglayapmiz.

Shu nuqtai nazardan Eldor Aripov birodarlik rishtalarini mustahkamlash, mintaqa mamlakatlari va xalqlarini yaqinlashtirish, Markaziy Osiyoning boy ma’naviy merosini butun dunyoga targ‘ib qilishga muhim hissa qo‘shgan shoir, mutafakkir Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlab yaqinda Turkmanistonda o‘tkazilgan forumga e’tibor qaratdi.

Ekspert O‘zbekistonda Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida alohida qaror qabul qilinganini misol tariqasida keltirdi. Ushbu sana munosabati bilan adabiy kecha, tanlov, anjuman va seminarlar o‘tkazilmoqda. Teatrlarda spektakllar namoyish etilmoqda, o‘zbek va turkman ijodkorlari birgalikda adib haqida badiiy film suratga oldi. Toshkent va Xivada buyuk siymoga atab yodgorlik o‘rnatildi. Yaqinda Qozog‘iston va Turkmaniston rahbarlari ishtirokida Ashxobodda Abay haykali ochildi.

– Beqiyos ahamiyatini namoyon etayotgan ushbu umumiy qadriyat tufayli ko‘z o‘ngimizda bizning yagona madaniy-tarixiy sivilizasiyamiz qayta gavdalanmoqda, – deya xulosa qildi Eldor Aripov. – Bu umumiy salohiyatimizni birlashtirish uchun zamin yaratadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Ertaga O‘zbekistonda qor yog‘ishi kutilmoqda

“Ўзгидромет” Ўзбекистонда 15 декабрь, якшанба куни об-ҳаво қандай бўлиши ҳақида маълумот берди.

«An-Nasr» futbolchilariga avtomobil sovg‘a qildi. Ronaldu va Manega BMW XM topshirildi

Саудия Арабистонининг «Ан-Наср» клуби ўз футболчиларига қимматбаҳо совға тайёрлади.

Ukraina dushman uchun «Jahannam» tayyorladi

Бу ҳақда Украина президенти Владимир Зеленский Борис Патон номидаги миллий мукофотни топшириш чоғида маълум қилди.

Ronalduning narxi rekord darajada pastladi

«Transfermarkt» портали саҳифаларида «Ан-Наср»нинг юлдуз ҳужумчиси Криштиану Роналдунинг нархи янгиланди.

16 dekabr kuni yana izg‘irin sovuq qaytadi

Ўзгидромет ўзининг 14-16 декабрь кунлари учун эълон қилган прогнозларида бу хақида маълум қилди.

O‘zbekistonda hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi

«Ўзгидромет» 9-11 декабрь кунлари кутилаётган об-ҳаво маълумотини эълон қилди.

Rossiya Ukrainadan yerlarini qaytarib olganini e’lon qildi

Киев кучлари август ойида қуруқликдан у ерга катта ҳужум уюштирган эди.

Qo‘shma Shtatlar Rossiyaga qarshi bayonot bilan chiqdi

Москва Яманнинг “Ансоруллоҳ” гуруҳи билан алоқада экани, Исроил ва унинг иттифоқчиларига қарши амалиётларида унга ёрдам бериш учун қурол жўнатаётгани АҚШнинг ғазабини қўзғатди.

Ronaldu: «Orzu haqiqatga aylandi»

Криштиану Роналду Португалия 2030 йилги жаҳон чемпионатига мезбонлик қилиши ҳақида гапирди.

Talabalarga Yangi yil bayramini nishonlash taqiqlandi

Талабалар янги йил арафасида зиёфат уюштирмасликлари, шаҳар бўйлаб сайр қилмасликлари ҳақида тилхат ёзишга мажбур бўлишди.

Erkinjon Turdimovning yangi ish joyi ma’lum bo‘ldi

Самарқанд вилояти ҳокими лавозимидан озод этилган Эркинжон Турдимов Президент Администрациясига ишга ўтказилади.

Yurtimizga qachon qor yog‘adi?

Бу ҳақда Ўзгидромет хабар берди.

Havo harorati -8 darajagacha tushishi kutilmoqda

Бу ҳақда Ўзгидромет хабар берди.

Rossiyalik polisiyachilar ommaviy ravishda ishdan ketmoqda

Россияда шундай ҳудудлар борки, у ерда участка полиция инспекторлари лавозимларининг 90 фоизигача бўш, ва битта ходим тўққизта ходим ўрнига ишлашга мажбур бўлмоқда.

Rossiya o‘z ishini boshladi

Россия армияси Украинадаги нишонларга яна камикадзе дронларини учиришни бошлади.

Turkiya Isroilga xabar yubordi

Агар Нетаняху маъмурияти Трампдан яшил чироқ олса...

Suriyaliklar ruslarni o‘rta barmog‘ini ko‘rsatgan holda kuzatib qo‘ydi

Россия қўшинлари Суриядан чиқиб кетмоқда, деб ёзади хорижий ОАВ.

Uchinchi jahon urushi bo‘yicha taxminlar bildirildi

Американинг Newsweek журнали, агар учинчи жаҳон уруши бошланса, фронт Европанинг шимоли-шарқида чўзилиши мумкинлигини тахмин қилди.

Rossiya armiyasi jadallik bilan oldinga ketmoqda

Украина Қуролли кучлари бош штаби 13 декабрь куни кечки ҳисоботида Донетск вилоятининг жануби-ғарбий қисмидаги Покровск ва Времивка йўналишларида «кескин вазият» ҳақида маълум қилди.

Ukraina FIFA'dan uzr so‘rashni talab qildi

Бундан ташқари, FIFA'га Украина Футбол Ассоциацияси ҳам мурожаат қилди.

Mojaro boshlanganidan beri G‘azoda 194 jurnalist halok bo‘ldi

Ғазо секторида 2023 йил октабр ойида бошланган жангларда камида 194 журналист ҳалок бўлган.

Jorjiyada tog‘-chang‘i kurortida restoranning 12 nafar xodimi o‘lik holda topildi

Грузия полицияси 14 декабрь куни Гудаури қишлоғидаги тоғ-чанғи курортидаги ресторанда жасадлари топилган 12 кишининг ўлими юзасидан тергов олиб борилаётганини маълум қилди.

Rossiya Suriyadan harbiy bazalarini olib chiqmaydi - Reuters

Россия ўз қўшинларини Сурия шимолидаги фронт чизиғидан ва Алавий тоғларидаги постлардан қисман олиб чиқмоқда, аммо уларни иккита асосий базада - Латакия вилоятидаги Хмеймим авиабазаси ва Ўрта эр денгизи соҳилидаги Тартус ҳарбий-денгиз базасида қолдирмоқда. Бу ҳақда Reuters Суриянинг тўрт нафар расмийсига таяниб ёзмоқда.

«Doimiy hujum»

Исроил ҳарбийлари тез ёрдам машиналарини ишдан чиқаришга уринган.

Isroil Nuseyrat qirg‘inidan bir kun o‘tib G‘azodagi maktab va uylarni bombardimon qilmoqda

Исроил сўнгги бир кун ичида Ғазо шаҳридаги иккита мактабга зарба бериб, тинч аҳолини нишонга олишда давом этар экан, камида 52 кишини ўлдирди.

Suriyadagi kurd terrorchilar Isroildan yordam so‘radi

Бу ҳақда Исроил Ҳаём хабар берган.

Rossiya neft bazasiga zarba berildi

Муваффақиятли ҳужумни Украина Қуролли кучлари Бош штаби тасдиқлади.

Janubiy Koreada harbiylar tayyor bo‘lishga chaqirildi

Мудофаа вазири вазифасини бажарувчиси ҳарбийларни «тайёр бўлишга» чақирди.

Buxoroda G‘ijduvon bozori dahshatli tarzda yonmoqda

Бу ҳолат бўйича қўшимча маълумот берилади.

Janubiy Koreya prezidenti ishdan bo‘shatildi

Жанубий Корея парламенти ўтган ҳафтада мамлакатда ҳарбий ҳолат жорий этишга муваффақиятсиз уриниш қилган президент Юн Сок Ёлга импичмент эълон қилиш учун овоз берди, деб хабар бермоқда “Yonhap”.

Suriyada «jihod dorisi»ning katta zahiralari topildi

Дамашқда Сурия миллий армияси «жиҳод дориси» деб ҳам аталадиган ноқонуний Cаптагон дорисининг катта захирасини топди.

Tailanddagi festivalda bomba portlashi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi

Таиланднинг Ум Пҳанг шаҳрида Қизил Хоч фестивалида портлаш содир бўлди, оқибатда 50 га яқин киши жароҳатланди, тўрт киши ҳалок бўлди, деб хабар бермоқда Ком Чад Луэк.

Janubiy Koreya parlamenti prezidentga impichment e’lon qildi

Жанубий Корея парламенти президентнинг импичментини қўллаб-қувватлади.

Xorazmdagi kiyim-kechak do‘konlarida yong‘in chiqdi

Ёнғин натижасида тан жароҳати олган ва вафот этганлар йўқ.

Isroillik ravvin: “G‘azoda hammani, hatto chaqaloqlarni ham o‘ldiring”

Исроил ишғоли остидаги Яффа шаҳридаги Шират Моше Ҳесдер ешива раҳбари Элияҳу Малининг Ғазо аҳолиси, жумладан, болалар ва чақалоқларни йўқ қилишга оид чақирувлари жиддий эътирозларга сабаб бўлди. У ўз нутқида “яҳудийча” уруш тамойилларини мисол қилиб келтирган.

Ukrainaga keng ko‘lamli hujum: 300 ga yaqin raketa va dronlar

Украина президенти Владимир Зеленский маълум қилишича, бугунги ҳужум пайтида Россия қўшинлари Украинага қарийб 93 та ракета ва 200 га яқин учувчисиз қурилма учирган.

Kreml Trampning Ukrainaning Rossiyaga bergan zarbalarini tanqid qilganini olqishlaydi

«Биз ўт очишни тўхтатмоқчи эмасмиз, биз шартлар бажарилиб, барча мақсадларимизга эришгандан сўнг тинчлик бўлишини истаймиз», — деди Песков.

Rossiya Yevropa Ittifoqi sanksiyalar tufayli qancha zarar ko‘rganini e’lon qildi

Россия Федерацияси ташқи ишлар вазири ўринбосари Александр Грушконинг таъкидлашича, Европа Иттифоқи Россияга қарши санкцияларнинг таъсирида катта иқтисодий зарар кўрмоқда.

AQSh Ukrainaga shoshilinch yordamni e’lon qildi

Жо Байден «биз ушбу маъмуриятни охиригача қўшимча пакетлар билан таъминлашни давом эттирамиз,» деб айтган.

Sergelidagi MaxWay binosida yong‘in chiqdi

Янги Сергели кўчасида содир бўлган ёнғин ҳақида маълумот 13 декабрь куни соат 16:12 да келиб тушган. Соат 16:19 да ёнғин-қутқарув гуруҳи воқеа жойига етиб келди.