Slovakiya ham “Sputnik V” vaksinasidan foydalanishni ma’qulladi

Slovakiya ham “Sputnik V” vaksinasidan foydalanishni ma’qulladi

Slovakiya hukumati koronavirusga qarshi Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasidan foydalanishni ma’qulladi. Bu haqda vaksinaning Twitter᾽dagi sahifasida xabar qilindi.

“Slovakiya “Sputnik V” vaksinasidan foydalanishga ruxsat bergan dunyodagi o‘ttiz to‘qqizinchi va YEIda ikkinchi mamlakat bo‘ldi”, - deyilgan xabarda.

Vaksinaning birinchi partiyasi Slovakiyaga 1 mart kuni yetkazib berilgan. “Sputnik V” dunyoda foydalanishga ruxsat berilgan koronavirusga qarshi dunyo vaksinalarining yetakchi uchligiga kiradi. Vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazgan 39 ta mamlakatning jami aholisi 1,1 milliarddan ziyod.

Evropa Ittifoqi mamlakatlari orasida Vengriya birinchi bo‘lib “Sputnik V”ni ma’qullagan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chexiya prezidenti Milosh Zeman Rossiya prezidenti Vladimir Putindan mamlakatga koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasini yetkazib berishni so‘ragani xabar qilingan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!