«Sizlar eksportga do‘stmi yoki dushman?» — yapon tadbirkorining o‘zbekcha biznes haqida aytganlari

«Sizlar eksportga do‘stmi yoki dushman?» — yapon tadbirkorining o‘zbekcha biznes haqida aytganlari

Ikki do‘st uchrashib, biri ikkinchisidan so‘rabdi:

— Seni o‘rmonda ayiq quvsa nima qilasan?

— Qochaman.

— Yetib olsa-chi?

— Daraxtga chiqib olaman.

— Daraxtga ham chiqsa-chi?

— Eng baland shoxiga chiqib jon saqlayman.

— Ayiq ham o‘sha joygacha chiqsa-chi?

— Ey do‘stim, sen menga oshnamisan yoki ayiqqa?

Bu bir latifa bo‘lsa-da, hayotimizda uchraydigan ba’zi bir holatlarga o‘xshab ketadi.

Men Yaponiyada yashab, ilmiy faoliyat yuritaman. Maqolam xulosasini oldindan aytadigan bo‘lsam, hozirda biz, modomiki, O‘zbekiston mahsulotlarini chet el bozorlariga olib chiqishni istayotgan ekanmiz, harakatlarimiz aynan shu maqsadga xizmat qilishi lozimligini, aks holda mahsulotlarimiz eksporti yo‘lida o‘z qo‘limiz bilan g‘ovlarni yaratishda davom etishimizni aytmoqchiman. Nega bunday deyapman?

Boshqa bir maqolamda aytib o‘tganimdek, kunchiqar yurt bilan o‘zaro tashqi savdo balansimiz 52x1 ko‘rinishda (ya’ni bizning Yaponiyaga qiladigan mahsulot eksportimiz hajmi Yaponiya bizga qiladigan eksport hajmidan 52 barobar kam bo‘lib turibdi).

Yaqinda mahsulotlarimiz yapon bozoriga kirib kelayotganini ko‘rib, quvonchim ichimga sig‘may ketdi. O‘zbekistondan Yaponiyaga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importini yo‘lga qo‘yayotgan yapon shirkati menejeri bilan suhbatlashib, rahmat aytishni boshlayotgan edim, u menga muammolarini aytib qoldi. Ismini oshkor etishni istamagan yapon tadbirkori bilan bo‘lib o‘tgan suhbat mazmunini havola etaman.

— Firmamiz sizning yurtingiz bilan savdo qilishni yo‘lga qo‘ydi, O‘zbekistonning turli xil mevalarini import qilishni boshlaganmiz. Yaqinda Yaponiya shaharlarida yurtingiz mahsulotlari paydo bo‘ladi. Biroq hammasi yaxshi ketyapti deb aytolmayman…

— Nega endi? O‘zbekiston mahsulotlari yaponlarga yoqmadimi?

— Yo‘q, mahsulotlaringizga gap yo‘q. Bu sohada sizlarda juda katta imkoniyatlar mavjud. Buni o‘zlaringiz ham yetarlicha tasavvur qila olmaysiz.

— Unda gap nimada?

— Birinchi muammo — O‘zbekistonda savdo kompaniyalari (trade company) yo‘qligi. Buning sababi esa — bunday kompaniyalar faoliyatiga qonunchilik tomonidan qo‘yilgan to‘siqlar.

Butun dunyoda davlatlar orasidagi savdoni amalga oshiradiganlar — savdo kompaniyalari. Bu kompaniyalarning tarixi 17-asrdagi «Ost India» kompaniyalariga borib taqaladi.

Hozirda, masalan, Yaponiyada Mitsui-bussan, Toyota Tsusho, Mitsubushi va Marubeni kabi yirik savdo kompaniyalari faoliyat olib borishmoqda. Yoki biz kabi ma’lum bir sohaga ixtisoslashgan savdo kompaniyalari ham ko‘p. Biz o‘z sohamizda mutaxassismiz. Eksport-import operasiyalarini butun dunyo bo‘ylab amalga oshiramiz. Lekin O‘zbekistonda bizdagi kabi erkin savdo qilmoqchi bo‘lganlar uchun turli to‘siqlar qo‘yilgan ekan. Misol uchun, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportiga ishlab chiqaruvchilarning ishi deb qaraladi, imtiyozlar beriladi. Eksportga ixtisoslashgan kompaniyalarning ishi esa O‘zbekistonda og‘ir kechyapti.

— Ishlab chiqaruvchi mahsulotini o‘zi eksport qilishining nimasi yomon?

— Mahsulotni ishlab chiqarish boshqa, uni chet elga olib chiqib, pullash boshqa. Har biri alohida kasb bo‘lgani va mahorat talab etgani uchun ishni o‘z mutaxassisi bajargani ma’qul. O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilari «o‘zimiz eksport qilamiz», deya mana necha yil bo‘ldiki, Yaponiya bozoriga kira olishmayapti. Natijada, O‘zbekistonda ishlab chiqaruvchilarga berilgan imtiyozlar «kobra effekti»ni yuzaga keltirgan — tovarlaringizning chet elga chiqishiga to‘sqinlik qilyapti.

O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish ostonasida turibdi, shunday emasmi? Bilasizmi, bu tashkilotga a’zo bo‘lishning shartlaridan biri nima — chet el savdo shirkatlarining yurtingizga tovarlarni kamsitishlarsiz keltirishi va teng shartlar ostida yurtingiz tovarlarini tashqariga eksport qila olishi. JST talabi bu!

Shunday ekan, ertami-kechmi, sizlar baribir bu sohani erkinlashtirasizlar. Nega buni paysalga solyapsizlar? Haligacha sizlar bilan savdo qilmoqchi bo‘lgan chet el korxonalarini ishlab chiqaruvchiga aylantirmoqchi bo‘lasizlar. Mening shirkatim, masalan, ishlab chiqarish emas, balki aynan eksport-import operasiyalari bilan shug‘ullanadi. JSTga a’zo bo‘lgandan keyin hukumatingiz biz kabi savdo kompaniyalarga bunaqa — to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiya kiritish talabini qo‘ya olmaydi.

Menimcha, bu sizlardagi SSSRdan qolgan fikrlash natijasi bo‘lsa kerak — u davrlarda sizlarda savdogarlarga yomon ko‘z bilan qaralganini bilaman. Ammo yangi O‘zbekiston bozor iqtisodiga o‘tishni oldiga maqsad qilgan-ku?! Nega hali ham SSSR zamonidagi fikrlash bo‘yicha ish yuritasizlar? Men shuni tushuna olmayapman.

— O‘zbekistonda mahsulot xarid qilganingizdan keyin, uni olib chiqish bosqichida qanday muammolarga duch kelyapsizlar?

— Negadir juda sekin ishlar ekansizlar. Harakatlaringiz bozor tempiga sira to‘g‘ri kelmaydi.

Tajribamdan bir misol keltiraman: men mahsulot uchun fevral oyi boshida to‘lov qildim, ammo, hatto mart oyi boshida ham mahsulot kelmadi. Biz bunday sharoitda savdo qilmaymiz. Bilasizmi, sizlarda to‘lov qilinganidan keyin ham tovar 3–4 oy kechikadi. Bu ahvolda biz vatanimizdagi mijozlarimizni qanday ushlab turamiz? Hammasi boshqa savdo kompaniyalariga o‘tib ketadi-ku?! Dunyo bozoridagi tezlikka o‘tishlaringiz kerak. Keling, «Doing Business in Uzbekistan 2019» — Jahon banki tomonidan mamlakatlarda biznes qilish osonligini o‘lchaydigan har yilgi hisobotga qarab O‘zbekistonning holatiga baho beramiz:

1). Eksport qilishga ketadigan vaqt (time to export). Chegaradagi muvofiqlashtirish ishlariga (border compliance) O‘zbekistonda 112 soat sarf etiladi, O‘rta Osiyo mamlakatlarida 22 soat, yuqori rivojlangan mamlakatlarda esa 12,5 soat.

2). Eksport qilish xarajatlari (sost to export). Chegaradagi xarajatlar sizlarda 278 dollarni tashkil qiladi, O‘rta Osiyoning boshqa mamlakatlarida 157,5 dollar, yuqori rivojlangan mamlakatlarda esa 139 dollar sarflanadi.

3). Hujjatlarni muvofiqlashtirish (Documentary compliance time) bo‘yicha sizlarda 96 soat vaqt ketadi, O‘rta Osiyo mamlakatlarida 24 soat, yuqori rivojlangan mamlakatlarda 2,4 soat.

4). Hujjatlarni muvofiqlashtirish xarajati (Documentary compliance cost) bo‘yicha O‘zbekistonda 292 dollar sarf etilsa, qolgan O‘rta Osiyo mamlakatlarida 98 dollar, yuqori rivojlangan mamlakatlarda esa 35 dollar sarf etiladi... (Bular yapon tadbirkori keltirgan rasmiy ma’lumotlar edi. O‘zbek tadbirkorlaridan ma’lumot olsangiz holat ular uchun yanada achinarli ekanini ko‘rasiz — chegarada rasmiylashtirish ishlariga ketadigan vaqt va xarajat raqamlari Jahon banki berayotgan raqamlarni ancha ortda qoldiradi — muallif).

Agar mamlakatingizda shu masalalar ijobiy hal qilinsa tashqi savdo aylanmalaringiz ancha oshadi, Jahon banki hisobotlaridagi o‘rinlaringiz yaxshilanadi. Shunisi sizlarga yaxshi emasmi?

(Eslatma: chegara muvofiqligi (border compliance) uchun vaqt va xarajatlar port yoki chegara punktida bojxona rasmiylashtiruvi va tekshirish tartibida hujjatlarni olish, tayyorlash va taqdim etish uchun vaqt va xarajatlarni o‘z ichiga oladi. Hujjatlarga muvofiqlashtirish esa hujjatlarni olish, tayyorlash, rasmiylashtirish va taqdim etish uchun sarflanadigan vaqt va narxni o‘z ichiga oladi — muallif)

— Muammo faqat shunday — texnik tomonlardami?

— Yo‘q, albatta. Keyingi muammo — davlat xizmatlarining hatto Yaponiyanikidan ham qimmatligi. Misol uchun, mahsulotni eksport qilishdan avval «Certificate of Origin» — mahsulotning qaysi davlatda ishlab chiqarilganini isbotlovchi hujjat olinadi. Ushbu hujjat Yaponiyada 30 AQSh dollariga osongina olinadi. O‘zbekistonda esa bu hujjat ba’zan 100 AQSh dollaridan ziyodga olinadi. Axir, sizlar dunyoga mahsulot sotmoqchisizlar, nega bunday narsalarni qimmat qilib qo‘yasizlar?

— Shu ikki muammoni hal etsak bo‘ldimi?

— Buncha shoshilasiz. Hali muammolar ko‘p. Sizlarda eksport shartnomasini bankdan ro‘yxatdan o‘tkazishga xizmat haqi olisharkan. Bojxona qo‘mitasi tovar puli to‘langanini shu orqali tekshirarkan. Ammo... «bankning bunga nima aloqasi bor?» — degan o‘rinli savol tug‘iladi. Bu turgan-bitgani eksportchining boshiga g‘alva-ku?! Men bunaqasini O‘zbekistondan boshqa hech qayerda ko‘rmaganman.

Yana bir bosh og‘rig‘i bu — ishonchli laboratoriyalar mavjud emasligi. Rivojlangan davlatlarning yuksak talabiga javob bera oladigan sertifikatlarni beradigan laboratoriyalar yo‘q sizlarda. Shuning uchun biz mahsulot nusxalarini yoki Turkiya kabi davlatlarga jo‘natamiz, yoki Yaponiya, Koreyaning o‘ziga olib kelib, laboratoriyalardan sertifikat olamiz, undan keyingina mahsulotingizni import qila olamiz. O‘zbekistondagi laboratoriyalar bergan sertifikat esa bizga o‘tmaydi — ishonarli emas. Chunki bu laboratoriyalarda mahsulot yetarlicha tekshirilmaydi.

Sizlarda zamonaviy, dunyo talabiga javob beradigan tarzda jihozlangan va malakali mutaxassislarga ega bo‘lgan laboratoriyalarni yaratish kerak. Va bu masalani zudlik bilan hal qilish lozim, yo‘qsa o‘zbek mahsulotlarining tannarxi qimmatligicha qolaveradi, rivojlangan dunyo bozorlariga chiqishingiz kechga suriladi.

— Shuncha muammolar bor ekan, bilmas ekanman. Hozirda bizda hukumat idoralari, parlament tadbirkorlikka oid qonunchilikni tartibga solishda ancha faollashgan. Siz aytgan muammolarni tezda hal etish imkoni mavjud deb o‘ylayman.

— Yaxshi bo‘lardi. Biz ham JETRO kabi tashkilotlar orqali chiqib bu muammolarni yetkazishga harakat qilyapmiz. Ammo, ildizi chuqurroq ketgan boshqa jiddiy masala ham bor sizlarda. Ammo, uni sizga aytishga ikkilanyapman.

— Albatta ayting. Boshladingizmi, endi to‘xtamang-da...

— Mayli, ayta qolay. Ammo, xafa bo‘lish yo‘q. O‘zbekistonda men tuygan eng katta dilxiraliklardan biri bu — tadbirkorlarning biznes etikasi qoidalariga amal qilmasligi. Misol uchun, biz yaponlarda hech qachon birimizning mijozimizga orqavoratdan aloqa qilishga urinilmaydi.

Misol uchun, men bir yapon firmasi uchun sizlardan mol olaman. O‘sha tovarning O‘zbekistonda qanday yetishtirilayotganini ko‘rsatish uchun yapon firmasini yurtingizga olib kelaman. Shunda nima bo‘ladi, bilasizmi? Menga mol sotib o‘tirgan o‘zbek firmalari mendan yashirincha yoki, ba’zan mening ko‘z oldimda, o‘sha yapon firmasiga prays-list, ya’ni mahsulotlarining narx jadvallarini berib, biznes hamkorlikka taklif qilishadi. Men olib borgan mijozni o‘zlariga og‘dirib olishni xohlashadi, meni o‘rtadan chiqarib tashlab, o‘zlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa qilishga urinishadi. Axir, ularni men Yaponiyadan olib kelyapman-ku?! Men ularga O‘zbekiston bozorini tanishtirib, o‘rtada turib ikki tomon uchun manfaatli bo‘lgan shartnoma tuzmoqchiman-ku?!

— Yaponiyada bunday holatga qanday qaraladi?

 Yaxshi savol. Biz bunday insonlarni kechirmaymiz. Biznes hamkor sifatida yaroqsiz insonlar ular. Ularga hecham ishonmaymiz. Biz garchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlashni tashkil qilish imkonimiz bo‘lsa ham, bir kompaniya mijozni bizga birinchi olib keldimi, tamom-vassalom. Biz hech qachon o‘rtadagi firmani aylanib o‘tib mijoz bilan ishlamaymiz, mijozni bizga keltirgan firma orqali ishlaymiz. Ammo sizlarda bunday etika normalari ko‘p holatlarda buzilar ekan. Hatto muhim mansabdagi insonlar ham mening ko‘z oldimda mening mijozimni o‘zlari bilan ishlashga taklif etishdi. Ularning bunday hatti-harakatidan yapon mijozim juda ham noqulay holga tushganini sezishmaydi ham, ishlaridan uyalishmaydi ham. Bu katta muammo, juda katta muammo, Alisher-sensei.

— Demak, O‘zbekiston mulozimlari va tadbirkorlari har bir chet davlatiga kirib borayotganda ularning qonun-qoidasi bilan birga savdo-sotiq taomillarini, odoblarini ham o‘rganishi kerak ekan-da.

— Mutlaqo shart. Bo‘lmasa — bo‘lmaydi. Afsuski, sizlarda bunga e’tibor berilmayapti. Natijada imkoniyatlaringizdan keraklicha foydalana olmayapsizlar.

Suhbatimiz oxirida ikkita muhim masalani aytaman. Hozir O‘zbekistonning bitta banki bilan to‘lov bo‘yicha aloqa qilsak, albatta AQSh kabi davlatlar banklari o‘rtada vositachi sifatida qo‘shimcha haq oladi. Agar kelajakda sizlarning banklar Yaponiyaning biror banki bilan shartnoma tuzib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lov operasiyalari amalga oshirsa bank operasiyalari ham arzonga tushadi, ham tezlik oshadi.

Ikkinchi tavsiyam, O‘zbekistonda ishlayotgan xususiy korxonalarning shaffoflashishidir. Hozir sizlarda ishlar ancha siljidi, ko‘p korxonalarning o‘z veb-saytlari bor. Ammo ularning haqiqiy boshlig‘i, ya’ni korxona xo‘jayini kimligini bilishimiz ba’zan juda qiyin bo‘lyapti. Ishlab chiqaruvchi korxonalar negadir haqiqiy xo‘jayinini e’lon qilmas ekan. Natijada borib muzokara o‘tkazganimizda kim haqiqiy qaror qabul qiluvchi ekanini bilmay qolamiz. Endi bir to‘xtamga keldik desak, biz ko‘rmagan boshqa bir inson chiqib, shuncha qilgan muzokaralarimizni rad qilib qo‘yaveradi. Keyin bilsak, o‘sha odam haqiqiy xo‘jayin ekan-u, oldimizga peshvoz chiqqan odam esa «ko‘zga ko‘rinish» uchun o‘tirgan ekan. Ba’zan bunday sargardonchilik bir necha silsilada davom etib, tinkamiz qurib ketadi.

Yaponiyada qanday bo‘ladi? Har bir katta korxonaning veb-sayti bo‘lib, o‘sha yerda uning batafsil tarixi, ishchilari soni, sho‘’balari va kim xo‘jayin — prezident ekani, suratigacha qo‘yib qo‘yiladi. Shunda haqiqiy mulkdor yoki mas’uliyatli shaxs kimligini bilish osonlashadi. Balki qonunchilik yo‘li bilanmi, bilmadim, O‘zbekistonda ham shunday qilinsa hamma uchun foydali bo‘lar edi.

— Kamchiliklarimizni ro‘y-rost aytganingiz uchun sizga rahmat. Salomat bo‘ling!

Xulosa o‘rnida shuni aytmoqchimanki, avvaliga yurtimizda yetishtirilgan totli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yapon xalqi dasturxoniga tortilayotganini ko‘rib rosa xursand bo‘ldim, ammo yapon tadbirkori bilan qurgan suhbatim meni osmondan yerga tushirdi. Shu bilan birga, muammoning yechimi ham ko‘rsatildi. Sohani zudlik bilan xalqaro standart va tamoyillar doirasiga kiritish kerakligi yaqqol ko‘rinib qoldi. Ishlarimizni sinalgan jahon andozalariga muvofiqlashtirmasak, kundan-kun foydani boy beraveramiz. O‘z eksportimizga do‘st emas, dushman bo‘lib yuraveramiz.

Alisher UMIRDINOV,

Nagoya (Yaponiya) iqtisodiyot universiteti,

biznes huquqi fakulteti professori,

«Buyuk kelajak» ekspertlar kengashi a’zosi

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Xitoyliklar orolni egalladi va tark etdi

У ерда Хитой байроғи ўрнатилган.

"Manchester Siti" qishda sotib olgan himoyachisi yozda sotib yuborilishi mumkin

Қишки трансферлар вақтида ҳимоячи Витор Рейс "Палмейрас"дан "Манчестер Сити" таркибини тўлдирди.

Rossiya tez orada g‘ururdan portlab ketadi

Лавровнинг таъкидлашича, Москва ва Вашингтон "турли соҳаларда алоқаларни давом эттирмоқда.

Ispaniyadagi favqulodda holat tufayli «Barselona» - «Inter» uchrashuvi boshqa vaqtga ko‘chirilishi mumkin

El Desmarque хабарига кўра, Испанияда электр энергиясининг ўчиб қолиши туфайли Чемпионлар Лигаси ярим финалидаги "Барселона" - "Интер" учрашуви кўчирилиши мумкин.

Rossiya Hindiston va Pokistonga murojaat qildi

Россия томони Покистон ва Ҳиндистонни келишмовчиликларни тинч йўл билан ҳал этиш учун босиқлик сақлашга ва конструктив мулоқот олиб боришга ундамоқда.

Rossiyaliklar endi urushmoqchi emas

Украинадаги рус ҳарбийларининг деярли тўртдан уч қисми (72 фоизи) жанговар ҳаракатларни тўхтатиш тарафдори.

Qozog‘iston Xitoyga yer bergani haqiqatmi?

Қозоғистон ТИВ бу ҳақидаги маълумотларга муносабат билдирди.

Evropa zulmatga cho‘mdi

Испания, Португалия, Франсия ва Белгияда электр энергиясида катта узилишлар юз берди, бу эса аҳолини электр энергияси, интернет ва мобил алоқасиз қолдирди.

Jigarni tozalash uchun foydali maslahatlar

Кўпроқ сув ичинг. Сувга лимон қўшинг. Сув ва лимон шарбати токсинларни олиб ташлаш учун жигарни рағбатлантиради.

Habib YECHLda kim g‘olib bo‘lishini istayotganini aytdi

Менинг фикримча, улар бу мавсумда ЕЧЛни ютишади. Агар тўғрисини гапирсам, уларнинг ғалабасини жуда хоҳлайман.

Oilalarga 75 000 000 so‘mgacha foizsiz qarz beriladi

Мазкур маблағлар Камбағалликни қисқартириш давлат мақсадли жамғармаси томонидан ажратилади.

1 maydan 500 kVt⋅soatgacha bo‘lgan yangi miqdor joriy qilindi​​​​​​​

Қолаверса, 201 кВт·соатдан 1000 кВт·соатгача бўлган дифференциаллашган тариф бўйича истеъмол миқдори орасига янги миқдор киритилмоқда.

Texas ko‘lida 2 metrlik mahluq qo‘lga tushdi, bu jahon rekordi bo‘lishi mumkin

Техасда балиқ овлаш бўйича жаҳон рекордчиси қайтиб келди ва ўз ҳаётидаги энг қийин овда кўлнинг лойқа сувлари остида яна бир ажойиб воқеани яратди.

Ingliz manbasi: Husanov Gvardiola bilan tortishib qoldi

Бу ҳақда Х ижтимоий тармоғидаги Real Talk Manchester City аккаунти хабар берди.

“Tez orada Xudoning yordami bilan — bu butun Isroil yurti bo‘ladi”

Исроил оммавий ахборот воситалари шундай ёзув билан тарихий Фаластиннинг бутун ҳудудини қамраб олган харитани эълон қилишди.

Samarqandda bola maktabdoshi bo‘lgan qizdan tiz cho‘kib kechirim so‘radi

Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги ахборот хизмати раҳбари ҳолат юзасидан изоҳ берди.

Ukrainaga qarshi urushda qatnashgani aytilgan 1 110 nafar o‘zbekistonlik fuqaro bo‘yicha tekshiruv boshlangan

Агар уларнинг жанговар ҳаракатларда иштирок этгани тасдиқланса, Ўзбекистон қонунчилигига мувофиқ жавобгарликка тортилади.

Toshkent viloyatida o‘zini poyezd ostiga tashlagan ayol vafot etdi

Аввалроқ, Ижтимоий тармоқларда Тошкент вилоятининг Зангиота туманида 30 апрель тонгда аёл ўзини поезд остига ташлагани акс этган видео тарқалгани ҳақида хабар берган эдик.

Norvegiyaning eng badavlat insonlaridan biri YTHda halok bo‘ldi

Польшада балиқчилик саноати магнати Вигнер Линдал Олсен ЙТҲда ҳалок бўлди

Qodirov: Bechoralar Rossiya tuprog‘idan sharmandalarcha quvilgandan keyin hech ham tinchlana olmaydi

"Ахмат" Украина Қуролли кучларининг Курск вилоятига киришига тўсқинлик қилди.

Jinoyatchi Isroilning Xon Yunusga hujumi oqibatida halok bo‘lganlar orasida bir yoshli o‘g‘il va qiz hamda bir oylik chaqaloq ham bor edi

Ғазо фуқаролик мудофааси агентлигининг хабар беришича, Исроилнинг Хон Юнус қочқинлар лагерига кечаси уюштирган ҳужуми натижасида камида 11 киши, шу жумладан уч нафар ёш бола ҳалок бўлган.

Turkiya Netanyaxuning parvozi uchun osmonini ochmadi

Анқара Исроил Бош вазири Бинямин Нетаняхунинг Озарбайжонга борадиган самолёти учун Туркия ҳаво ҳудудини очмаган.

“AQSh va Isroilga bosim qiling” — HAMASning musulmon mamlakatlari hukumatlariga chaqirig‘i

ҲАМАС араб ва мусулмон мамлакатларини Ғазодаги қирғинни тўхтатиш учун ҳаракат қилишга чақирмоқда.

Urushning eng qimmatga tushayotgan yili: Rossiya armiyasi yo‘qotishlari ortib bormoqda

Бу йил Москва учун ҳарбийлар орасидаги йўқотишлар бўйича рекорд йил бўлиши мумкин, деб хабар бермоқда Британия разведкаси

G‘arb Armaniston qo‘li bilan Janubiy Kavkazda Rossiyaga qarshi "ikkinchi front" ochishga intilmoqda

"Афсуски, биз минтақада фаоллашиб бораётган Ғарб давлатларининг эзгу декларатсиялари ортида ёвуз ниятлар яширинганини аллақачон қайд этганмиз".

Isroil qamali G‘azoda 57 nafar falastinlikni ochlikdan o‘ldirdi

Халқаро ҳамжамият чегараларнинг очилишини таъминлаш учун чоралар кўришга чақирилмоқда.

Rossiyaning Xarkovga uyushtirgan hujumi oqibatida 50 ga yaqin kishi jarohat oldi

Шаҳар мэри Игор Тереҳовнинг сўзларига кўра, ҳужум натижасида 46 нафар инсон жароҳатланган.

Dog‘istonda terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi

У мендан шаҳарда жойлашган турли ташкилотларни суратга олишни сўради, 9 май куни теракт содир этиш учун турли моддалар сотиб олишим бўйича топшириқлар берди," - деди сўроқ пайтида қўлга олинган аёл.

Toshkent viloyatida ayol o‘zini poyezd ostiga tashladimi?

Огоҳлантирувчи белгилар мавжудлигига қарамай, кўпчилик асосий хавфсизлик чораларини эътиборсиз қолдириб, ўзи ва бошқаларнинг ҳаётини хавф остида қолдириши айтиб ўтилган.

Toshkentda uyda giyohvand o‘simligini yetishtirgan shaxslar qo‘lga olindi

У ерда бўйи 60 дан 170 сантиметргача бўлган гиёҳвандлик ўсимлиги иссиқхона услубида, тувакда, махсус ёруғлик ва ҳаво алмашинуви воситалари ёрдамида етиштирилаётгани аниқланган.

Tailandda Sibir kuydirgisidan birinchi o‘lim aniqlandi

53 ёшли эркак инфекцион касалликни диний байрам вақтида еган мол гўштидан юқтириб олгани тахмин қилинмоқда.

Pokiston elchisi: Hindiston terrorizmdan davlat darajasida foydalanmoqda

Бу ҳақда Покистоннинг БМТдаги доимий вакили Асим Ифтихор Аҳмад жаҳон ташкилотининг Нью-Йоркдаги штаб-квартирасида ўтказилган матбуот анжуманида маълум қилди.

AQSh Rossiya va Ukraina o‘rtasida vositachilik qilishda davom etmoqda

Қўшма Штатлар ҳали Россия ва Украина ўртасидаги воситачи ролидан воз кечаётгани йўқ, аммо можароларни ҳал қилиш жараёнида олдинга силжиш бўлмаса, вазият ўзгаради, деди Давлат департаменти матбуот хизмати раҳбари Темми Брюс.

Rossiyaga butun Ukrainani bosib olish uchun 230 yil va 100 million qurbon kerak bo‘ladi

Бундай ҳисоб-китобларни Форбес нашри амалга оширди.

AQSh va Isroil G‘azo aholisiga insonparvarlik yordamini qayta tiklash bo‘yicha kelishuv tayyorlamoqda

Бу ҳақда Ахиос портали Исроил ва Америка расмийларига таяниб хабар берди.

Hindistondagi ibodatxonadagi tiqilinch oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi, 50 dan ortiq kishi jarohat oldi

Бу ҳақда “ТАСС”ГА таяниб, НДТВ телеканали хабар берди.

Germaniya Yevropaning Ukrainadagi asosiy xatosini aytdi

Бу ҳақда у Х ижтимоий тармоғидаги саҳифасида маълум қилди.

AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni tayyorlashni boshladi

Бу ҳақда Реутерс АҚШ президенти Доналд Трамп маъмуриятидаги манбага таяниб хабар бермоқда .

NATO mudofaa xarajatlarini oshirish yo‘lini topdi

Бу ҳақда Реутерс манбаларига таяниб хабар бермоқда .

Polsha Yevropaning Rossiyaga bo‘lgan yo‘nalishidan dahshatga tushdi

Бу ҳақда Полшанинг Мйśл Полска газетаси хабар берди .

АҚШ Россияга қарши янги санкцияларни тайёрлашни бошлади

Бу ҳақда Реутерс АҚШ президенти Доналд Трамп маъмуриятидаги манбага таяниб хабар бермоқда .

НАТО мудофаа харажатларини ошириш йўлини топди

Бу ҳақда Реутерс манбаларига таяниб хабар бермоқда .

Полша Европанинг Россияга бўлган йўналишидан даҳшатга тушди

Бу ҳақда Полшанинг Мйśл Полска газетаси хабар берди .

Европа яқинлашиб келаётган фожиа ҳақида огоҳлантирди

Бу ҳақда Венгрия фундаментал ҳуқуқлар маркази таҳлилчиси Золтан Коскович Х ижтимоий тармоғидаги саҳифасида огоҳлантирди.

АҚШ Украинадаги можарода Европанинг ролини эслатди

Бу ҳақда собиқ америкалик разведка ходими Скотт Риттер гапирди .

Исроил ҳарбий-сиёсий вазирлар маҳкамаси Ғазо секторидаги ҳарбий амалиётларни кенгайтиришга рози бўлди

Нашрнинг ёзишича, Исроил мудофаа кучларининг бир нечта захира бригадалари сафарбар қилинади ва 8-пиёда дивизияси жойлаштирилади.

Хитой АҚШ учун Украинадаги урушдан муҳимроқ, дейди АҚШ Давлат котиби

"Президент Трамп ҳукуматимизнинг энг юқори даражаларида қанча вақт сарфлашга арзигуликлигини ҳал қилиши керак бўлган бир лаҳза келади. Бу Украинадаги уруш аҳамияциз эмас. Лекин мен Хитой билан содир бўлаётган воқеалар узоқ муддатли истиқболда дунё келажаги учун муҳимроқ, деб айтардим", деди Давлат котиби Марко Рубио Fox News телеканалига.

АҚШ Давлат департаментининг собиқ ходими Украинанинг сотилишини башорат қилмоқда

Бу ҳақда АҚШ Давлат департаментининг собиқ ходими Метю Хо Комсомолская правда нашрига берган интервьюсида гапирди .

Аргентина қирғоқларида жуда кучли ер силкиниши рўй берди

Аргентина соҳилларида 7,4 магнитудали зилзила қайд этилди. Манба 10 км чуқурликда жойлашган, деб хабар берди Европа-Ўртаер денгизи сейсмология маркази.

Трамп ўз саъй-ҳаракатларини қадрлайди, шу боис раҳм қилди

АҚШ президенти Доналд Трамп маълумотлар сизиб чиқиши билан боғлиқ жанжалга аралашган Пентагон раҳбари Пит Хегсетни истеъфога чиқармасликка қарор қилди.

ҲАМАСдан Ғазода беш йиллик сулҳ

Исроил бош вазири Бинямин Нетаняху ҳукумати таклифни рад этган ва ҳарбий ҳаракатларни тўхтатишдан бош тортган.

Покистон Кашмирдаги терактни тергов қилишни таклиф қилмоқда

Покистон Кашмирдаги теракт юзасидан шаффоф, холис тергов ўтказиш ниятида эканлигини маълум қилди.

Трамп НАСАнинг Марсдан тупроқ намуналарини келтириш миссиясини бекор қилишни таклиф этди

Оқ уй НАСАнинг Марсдан тупроқ намуналарини келтириш миссиясини ишлаб чиқишни тўхтатишни таклиф қилди.

Филиппинда юз берган ЙТҲда 4 нафар бола ҳалок бўлди

Қайд этилишича, автобус пулли магистрал учун ҳайдовчиси тўловни амалга ошираётган фургон билан тўқнашган.

Тошкентда BYD дарахтга урилиб ёниб кетди

Шунга кўра, ёнғин-қутқарув техникалари этилган манзилга соат 13:34 да етиб бориб, ёнғин соат 13:57 да ўчирилган

Нови-Саддаги фожиа: минглаб серблар намойишга чиқишди

Сербиянинг икки йирик шаҳри Нови-Сад ва Белграддаги намойишчилар табиий офат учун масъул расмийларнинг жавобгарликка тортилишини талаб қилишди.

Японияда илон тезюрар поездларни икки соатга тўхтатиб қўйди

Бир метр узунликдаги илон ҳаводаги электр тармоғига ўралиб, электр тармоғида қисқа туташув ҳосил қилган.

Трампга Россия ва Украина ўртасида девор қуриш таклиф қилинган

АҚШ президенти Доналд Трамп Полша мисолида Россия ва Украина чегарасида девор қуриши керак , деб ёзади шарҳловчи Марк Тиссен The Washington Post газетасидаги мақоласида.

ЖССТ ходимларнинг иш ҳақини молиялаштиришда қийинчиликларга дуч келмоқда

Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилоти (ЖССТ) АҚШ маблағларининг қисқариши туфайли келгуси икки йил ичида ходимларининг иш ҳақининг 25 фоизини тўлаш учун маблағ етишмаяпти.

Аргентинада 5,8 магнитудали зилзила юз берди

Бу ҳақда Европа-Ўртаер денгизи сейсмология маркази маълум қилди .