Siz yaxshi insonmisiz?

A A A
Siz yaxshi insonmisiz?

Ulamolardan biri shunday deydi: dunyoda barcha narsalar aynan yoki nisbat orqali ikki toifaga bo‘linadi yaxshi va yomon. Yomonlik haqida boshqa maqolada yozishni niyat qilib, yaxshilik haqida so‘z yuritsak.

Yaxshilik va yaxshi insonlar... agar biz bandalardan so‘ralsa yaxshilik va yaxshi inson deya bizga manfaati bor shaxslar, voqea va narsalarni yaxshilik sifatida ta’riflaymiz. Ammo, bu qarash har doim ham to‘g‘ri bo‘lavermaydi. Keling yaxshisi bu haqda yaxshilik va yaxshi insonlarni yaratgan Alloh taoloning Kalomida keltirilgan oyat hamda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislaridan javob qidirsak.

Alloh taolo O‘z Kalomida shunday marhamat qiladi:

Taqvoli zotlarga: Rabbingiz (O‘z Payg‘ambariga) nimani nozil qildi? deyilganida ular: Yaxshilikni , deyishadi. Bu dunyoda yaxshilik qilganlar uchun chiroyli mukofot bo‘lur (Nahl, 30).

Alloh taolo yaxshilikni bunday bayon etadi:

(Yaxshilik) bo‘yinni (qullikdan) ozod etish, yoki ocharchilik kunida biror qardosh yetimga yo muhtoj bechora-miskinga taom berishdir (Balad, 13-16).

Yana,

Yaxshilik yuzingizni mashriq yoki mag‘rib tomonga burishingizda emas. Lekin yaxshilik kim Allohga, oxirat kuniga, farishtalarga, kitobga, Payg‘ambarlarga iymon keltirsa va yaxshi ko‘rgan molini qarindoshlarga, yetimlarga, miskinlarga, vatangadolarga, tilanchilarga, qul ozod qilishga bersa, namozni qoim qilsa, zakot bersa. Ahd qilganda ahdiga vafo qiluvchilar, kambag‘allik, qiyinchilik paytida va shiddat vaqtida ham sabr qiluvchilarga, ana o‘shalar sodiq bo‘lganlardir. Ana o‘shalar taqvodorlardir (Baqara, 177)

Yaxshilik nima ekanligi haqida Alloh taoloning Kalomida keltirilgan oyatlardan oshirib hech qanday kimsa tarif va tasniv bera olmaydi. Zotan yuqoridagi Qur’oni karimda kelgan yaxshilik xususidagi oyatlar tariflarning bir shingili desak adashmaymiz.

Xo‘sh, endi yaxshi insonning xususiyatlari haqida Avvalo Qur’oni karimdagi ma’lumotlar so‘ngra Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomdan rivoyat qilingan hadislardan batafsil bilib olamiz:

Qur’oni karimda yaxshilarning bir necha sifatlari zikri kelgan:

Ana endi kim (o‘z molidan zakot va sadaqotlarni) ato etsa va (Allohdan) qo‘rqsa hamda go‘zal oqibatni (jannatni) tasdiq etsa, Biz uni oson yo‘lga muyassar eturmiz (Val-layl, 5-7).

Albatta iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlar ana o‘shalar yaralmish jonzotlarning eng yaxshisidirlar. Ularning Parvardigorlari huzuridagi mukofoti ostidan anhorlar oqib turuvchi mangu jannatlardir, ular o‘sha yerda abadiy qolishadi (Bayyina, 7-8).

Hadisi shariflarda:

Usmon ibn Affon (roziyallohu anhu) Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladi: Sizlarning yaxshilaringiz Qur’onni o‘rganib, uni (boshqalarga) o‘rgatuvchilaringizdir (Imom Buxoriy);

Abu Hurayra (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi: Men Abul Qosim sollallohu alayhi vasallamning: Sizlarning yaxshilaringiz, agar tushunsa, axloqi go‘zal bo‘lganingizdir , deganlarini eshitganman (Ibn Hibbon Sahih da rivoyat qilgan);

Ibn Abbos (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam dedilar: Sizlarning yaxshilaringiz ahli-oilasiga yaxshilik qiluvchilaringizdir va men sizlarning ichingizda ahliga ko‘proq yaxshilik qiluvchingizdirman (Imom Termiziy, Ibn Moja);

Payg‘ambar alayhissallomdan rivoyat qilingan hadislarda yaxshilar yana bunday sifatlanishadi: Sizlarning yaxshilaringiz umri uzun, amalda chiroyli bo‘lganingizdir (Imom Ahmad, Ibn Hibbon, Bayhaqiy); Sizlarning yaxshilaringiz yaxshiligidan umid qilinuvchi va yomonligidan omon bo‘linuvchilaringizdir (Imom Termiziy va Ibn Hibbon).

Yaxshilikning katta-kichigi, ozi-ko‘pi bo‘lmaydi. Odamlarga ozor yetkazmaslik ham yaxshilik, yetim-miskinlarni to‘ydirish ham yaxshilik, birovga chiroyli muomala qilish ham yaxshilik, yo‘ldagi xalal beruvchi narsani olib tashlash ham yaxshilik.

Abu Zarr G‘iforiydan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam menga: Yaxshiliklardan birortasini past sanamagin, agar u birodaringga ochiq yuz bilan qarash bo‘lsa ham , deganlar (Imom Muslim).

Sarvari koinot sollallohu alayhi va sallam yana bunday marhamat qilganlar: Ey muslimalar, bir ayol boshqasiga qo‘yning tuyog‘ini berishdagi yaxshilikni ham past sanamasin , deganlar (Imom Buxoriy va Muslim). Yana bir hadisi sharifda Har bir yaxshilik sadaqadir , deyilgan (Imom Buxoriy).

Yaxshilik qilishga shoshilish kerak, chunki Payg‘ambar alayhissalomning: Kimga yaxshilik qilish eshigi ochilsa, foydalanib qolsin, zero, uning qachon yopilishini bilmaydi ; Har bir yaxshilik sadaqadir, do‘stingga ochiq yuz bilan muomala qilishing yaxshilikdir, uning chelagiga o‘z chelagingdan suv quyib berishing ham yaxshilikdandir , degan nasihatlari bor.

Yaxshilikka chaqirgan kishi ham uni qilganga tenglashtiriladi. O‘zgalarga ozor berishdan saqlanish yaxshilik alomatlaridandir , deyishgan ulug‘larimiz.

Ko‘plarimiz yaxshilik qilamizu darrov uning mukofotini, bizdan marhamat ko‘rganlarning minnatdorchiliklarini kutamiz yoki yaxshiliklarimiz bilan maqtanamiz. Alloma Umar ibn Horis bunday degan: Qadimda yaxshiliklarni ko‘p qilishardi, ammo gapirishmasdi. Keyin ham qiladigan, ham gapiradiganlar kelishdi, endi esa faqat gapirishyapti . Qandaydir manfaat kutib qilingan yaxshilik fazilat sanalmaydi. Vaholanki, yaxshilik xolis Parvardigor uchun, beg‘araz qilinishi kerak.

Alloh taolo siz uchun o‘zgalarga yaxshilik qilish eshigini ochdimi, siz bu eshikni aslo yopa ko‘rmang. Ehtimol qilgan yaxshiligingiz uchun malomatga qolarsiz, yaxshiligingizga yomonlik bilan javob qaytarar yoki yaxshilik qilganingizni ko‘rmasdan, sizni tuxmat, g‘aybat va bo‘xtonlarga qorishtirar... Bunga aslo ajablanmang, chunki Alloh taolo insonlarni shunday xulq-atvor bilan yaratgan. Shuning uchun hayotda kim bo‘lishidan qat’i nazar, odamlarga yaxshilik qilsangiz, mukofotini yolg‘iz Yaratganning o‘zidan kuting. Odamlar kamdan-kam hollarda yaxshiligingizga yaxshilik bilan javob qaytarishadi, minnatdor bo‘lishadi. Alloh taolo esa bitta qilgan yaxshiligingizni yuz barobar, ming barobar qilib ko‘paytirib o‘zingizga mukofot qilib qaytaradi. Zero, Alloh undan ko‘prog‘ini berishga ham qodir Zotdir!

Xolis va samimiy yaxshilik qilishdan aslo charchamang!

Manba: muslim.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Isroil Rossiyani Eronga havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib berishdan tiyilishga chaqirdi

Исроил молия вазири Элькин Россиядан Эронга ҳаво ҳужумидан мудофаа тизимларини етказиб бермасликни сўради.

Madaniyat vaziri korrupsiyada ayblanib sudga tortiladi

Маданият вазири коррупция ва мансаб ваколатини суиистеъмол қилишда айбланиб судланади.

OTMga davlat granti va to‘lov-kontrakt bo‘yicha minimal o‘tish ballari belgilandi

2025/2026 ўқув йили учун олий таълим муассасаларига кириш имтиҳонларида минимал ўтиш бали ўзгаришсиз қолди.

Yuragi urib turgan bemor o‘lganga chiqarildi va uning ichki a’zolaridan foydalanishdi

Органларни харид қилиш ташкилотлари шифокорларни беморларга ўлимни тезлаштирадиган дориларни юборишга ундамоқда.

Hindiston o‘z talabalariga O‘zbekistondagi universitetda o‘qishni taqiqladi

Душанба куни Ҳиндистон Тиббиёт Кенгаши (NMC) тиббиёт йўналишидаги абитуриентларга Марказий Америкадаги учта ва Ўзбекистоннинг бир тиббиёт университетига бакалавриат даражасида тиббий таълим олишдан қатъий тийилишни қатъий тавсия қилди.

Dunyoda go‘zal bir xalq borki, uning madaniyati butun dunyo e’tiborini tortmoqda

Дунёда 100дан ортиқ давлат борки, уларнинг ҳар бирига хос тарих, маданият ва миллийлик бор ва булар инсонни ўзига жалб қилади. Дунёда гўзал бир халқ борки, унинг маданияти бугун бутун дунё эътиборини тортмоқда. Сиз Қорақалпоғистон ҳақида билармидингиз?!

Farg‘onada shifokor adashib bemorning sog‘lom oyog‘ini kesib tashladi

Сўнгра беморнинг ҳаёти ва соғлиғини хавф остига қўйиб, бирор-бир тиббий кўрсатма бўлмагани ҳолда унинг “чап оёқ сон соҳасини ампутация қилиш” режасини ишлаб чиққан.

Bugundan mijozlarga kredit ajratishda yangi tartib kuchga kiradi

Агар сиз охирги 6 ойда банкдан ҳеч қандай кредит олмаган бўлсангиз ёки илк марта кредитга мурожаат қилаётган бўлсангиз, банк қарз юкини ҳисобламаслиги мумкин.

Isroil Turkiyaning qaroridan bezovta bo‘lmoqda

Шунга қарамай, улар турк ҳаво кучлари сафига қўшилса, Анқаранинг тийиб туриш имкониятларини сезиларли даражада кучайтиради.

Er tezroq aylana boshladi – tadqiqot

Сайёра тезроқ айланмоқда, 10 июль йилнинг энг қисқа куни бўлди, у стандарт 24 соатдан 1,36 миллисонияга камроқ давом этди. Бу ҳақда DW халқаро Ер айланиш хизмати ва АҚШ ҳарбий-денгиз обсерваториясига таяниб хабар бермоқда.

Kecha O‘zbekistonda eng issiq harorat rekordi yangilandi!

Бу хақда Ўзгидромет хабар бермоқда.

Toshkentda andijonlik "dostavkachi" yigitni zo‘rlagan 2 nafar ayol qamaldi

31 ёшли С.А. пиццани олиб қўлига доставкачига пул тутқақазади ва уйга таклиф қилади.

“UzAuto Motors” yangi to‘lov shartlarini e’lon qildi

“UzAuto Motors” 2025 йил 21 июлдан бошлаб мижозларга Chevrolet Onix, Tracker ва Damas моделдаги автомобилларни янги шартларда харид қилиш имконини тақдим этмоқда.

Ayollarning pensiya yoshi yana 6 oyga oshirildi

Низом 1 июлдан кучга кирди

Mashhur bloger Abduroziq Dubay aeroportida hibsga olindi

Расмий идоралар ҳозирча бу ҳодисага изоҳ бермаган ва иш тафсилотларини ошкор қилмаган.

Islom Karimovning nabirasi behayo klip oldi va tanqidlar ostida qoldi (VIDEO +18)

Видео остида фойдаланувчилар Биринчи президентнинг маънавият ҳақидаги гапларини ёзиб қолдиришган ва Марям Тиллаева оиласига мос эмаслигини таъкидлашган.

G‘arb nega Rossiyadan Ukrainaga urushni to‘xtatishni talab qilmoqda?

Бу ҳақда Россия Ташқи ишлар вазири Сергей Лавров айтиб ўтди.

Islombek Ismoilovga ta’ziya izhor qilamiz

Ўтганларнинг охирати обод бўлсин!

Taniqli o‘zbek sportchisi Shavkat Rahmonovning oilasi falokatga uchragani aytilmoqda

Ҳодиса натижасида икки йўловчи воқеа жойида вафот этган.

O‘z qizini zo‘rlagan otaga hukm o‘qildi

Бу ҳақда ижтимоий ҳимоя миллий агентлиги директори ўринбосари Шаҳноза Мирзиёева маълум қилди.

“Qo‘ziqorin bino” mashmashasi: yetarli maxsus texnikalar bo‘lmaganligi sababli, ijro haraktlari bir necha bor to‘xtatilgan edi

2025 йилда давлат ижро органлари суд қарорини бажаришга киришди. Айни пайтда махсус техникалар жалб этилган, бино қисмларининг бузилиши бошланган.

Ustyurtda haydovchi g‘oyib bo‘lganmi?

Фавқулодда вазиятлар вазирлиги томонидан олиб борилган қидирув ишларидан сўнг икки кун деганда юк машинасининг ўзи топилган.

Namanganda ikki bola Farg‘ona kanaliga cho‘kib ketdi

Ўсмирлардан бирининг жасади 26 июл куни топилган. Иккинчи ўсмирнинг жасади олти кундирки қидирилмоқда.

AQSh G‘aznachilik departamentini tunamoqchi bo‘lishdi

Гумонланувчига чегарани бузиш айби қўйилган.

«O‘zga sayyoraliklar yo‘lda»

Аммо баъзи тадқиқотчиларнинг фикрича, бу ниқобланган ўзга сайёраликлар кемаси бўлиши мумкин.

Turkiyada o‘rmonlarga ataylab o‘t qo‘yish holatlari aniqlandi — Turkiya Ichki ishlar vaziri

Сўнгги маълумотларга кўра, Туркиядаги кенг кўламли ўрмон ёнғинлари сайёҳлар орасида машҳур бўлган Бодрум, Мармарис ва Манавгат ҳудудларига яқинлашган

Tailand–Kambodja mojarosi turistik hududlarga yaqinlashmoqda

Таиланд ва Камбоджа ўртасидаги қуролли тўқнашувлар машҳур сайёҳлик шаҳарлар — Паттайя ва Бангкокдаги туризм салоҳиятига таҳдид солмоқда.

Samarqandda yangi Tracker yonib ketdi

Хабарга кўра, воқеа жойига 1 та ёнғин-қутқарув экипажи соат 16:43 да етиб бориб, ёнғин соат 16:53 да ўчирилган.

Tailand va Kambodja o‘rtasidagi janglar dengizbo‘yidagi kurortlarga yaqinlashdi — OAV

Бу ҳудудлар Бангкокдан атиги 200 км, машҳур Паттая курортидан эса 150 км узоқликда жойлашган.

Eronda jangarilar sud binosiga hujum uyushtirdi, qurbonlar bor

Маълумотларга кўра, суд биноси ташқарисида ҳам отишмалар бўлган, бино атрофидаги йўловчилар ҳам ўққа тутилган.

Toshkent viloyatida advokat 20 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Адвокат маҳкумни қамоқдан чиқариш эвазига 30 минг доллар сўраган.

Shavkat Mirziyoyevni haqorat qilgan shaxs Ozarbayjonda qo‘lga olindi

Бу ҳақда Озарбайжон Бош прокуратураси хабар берди.

Qashqadaryoda bolalarga noqonuniy diniy ta’lim bergan shaxs qo‘lga olindi

У ушбу таълим учун ҳар бир ўқувчидан 100 АҚШ доллари миқдорида тўлов олган.

Filippindagi toshqinlar oqibatida kamida 19 kishi halok bo‘ldi

Яна 11 киши бедарак йўқолди хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidentiga hamdardlik bildirdi

Россиянинг «Ангара» авиакомпаниясига тегишли Ан-24 самолёти 24 июл куни Амур вилоятида ҳалокатга учради.

Gresiyada yirik o‘rmon yong‘ini: bir nechta qishloq aholisi majburan evakuasiya qilindi

Грециядаги қаттиқ иссиқлик фонида яна бир йирик ўрмон ёнғини келиб чиқди — бу сафар Коринф шаҳри яқинида, жанубий муниципалитетдаги тоғли ҳудудда. Ҳокимият маълумотларига кўра, ёнғин тез суратда тарқалган ва маҳаллий аҳоли ўз уйларини шошилинч тарк этишга мажбур бўлган.

AQSh Garvard universitetining chet ellik talabalar uchun vizaga homiylik qilish vakolati ustidan tergov boshladi

Бу ҳақда АҚШ давлат котиби Марко Рубио ижтимоий тармоқда ёзди.

G‘azoda ochlik xavfi: 100 dan ortiq insonparvarlik tashkiloti ogohlantirdi

Ғазо секторидаги очлик хавфи борасида “Save the Children”, “Chegarasiz шифокорлар” каби йирик ташкилотлар ҳам иштирок этган 100 дан ортиқ инсонпарварлик гуруҳи қўшма баёнот билан чиқди.

Ukrainada korrupsiyaga qarshi organlar vakolatlari cheklanishiga qarshi norozilik namoyishlari o‘tkazildi

Украина пойтахти Киев ва мамлакатнинг бир қатор шаҳарларида "Миллий коррупцияга қарши кураш бюроси" (НАБУ) ҳамда "Махсуслаштирилган коррупцияга қарши прокуратура" (САП) ваколатларини чекловчи қонунга қарши оммавий норозилик намойишлари бўлиб ўтди.

Rossiya va Ukraina uchrashuvlarining uchinchi raundida tinchlik shartlari muhokama qilinadi

Истанбул Россия ва Украина ўртасида 2022 йил 24 февралда бошланган урушни тугатиш мақсадидаги тўғридан-тўғри музокаралар майдони бўлиб қолмоқда. Томонлар учинчи раундни ўтказишга ўзаро розилик берган.