Siyosiy partiyalar saylov jarayonining muhim sub’ekti sifatida

A A A
Siyosiy partiyalar saylov jarayonining muhim sub’ekti sifatida

Umumxalq saylovlari orqali davlat hokimiyati organlarini shakllantirish demokratik huquqiy davlatning eng muhim belgisidir.

Saylov – xalq o‘z hokimiyati va xohish-irodasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ro‘yobga chiqarishning oliy ifodasi, davlat hokimiyati organlarini demokratik tarzda tashkil etishning negizi hisoblanuvchi ulkan ijtimoiy-siyosiy tadbir.

Saylov – ovoz berish orqali davlat hokimiyati organlari, o‘zini o‘zi boshqarish organlarini tashkil etish vositasi. Millat va elatlar, ularning tili va madaniyati vujudga kelganidek, saylovlar ham tarixiy taraqqiyotning ob’ektiv qonuniyatlari asosida vujudga kelgan. Miloddan avvalgi VI–IV asrlarda Afina, Rim va Yunonistonda, Markaziy Osiyoda esa Dovon davlati davrida saylovlar bo‘lib o‘tgan. Albatta, bu davrda saylovlar sodda shaklda bo‘lib, ma’lum guruhlar o‘rtasida o‘tkazilgan. Aytaylik, jamiyatning obro‘li kishilari, xuddi qabila o‘z oqsoqolini saylaganidek o‘ziga rahbarlarni tanlash huquqiga ega bo‘lganlar. Ammo bu davrlarda ommaviy saylov bo‘lmagan, ya’ni saylov tizimi vujudga kelmagan. Saylov demokratiyaning eng qadimiy institutlaridan biri hisoblanadi, zero 1632 yildayoq Buyuk Britaniyada saylovga doir birinchi qonun qabul qilingan.

BMT Bosh Assambleyasining 1948 yil 10 dekabrida qabul qilingan “Inson huquqlarining umumjahon Deklarasiyasi”ning 21-moddasida demokratik tamoyillar asosidagi saylovlarning inson huquqi sifatidagi o‘rni quyidagicha ta’riflanadi: “Har bir inson bevosita yoki erkin saylangan vakillari orqali o‘z mamlakati boshqaruv ishida qatnashish huquqiga egadir. Xalq irodasi hukumat hokimiyatining asosi bo‘lishi kerak; bu iroda yashirin ovoz berish yoki ovoz berish erkinligini ta’minlovchi boshqa shunga teng ahamiyatga ega bo‘lgan umumiy va teng saylov huquqi asosida ifodalanishi lozim”.

O‘tgan davr mobaynida milliy saylov tizimining izchil va bosqichma-bosqich liberallashuvini va umume’tirof etilgan xalqaro prinsip va normalarga to‘la mos holda o‘tkazilishini ta’minlaydigan mukammal qonunchilik bazasi shakllandi. 2019 yil 25 iyunda O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi qabul qilindi. Ushbu kodeks orqali jamiyatdagi eng muhim masalalardan biri hisoblangan – saylovlarning huquqiy asoslari kodifikasiyalandi.

O‘zbekistonda saylovlar umumiy, teng, to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ko‘ppartiyaviylik asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Ma’lumki, saylovlar davrida siyosiy partiyalarning har bir nomzodlari g‘alaba qozonishga harakat qiladi. Aniq maqsad, raqobat muhiti yuzaga keladi, hayotga kuchliroq ta’sir ko‘rsatishga, o‘z dasturining maqsad va vazifalarini xalqqa yetkazishga intiladi. Saylovchi nafaqat o‘zi tanlagan nomzodga, balki o‘sha nomzod a’zo bo‘lgan siyosiy partiyaga ham ovoz beradi, uning g‘oyalariga ishonch bildiradi. Shu sababdan ham saylovlar siyosiy partiyalar uchun juda muhim siyosiy imtihon vazifasini o‘taydi. Saylov natijalariga ko‘ra qaysi partiyaning dasturi, maqsadi va vazifalari xalqchil ekanligi, O‘zbekiston xalqi qaysi partiyani ko‘proq qo‘llab-quvvatlashi ayon bo‘ladi. Saylovda ishtirok etib, yetarlicha ovoz yig‘a olmagan partiyalar uchun esa kelgusi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini qayta ko‘rib chiqib, o‘zlari uchun xulosalar qilish imkonini beriladi.

Mustaqillikka erishgach, siyosiy islohotlar natijasida O‘zbekistonda yangi voqelik – ko‘ppartiyaviylikka asoslangan demokratik siyosiy tizim shakllana boshladi. Mashhur fransuz siyosatshunos olimi M. Dyuverje o‘zining «Siyosiy partiyalar» asarida: «Siyosiy tizimda ko‘ppartiyaviylik qaror topgan taqdirdagina davlat xalq manfaatlarini ifoda eta olishi, umummilliy manfaatlarni, sinflar, ijtimoiy guruhlar manfaatlari ustunligini ta’minlay olishi va jamiyatdagi barqarorlikning mustahkam negizini tashkil qila olishi mumkin», – deb ta’kidlagan. Ko‘ppartiyaviylik tizimida partiyalar teng harakatni amalga oshirish, bloklarga birlashish imkoniga ega bo‘ladilar, shuningdek bunday paytda konstruktiv muxolifat va partiyalararo raqobat muhiti, elektorat manfaatini to‘liq qamrab olish imkoniyati uchun qulay sharoit yaratiladi.

Saylov kodeksiga ko‘ra bu yilgi saylovlarda O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi deputatligiga hamda mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzod ko‘rsatish huquqiga faqatgina siyosiy partiyalar ega. Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik harakati uchun belgilangan 15 deputatlik kvotasi bekor qilingach, endi 150 o‘rin uchun barcha partiyalar teng kurash olib boradilar.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev to‘g‘ri ta’kidlaganidek, “milliy qonunchiligimizda bo‘lajak saylovlarda deputatlikka nomzodlar faqat siyosiy partiyalar tomonidan ilgari surilishi qat’iy belgilab qo‘yilgani har bir partiyaga katta huquq va imkoniyat berishi bilan birga yuksak ma’suliyat ham yuklaydi” .

Saylov qonunchiligiga kiritilgan muhim o‘zgarishlardan yana biri nomzodlar ishonchli vakillarining O‘zbekiston Respublikasidagi safar-xarajatlarini saylovni o‘tkazish uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan to‘lanishi tartibining belgilanishi hamda siyosiy partiyalar tomonidan imzo yig‘ish jarayonida saylovchilarning bir yoki bir nechta nomzodlarni yoxud partiyalarni qo‘llab-quvvatlab imzo qo‘yishi mumkinligi, shuningdek, siyosiy partiyalar o‘z partiyasi a’zolarini yoki partiyasizlarni ham deputatlikka nomzod etib ko‘rsatishga vakolatli ekanligi (bunda siyosiy partiyalar saylovda deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lishi uchun partiyaning saylovda ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlovchi kamida qirq ming saylovchining imzosini to‘plashi kerak) saylovning samarali tashkil etilishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

2019 yil 22 dekabrda bo‘lib o‘tadigan saylovda fuqarolarimiz tomonidan 150 nafar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, 831 nafar viloyat va Jo‘qorg‘i Kenges deputatlari, 5738 nafar shahar va tuman deputatlari saylanadilar.

Bo‘lajak saylovlarda respublika miqyosida 20 mln 600 ming saylovchilar ishtirok etadi. Mazkur saylovchilarning 11 mln 237 ming nafarini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil qiladi. Mazkur jarayonlarda 2 mln yoshlar o‘zlarining Konstitusiyaviy huquqlari – ovoz berish huquqlaridan birinchi bor foydalanadilar.

Markaziy saylov komissiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, 150 ta saylov okrugidan 750 nafar nomzod ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularning 41,4 foizini (310 nafarini) ayollar tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich 2014 yilning dekabr oyida bo‘lib o‘tgan  parlament saylovlaridagi ko‘rsatkichdan 10 % ga ko‘pdir. Nomzodlar ichida pedagoglar – 29,7 %, iqtisodchilar – 19,1 %, shifokorlar – 12,4 %, huquqshunoslar – 9,6 % ni tashkil etadi. Nomzodlar orasida 41–50 yoshdagilar (45,6 %) va 31–40 yoshdagilar (30,3 %) aksariyat ko‘pchilikni tashkil etadilar. Barcha nomzodlar oliy ma’lumotli bo‘lib, ular orasida 22 nafar fan doktori va 52 nafar fan nomzodi borligi quvonarli holdir (IPCElection2019 materillari).

Parlament uchun kurashish, unda ko‘pchilik deputatlik o‘rinlarini egallash siyosiy partiyalarning asosiy maqsadlaridan biridir. Chunki siyosiy partiyalarning umumxalq saylovlarida shakllangan parlamentdan o‘rin egallagan vakillari (deputatlar), xususan ular ko‘pchilikni tashkil etsalar, qonunchilik faoliyatida ishtirok etish orqali o‘z g‘oyalarini hayotga tatbiq etish, Bosh vazir lavozimiga nomzod taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Siyosiy partiyalar jamiyatning eng faol va umumxalq manfaatlari yo‘lida dunyoqarashi, maqsadi, fikrlar mushtarakligi bir bo‘lgan mamlakat fuqarolarining muayyan qismini o‘z safida birlashtirgan va siyosiy hokimiyat uchun kurashadigan siyosiy tashkilot bo‘lgani bois fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan ajralib turadi.

Bugungi kunda respublikamizda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi (1991 yil), O‘zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasi (1995 yil), O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi (1995 yil), Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (2003 yil), O‘zbekiston ekologik partiyasi (2019 yil) faoliyat yuritmoqda. Har bir siyosiy partiya jamiyatning ma’lum bir tabaqasi manfaatlarini himoya qilishga harakat qilmoqda.  Hokimiyat uchun kurash, saylovoldi dasturini bajarish, davlatning ichki va tashqi siyosatini ishlab chiqishda bevosita yoki bilvosita ishtirok etish siyosiy partiyalarning asosiy siyosiy vazifalaridan sanaladi.

Har bir siyosiy partiya elektorat ishonchi va hurmati uchun kurashishga, saylovchilar xohish-irodasini ifodalovchi dasturiy maqsadlarni ilgari surishga, parlamentda ko‘pchilik o‘rinni egallashga, jamiyatning yuksalishi va yangilanishi yo‘lida yangi taklif va yechimlarni taqdim etishga intiladi.

Siyosiy partiyalarning yanada faollashuvi uchun avvalambor, ular xalq ishonchini qozonishlari, o‘zlari haqida ijobiy, ijtimoiy fikrni shakllantirishlari zarur. Partiya elektoratsiz, elektorat ortida turuvchi xalqning ko‘magisiz faqat o‘z a’zolariga suyangan holda hech nima qila olmaydi.

Respublikamizda faoliyat olib borayotgan siyosiy partiyalarning elektorati quyidagicha:

* O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi elektorati – davlat va jamiyat tomonidan manzilli ijtimoiy himoya hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga ehtiyojmand aholi qatlamlari (pensiya va ijtimoiy nafaqalar miqdori turmush kechirishi uchun yetarli bo‘lmagan pensionerlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, nogironligi bo‘lgan bolalarni tarbiyalayotgan ota-onalar, ko‘p bolali ayollar, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, yolg‘iz keksalar va aholining boshqa zaif qatlamlari, mehnat bilan band bo‘lmagan mehnatga layoqatli aholi, ishga joylashishda qiyinchilikka duch kelayotgan insonlar, jumladan, mehnat bozoriga endi kiritib kelayotgan ta’lim muassasalari bitiruvchilari, doimiy ish joyi va barqaror daromadga ega bo‘lmagan kishilar, ichki va tashqi mehnat migrantlari);

* O‘zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasi elektorati – malakali mutaxassislar, byudjet sohalari xodimlari, pedagoglar, shifokorlar, injener-texnik va ilm-fan vakillari, xizmat ko‘rsatish sohasi mehnatkashlari;

* O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi elektorati – ziyolilar, shu jumladan, ilm-fan va ta’lim, madaniyat, san’at va axborot sohasi xodimlari, kelajagimiz bunyodkorlari bo‘lgan yoshlar, shuningdek, olimlar, tarbiyachi va o‘qituvchilar, ijodkor va san’atkorlar, sportchilar, turizm, hunarmandchilik va xalq tabobati sohasi vakillari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari, shuningdek, “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari”, degan ustuvor g‘oyani qo‘llab-quvvatlovchi vatanparvar va bunyodkor xalqimiz vakillari;

* Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi elektorati – mulkdorlar qatlami, kichik biznes vakillari, tadbirkor va ishbilarmonlar, fermerlar, jamoat tashkilotlari vakillari, ishlab chiqarish sohasidagi mutaxassislar hamda o‘z tadbirkorligi va tashabbuskorligini rivojlantirish evaziga xalq farovonligiga erishishga harakat qilayotgan ijodkor, olimlar;

* O‘zbekiston ekologik partiyasi elektorati – ekologlar, biologlar, ximiklar, geologlar, irrigatorlar, agrar soha vakillari, tibbiyot xodimlari, atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga, ekologik barqarorlikni ta’minlashga befarq bo‘lmagan barcha fuqarolar.

Saylovda siyosiy partiyalarning o‘z saylovoldi platformalari asosida ishtirok etishi mamlakat taraqqiyotining bosh mezoni sanaladi. Partiya saylovoldi dasturida ilgari surilgan ustuvor vazifalarni hayotga tatbiq etish, saylovchilar bilan o‘tkaziladigan uchrashuvlar davomida aholini o‘ylantirayotgan masalalarni atroflicha o‘rganish va ularning ijrosi bo‘yicha hisobotlar taqdim etib borish uning xalq orasidagi nufuzini yanada oshiradi.

Partiyalarning o‘z funksiyalarini amaliyotda bajarishlarining asosiy usuli, bu – saylovlar kampaniyasi davrida partiyalar davlatning qonun chiqaruvchi organlariga saylanishlari uchun o‘z nomzodlarini ko‘rsatishlaridir. Bu nomzodlarning saylanishlariga erishish uchun partiya faollari aholining ko‘pchilik qismini o‘z tomoniga og‘dirishi, saylovchilar o‘rtasida tashviqot va targ‘ibot ishlarini olib borishi lozim. Ayniqsa, bu davrda jamoatchilik fikriga ta’sir qila olish qobiliyatiga ega bo‘lish partiyaning eng asosiy maqsadidir. Deputatlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish uchun belgilangan oxirgi kunning ertasidan boshlanadigan saylovoldi tashviqoti  siyosiy partiyalar tomonidan asosan an’anaviy targ‘ibot vositalari – televideniyedagi axborot dasturlari, siyosiy partiyaning matbuot nashrlari orqali olib  borilgan bo‘lsa, bu yilgi saylovoldi targ‘ibotida omma oldida ochiq munozaralar, debatlar, matbuot konferensiyalari, intervyular, ommaviy axborot vositalarida chiqishlar, roliklarni joylashtirish, internet (asosan ijtimoiy tarmoqlar) orqali amalga oshirilmoqda.

Yuqoridagi fikrlardan ham ko‘rinib turibdiki, siyosiy partiyalar o‘zining kelajak siyosati, dasturi, mafkurasi yo‘nalishlarini xalqda qiziqish uyg‘otadigan shakllarda xalq ruhiyatiga singdira bilishi – partiyaning saylovlarda g‘alabaga erishishining kafolatlaridan biridir.

Bu yilgi saylovlarda fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari tomonidan xalq depututlari tuman (shahar) Kengashlariga nomzod ko‘rsatish tartibining bekor qilinganligi jamiyatda siyosiy partiyalarning rolini yanada oshiradi. Zero, Prezident SH.Mirziyoyev to‘g‘ri ta’kidlaganidek, “har qanday siyosiy partiya zamon bilan hamnafas bo‘lib, uning o‘tkir talablariga javob bergan taqdirdagina siyosiy kuch sifatida yashay oladi” .

Erkin va adolatli saylovlar mamlakatni demokratlashtirish va rivojlantirishning muhim shartidir. Fuqarolik jamiyatini jamoat tashkilotlari, xususan, siyosiy partiyalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Demokratik davlat esa partiyalarning saylovdagi kurashi orqali barpo etiladi. Aholining aksariyati manfaatlarini ko‘zlaydigan va ushbu manfaatlarning amalga oshishi uchun to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsata oladigan siyosiy kuchgina davlat tepasiga kelganida demokratik davlat qaror topadi.

Shunday qilib, siyosiy partiyalar aholining huquqiy madaniyatini va faolligini oshirish, ularning davlat siyosatini tashkil etish va boshqarishdagi ishtirokini ta’minlash orqali davlat va jamiyat o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik vazifasini o‘taydi, aholining jamoatchilik fikrini shakllantirishda, fuqarolarning siyosiy hayotda faol ishtirokini ta’minlashda muhim o‘ringa ega.

 

Nodira Rasulova Sardarovna,

tarix fanlari nomzodi, dosent


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

Hududlar “ertami kechmi” baribir Moskvaga tegishli bo‘ladi

Путиннинг ёрдамчиси Донбассдан ҳар икки томоннинг қўшинлари олиб чиқилишини истисно қилмади, бироқ ҳудудлар “эртами кечми” барибир Москвага тегишли бўлишини айтди. Юрий Ушаков

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

«Dahshatli summalar»: AQSh biznesi Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli qancha yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда Россиядаги Америка савдо палатаси (AmCham) раҳбари Роберт Эйжи RTVI’га берган интервьюсида маълум қилди.

AQSh Ukrainaga “juda kuchli xavfsizlik kafolatlarini” va’da qildi

Ҳали муҳокама қилиниши керак бўлган баъзи масалалар мавжуд, аммо президент Доналд Трамп эришилган ютуқдан мамнун.

Sadir Japarov beligacha qor yoqqaniga qaramay maktabga qatnayotgan o‘quvchini prezident archasiga taklif qildi

Маълумотга кўра, болакай Ош вилоятининг Коо-Чати қишлоғида яшайди ва 4-синфда таҳсил олади.

Rossiyada harbiy holatga tayyorgarlikmi?

Ҳудудлар мудофааси губернаторлар зиммасига юкланиши мумкин.

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.

Tailand Kambodja bilan chegara hududlarida komendantlik soati joriy qildi

Таиланд ҳукумати Камбоджа билан чегарадаги ҳудудларда комендантлик соатини жорий этди. Бу қарор чегарадаги тўқнашувлар кенгайиб, баҳсли ҳудудларнинг соҳилбўйи районларига ҳам тарқалаётгани билан изоҳланди, деб хабар бермоқда Reuters.

Vengriyada bolalarga nisbatan zo‘ravonlik mojarosi ortidan minglab odamlar norozilik namoyishi o‘tkazdi

Бу ҳақда Reuters агентлиги хабар бермоқда, деб ёзади European Pravda.