Sirlar ochilmoqda: “Prezident meni kuylashim uchun emas boshqa narsaga chaqirgan edi...”

Sirlar ochilmoqda: “Prezident meni kuylashim uchun emas boshqa narsaga chaqirgan edi...”

“O‘shanda rad javobini berganim uchun uyimga yayov qaytib kelgandim. Ular meni olib borib qo‘yishdan bosh tortishgan edi”, deb eslaydi xonanda.

Ukrainalik qo‘shiqchi Olga Polyakova Viktor Yanukovich prezidentligi davrida davlat rahbariga jinsiy xizmat ko‘rsatish uchun olib ketilganini ma’lum qildi, deb xabar berdi “Gordonua.com”ga tayanib “news.rambler.ru”.

Polyakovaning ta’kidlashicha, u bir paytlar madaniyat vazirining mamlakat prezidenti Viktor Yanukovichning dala hovlisida chiqish qilishi haqidagi taklifini qabul qilgan. Xonanda rozi bo‘lgan, ammo bu taklif ortida boshqa maqsad borligini hatto xayoliga ham keltirmagan.

Aytishicha, o‘sha paytdagi madaniyat vaziri xonandaga aslida nima ish qilishi kerakligini xonanda aytilgan manzilga kelganidan so‘ng turli xil ishoraviy so‘zlar bilan tushuntirgan.

Xonanda unga ushbu taklifni bergan Madaniyat vazirining ismini aytishdan bosh tortgan. Ammo nashrning xabar berishicha, Yanukovich prezidentligi davrida Madaniyat vazirligiga Mixail Kulinyak va Leonid Novoxatko rahbarlik qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!