Sirg‘alida yuk krani qulab tushdi. Voqea yuzasidan FVV bayonot berdi

Sirg‘alida yuk krani qulab tushdi. Voqea yuzasidan FVV bayonot berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Hozirgina Yangihayot tumanida qurilayotgan "novostroyka"lardan birida kran qulab tushdi” sarlavhasi ostida tarqalgan xabar yuzasidan ma’lumot

Bugun, 19-noyabr taxminan soat 11:20 larda Toshkent shahar Sirg‘ali tumani Choshtepa ko‘chasida joylashgan yangi qurilayotgan ko‘p qavatli binoning qurilish jarayonida foydalanish uchun o‘rnatilayotgan yuk ko‘tarish krani qulab tushgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va xalok bo‘lganlar yo‘q. Voqea joyiga tuman FV bo‘limi rahbar xodimlari va tegishli tashkilotlar mas’ullari yetib borgan. Hozirda vaziyat tafsilotlari o‘rganilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!