Sirdaryoda paxta terimchilari uchun chodirlar shaharchasi qurildi

Sirdaryoda paxta terimchilari uchun chodirlar shaharchasi qurildi

Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida sinov tariqasida paxta terimchilari uchun chodirlar shaharchasi tashkil etildi. Bu haqda O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Mehnat vazirligining «Gazeta.uz»ga xabar qilishicha, shaharcha 400 kishiga mo‘ljallangan. Unda terimchilar uchun barcha zarur sharoitlar: tibbiyot punkti, ovqatlanish, dush, hojatxona, issiq suv va o‘rin-joy ko‘zda tutilgan.

Joriy yilda chodirlar shaharchasi faqatgina Sirdaryo viloyatida ochiladi, chunki ushbu viloyatda paxta kampaniyasi vaqtida ishchi kuchi taqchilligi kuzatiladi. Viloyatda jami 90 ta shunday shaharcha barpo etish rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!