Sirdaryoda jirkanch jinoyat: ona xorijdan qaytdi, qizi homilador, natijada esa...

A A A
Sirdaryoda jirkanch jinoyat: ona xorijdan qaytdi, qizi homilador, natijada esa...

Nazokat Bo‘ronova (ism-shariflar o‘zgartirilgan) xorijga ishlagani ketgani tufayli anchadan buyon qizi bilan uchrashmagan edi. Xorijdan qaytib kelib, qizi bilan ko‘rishgach, yuragi qandaydir noxushlik ro‘y berganini sezdi. Chunki hali turmush qurmagan Sitoraning qaddi-qomati-yu aft-angorida homiladorlik alomatlari sezilib turardi.

U ayni damda mo‘may pul ishlab kelish uchun qizini yol­g‘iz qoldirib xorijga ketganidan qattiq afsus chekdi. Ammo buning foydasi yo‘qligini bilib, endi bu isnoddan qanday qutulish haqida tun bo‘yi mijja qoqmay o‘ylab chiqdi.

— Endi gap bunday, — dedi ona ertalab Sitoraga biroz jahlidan tushib. — Bu yer­da qolmasliging, tanish-bilishlar ko‘­ziga ko‘rinmasliging kerak. Bugunoq Sirdaryoga jo‘naysan.

Sitorani Sirdaryoga jo‘natishga asos bor edi. Chunki 2000 yilning 4 oktyabr kuni Sirdaryo viloyatining Shirin shahrida tug‘ilgan S. O‘lmasjonova Boyovut tumanidagi mahallalardan birida doimiy ro‘yxatda turib, Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida onasi N. Bo‘ronova bilan birga yashayotgandi.

Qisqasi o‘sha kuni onasining talabi bilan Sitora Toshkent viloya­tidan Sirdaryoga yo‘l oldi. Shu yilning 22 iyun kuni u shifokor tavsiyasi bilan Gu­lis­ton shahridagi tug‘ruq markaziga qabul qi­lindi.

Sitora tug‘ruqxonada ko‘zi yorishidan ikki-uch kun oldin Shohsanam ismli ayol bilan tanishib qoladi. Suhbat asnosida Sitora yangi tanishiga tug‘ilajak farzandini sotish niyatida ekanini aytadi. O‘z nav­batida, Shohsanam bu gapni dugonasi Shoiraga yetkazadi.

Darhaqiqat, Sitora Shohsanamga onasi N. Bo‘ronova bilan kelishgan holda chaqaloqni 3 ming 200 AQSh dollariga sotishini ma’lum qi­la­di. Shunda Shohsanamning ko‘ng­lida bu tuban kimsalarga nisbatan nafrat paydo bo‘ladi. Natijada SH. Inomova va SH. Bandaqulova ona-bolaning noqonuniy xatti-harakatlariga qonuniy chora ko‘rishni so‘­rab, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Sirdaryo viloyati boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilishadi.

Ushbu murojaatdan so‘ng boshqarma tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilishi rejalashtiriladi. Tadbirda foydalanish uchun boshqarmaning maxsus kassasidan olingan 32 dona 100 AQSh dollari kupyurasiga mutaxassislar va ikki nafar xolis ishtirokida kimyoviy kukun bilan ishlov beriladi.

Shuningdek, Shohsanamga maxsus ovoz yozish moslamasi — diktofon ham taqdim etiladi.

Bundan bexabar Sitora tug‘uruqxonadan chiqishayotganini aytib, Shohsanamga qo‘ng‘iroq qiladi. Tug‘uruqxonaga yetib borgan Shohsanam ularni o‘zining xonadoniga olib boradi.

Oradan ko‘p vaqt o‘tmay Shoira kelishilgan pulni olib keladi. N. Bo‘ronova Shohsanamdan 3 ming 200 AQSh dollarini sanab oladi.

Kelishuvga ko‘ra, Sitora fuqaro SH. Inomovaga o‘z xohishi bilan bolasini topshirgani va buning evaziga 3 ming 200 AQSh dollar miqdoridagi pullarni olgani, kelgusida da’vo qilmasligini bayon etib, tilxat yozib beradi. Tilxatga Sitora bilan birga onasi N. Bo‘ronova ham imzo qo‘yadi.

Chaqaloqni jabrlanuvchilarga topshirgan bolafurushlar uydan chiqishi bilan qo‘lga olinadi va ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atiladi. Voyaga yetmagan Mohina O‘lmasjonova «Bolalar uyi»ga topshiriladi.

Shu o‘rinda sudlanuvchilarga nisbatan sud tomonidan jinoiy qilmishlari uchun jazo turi va me’yorini belgilash holatlariga to‘xtalishdan oldin odam savdosi, xususan, chaqaloqlar savdosi bilan bog‘liq ba’zi ma’lumotlarga to‘xtalishni o‘rinli deb o‘ylaymiz.

Xalqaro tashkilotlar bergan ma’lumotlarga qaraganda, dunyo miq­yosida har yili 4 million nafardan ortiq kishi odam savdosining qurboniga aylanmoqda. Ularning 80 foizini ayollar va voyaga yetmaganlar tashkil etadi.

Mamlakatimizda odam sadosi jinoyatlarining soni 2012 — 2019 yillar mobaynida olti barobarga kamaygan. Bu yaxshi, albatta. Biroq ana shu vaqt ichida chaqaloqlar va bolalar savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar soni ortgan.

Keyingi uch yilda chaqaloq savdosidan 114 nafar bola jabr­langani va ularning aksariyati 3 yosh­gacha bo‘lgan bolalar ekani g‘oyatda xavotirlidir.

Endi yuqorida tafsiloti bayon etilgan jinoyat ishiga qaytadigan bo‘l­sak, birinchi bosqich sudi sudlanuvchilar N. Bo‘ronova va S. O‘lmasjonovani Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topdi va 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.

Ammo sudning hukmidan norozi bo‘l­gan sudlanuvchilar apellyasiya shikoyati bilan murojaat qilishdi.

Yaqinda ushbu apellyasiya shikoyati Sirdaryo viloyati sudi jinoyat ishlari bo‘yicha apellyasiya ins­tan­siya­si­ning ochiq sud majlisida mazmunan ko‘rib chiqildi.

Apellyasiya instansiyasida birinchi bosqich sudining hukmida ifodalangan barcha xulosalar asosli, ishning haqiqiy holatiga muvofiq bo‘­lib, ish bo‘yicha isbotlanishi lozim bo‘lgan barcha holatlar sinchkovlik bilan har tomonlama, to‘liq va xolisona tekshirilgan hamda sudlanuvchilarning jinoiy harakatlari Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qis­mi «a» bandi bilan to‘g‘­ri­ malakalangan, degan to‘x­tamga kelindi.

Apellyasiya sudlov hay’a­tida aniqlanishicha, birinchi bosqich sudi sudlanuvchi N. Bo‘ronovaga jazo tayinlashda qilmishning sababi, jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini inobatga olib, Jinoyat kodeksining qonuniylik, insonparvarlik, odillik va javobgarlikning muqarrarligi prinsiplariga amal qilgan. Oliy sud Plenumining «Sudlar tomonidan ji­noyat­ uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida»gi qa­­rorida berilgan tushuntirishlarga amal qi­lib, ishdagi barcha yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi ho­latlarni e’tiborga olgan, sudlanuvchilarga qilmishlariga yarasha jazo tayinlab, qonuniy xulosaga kelgan. Bi­roq apellyasiya sudlov hay’ati sudlanuvchi N. Bo‘­ronovaga nisbatan jazo tayinlashda aybiga iq­rorligi, ayolligi, muqaddam sudlanmagani, oilada yagona boquvchiligi, bir oiladan ikki kishi sudlanayotgani, o‘g‘li xorijga ishlash uchun ketgani, qizi S. O‘lmasjonovaga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanayotganini inobatga olmasdan, unga nisbatan birmuncha og‘ir jazo tayinlagan, deb hisobladi.

Shu bois apellyasiya sudlov hay’ati ajrimiga asosan sudlanuvchi N. Bo‘ronovaga Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan Jinoyat kodeksining 57-moddasi qo‘llanib, 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Jinoyat kodeksining 62-moddasiga ko‘ra, sudlanuvchining 2021 yil 6 iyuldan 2021 yil 8 oktyabr kuniga qadar qamoqda o‘tirgan 3 oy 2 kunning har bir kuni ozodlikni cheklash jazosining bir kuniga tenglashtirilib, o‘tash uchun 4 yil 8 oy 28 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi. Sud ajrimi bilan N. Bo‘ronovaga qo‘shimcha taqiqlar yuklatildi.

Voqea tafsilotlaridan ko‘rinib turibdiki, ma’naviy qashshoqlik, nafs qutqusi ona va qizini jinoyat ko‘chasiga yetakladi. Bu esa jamiyatda ma’naviyatni yuksaltirish, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yanada keng targ‘ib etishni taqozo etadi. Zero, ma’naviy yetuk, huquqiy ongi va hu­qu­qiy madaniyati keng bo‘l­gan inson aslo jinoiy qilmishlarga qo‘l urmaydi.

Bobosher QURBONOV,

Sirdaryo viloyati sudi raisi o‘rinbosari,

Abduhamid XUDOYBERDIYEV,

jurnalist


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Gruziyada motam kuni e’lon qilindi

Бу ҳақда Грузия ҳукумати маъмурияти эълон қилди.

Erondagi vaziyatdan Markaziy Osiyoda eng ko‘p Tojikiston qiynalishi mumkin

Имкониятлари чекланган республика учун бу озиқ-овқат хавфсизлиги нуқтаи назаридан жиддий ҳажм ҳисобланади.

Eron Isroilga o‘ta og‘ir ballistik raketalar bilan kuchli hujum uyushtirdi

Эрон Исроил ҳудудига ўта оғир баллистик ракеталарни қўллаган ҳолда кучли ҳужум уюштирди.

Tramp dunyo davlatlaridan yordam so‘radi

Қўшма Штатлар президенти Хитой, Франция, Япония ва бошқа давлатларни ҳудудда хавфсиз қатновни таъминлаш учун у ерга ҳарбий кемалар юборишга чақирди.

Eron AQShga yadroviy qurol dasturidan voz kechishni hujjatlashtirishni taklif qildi

Эрон ташқи ишлар вазири Аббос Арағчи бу ҳақда ижтимоий тармоқдаги саҳифасида маълум қилди.

«Real»dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng «Manchester Siti» kiyinish xonasida nimalar bo‘ldi?

«Манчестер Сити» Чемпионлар лигаси доирасидаги «Реал»га қарши сафар ўйинида муваффақиятсизликка учради.

Eronning o‘rniga Jahon chempionatiga borishi mumkin bo‘lgan terma jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда ESPN нашри хабар бермоқда.

Eron AQSh dengiz floti uchun benuqson "qirg‘in zonasi" yaratib kutmoqda

Бунинг аниқ сабаби бор – бу Эроннинг ассиметрик уруш орқали АҚШни мағлуб этиш бўйича узоқ йиллик стратегиясидир.

Eron oliy rahbarining salomatligi haqida xabar berildi

Бу ҳақда ISNA Эрон ахборот агентлиги хабар бермоқда.

YPX inspektorini urib ketgan 10-sinf o‘quvchisi “Shuhrat” medali sohibining erkatoy nabirasi ekani ma’lum bo‘ldi

25 февраль куни соат 21:46 да 10-синф мактаб ўқувчиси BMW М4 русумли автомашинани ҳайдовчилик гувоҳномасисиз бошқариб, ҳаракатланиб келаётган вақтида ЙПХ инспекторини уриб юборган.

Uyiga faqat tunda kelishni odat qilgan qarzdorga MIB "syurpriz" qildi

Қарздор транспорт воситасини фақат тунда уйига олиб келиниб, кундузи бошқа жойда сақланаётгани аниқланган.

Mashhur model Husanovga uchrashuv taklif qildi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов туғилган куни муносабати билан табрикларни олишни давом этмоқда.

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Buxoroda 21 yoshli yigit Telegramda onlayn fohishaxona tashkil qildi

У аёллар расмларини каналга жойлаб, уларни пул эвазига мижозларга таклиф қилган

O‘zbekistonda Hayit namozining vaqtlari e’lon qilindi

Мусулмонлар идораси Ўзбекистондаги масжидларида 2026 йил 20 март – жума куни Рамазон ҳайити намозининг ўқилиш вақтларини эълон қилди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

“U dono va uzoqni ko‘ra oladigan siyosatchi”

Унинг таъкидлашича, Ларижоний Москва ва Теҳрон ўртасидаги стратегик ҳамкорликни мустаҳкамлашга катта ҳисса қўшган.

Qamchibek Tashiyev Qirg‘izistonga qaytdi, ayni damda IIVda guvoh sifatida so‘roq qilinmoqda

Ташиевнинг ҳозирги тергов ҳаракатлари доирасидаги процессуал мақоми ҳам номаълум.

Oman AQShga murojaat qildi: bu sizning urushiңiz emas

Вазир таъкидладики, АҚШ ва Исроил учун бу урушдан ғолиб чиқиш эҳтимоли йўқ ва Америка ўз ташқи сиёсати устидан назоратни йўқотган.

Eron uzoq davom etadigan urushga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Financial Times

Financial Timesнинг хабар беришича, Эрон санкциялар енгиллаштирилмас экан, ҳарбий ҳаракатларни тўхтатишга рози эмас ва узоқ давом этадиган урушга тайёргарлик кўрмоқда.

Eron hujumlari natijasida Qatarning suyultirilgan gaz ishlab chiqarish quvvatining 17 foizini 3–5 yilga ishdan chiqdi — Reuters

Бу йилига 20 млрд долларгача йўқотишларга олиб келади", дея хабар бермоқда агентлик.

AQSh ittifoqchilari Eronga qarshi xavfsizlik choralariga tayyor

Бу ҳақда АҚШ томонидан эълон қилинган қўшма баёнотда таъкидланган.

Evropa Ittifoqining ikki davlati Ukrainaga kredit berishni to‘xtatib qo‘ydi

Венгрия ва Словакия Европа Иттифоқининг Украинага 90 миллиард евро ажратиш тўғрисидаги қарорига тўсқинлик қилишди.

Turkiyada yana bir o‘zbekistonlik ayol jinsiy zo‘ravonlikka uchradi

Бу ҳақда бугун, 19 март куни “Sözcü” хабар берди.

Qirg‘izistonda sobiq DXX rahbarining qarindoshi qo‘lga olindi

Орунбековнинг таъкидлашича, Камчибек Ташиев лавозимни тарк этганидан сўнг бундай амалиётлар тўхтаган ва корхона омборларида катта ҳажмда бензин тўпланиб қолган.

Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi hamda AlmaU hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

2026 йил 16 март куни Туркий маданият ва мерос жамғармаси президенти, профессор Актоти Раимқулова Олмаота Менежмент Университети (AlmaU) делегациясини қабул қилди.

Tailanddagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Шунингдек, автоҳалокатда жароҳат олган яна уч нафар ҳамюртимизга тезкор тиббий ёрдам кўрсатилган ва уларга шифохонадан жавоб берилган.

Namangan, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida sifati kafolatlanmagan dori vositalari aniqlandi

Қарши туманида истиқомат қилувчи, 1965 й.т. шахс ўзининг яшаш хонадонида тегишли лицензиясиз дорихона ташкил қилиб, 82 турдаги жами 1520 дона меъёрий ҳужжати бўлмаган дори воситаларини сотиб келаётганлиги аниқланди.

Prezident farmoni bilan 392 nafar shaxs afv etildi

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Наврўз умумхалқ байрами ва муборак Рамазон ҳайитини нишонлаш арафасида халқимизга хос эзгулик, меҳр-оқибат, бағрикенглик, кечиримли бўлиш каби олижаноб фазилатларни намоён этган ҳолда ҳамда давлатимиз томонидан олиб борилаётган инсонпарварлик сиёсатининг амалий тасдиғи сифатида “Жазо муддатини ўтаётган, қилмишига чин кўнгилдан пушаймон бўлган ва тузалиш йўлига қатъий ўтган бир гуруҳ шахсларни афв этиш тўғрисида”ги Фармонни имзолади.

Trampning kuyovi Jared Kushner Yaqin Sharqdagi urushdan milliardlar topmoqchi

New York Times маълумотига кўра, у Affinity Partners компанияси учун тахминан 5 миллиард доллар топишни режалаштиряпти.

Afg‘oniston Pokistonga qarshi amallarni vaqtincha to‘xtatdi

Маълум қилинишича, бу қарор Қатар, Саудия Арабистони ва Туркиянинг илтимосига биноан қабул қилинган.

Eron dushman energetikasini “yo‘q qilish” bilan tahdid qildi

IRIB маълумотига кўра, Эрон Қуролли Кучлари вакили Хотам ал-Анбия нефть иншоотларига қилинган ҳужумларга жавоб сифатида душманнинг барча энергетика инфратузилмаси йўқ қилинишини билдирди.

Isroil Eron razvedka vaziri Ismoil Xatibning o‘ldirilganini ma’lum qildi

Эрон президенти Масъуд Пезешкиён ушбу хабарни тасдиқлади.

Samarqandda xorijdan olib kelingan 38 kg narkotik moddalar musodara qilindi

Натижада, ундаги махсус тайёрланган хуфия жойда бўлган мармар тошлар орасига 9 кг 40 гр опий экстракцияси яширилганлиги аниқланди

“Roma” futbolchisi garovga olindi

Италиянинг AS Roma клуби футболчиси Нил Эль Айнауи уйига қуролли шахслар бостириб кириб, уни ва оила аъзоларини гаровга олди.

AQSh fuqaroligidan voz kechish to‘lovi arzonlashtirildi

АҚШда фуқароликдан чиқиш учун ундириладиган давлат божи кескин камайтирилди.

Eronda AQSh va Isroilga aloqador 55 kishi qo‘lga olindi

Tesnim агентлиги хабар беришича, операция Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси разведка бўлинмалари томонидан ўтказилган.

Farg‘onada "Energosavdo" muhandisi 9 ming dollar bilan qo‘lga olindi

Электр энергиясидан ноқонуний фойдаланганлик ҳолати бўйича расмийлаштирилган далолатнома юзасидан ҳисобланган жами 1,8 млрд сўм жарима суммасини 210 млн сўмга тушириб бериш эвазига 10 минг АҚШ доллари талаб қилади.

Turkiyada yetti yil avval bedarak yo‘qolgan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi

Терговчиларнинг сўзларига кўра, ҳибсга олинган шахснинг кўрсатмалари билан тасдиқланганидек, у жасадни вақтинча балконда яширган, ўзига хос ҳидни қўшниларига каптар боқиш орқали боғлаган, шундан сўнг қолдиқларни маиший чиқиндиларни йиғиш тизими орқали йўқ қилган.