Sirdaryoda 17 yoshli qiz molxonada o‘zini osib qo‘ydi

Sirdaryoda 17 yoshli qiz molxonada o‘zini osib qo‘ydi

Sirdaryoda 17 yoshli qiz molxonada o‘zini osib qo‘ydi.

Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, Sirdaryo tumani, “Adolat” MFY, Nurli yo‘l ko‘chasi, 4-uyda yashagan voyaga yetmagan 05.10.2005 yilda tug‘ilgan Rajabova Rayxona Xasan qizi 2022 yil 20 may kuni soat 10:00 larda yashash xonadonining molxonasi shiftiga arqon bilan bo‘yin sohasidan osib, o‘z joniga qasd qilgan va voqea joyida vafot etgan.

Voqea joyidan R.Rajabova o‘zini osishda foydalangan arqon ashyoviy dalil sifatida olinib, holat yuzasidan sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!