Sirdaryo viloyat tibbiyot birlashmasidagi tibbiy uskunalar noqonuniy – maxsus inspeksiya

Sirdaryo viloyat tibbiyot birlashmasidagi tibbiy uskunalar noqonuniy – maxsus inspeksiya

Sirdaryo viloyati tibbiyot birlashmasi tibbiy uskunalarini davlat metrologik qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazmasdan foydalangan.

Bu haqida Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi ma’lum qilmoqda.

Xavfsizlik va kafolatni ta’minlash maqsadida, mazkur turdagi uskunalar qonun va qarorlar bilan davlat qiyoslash ko‘rigidan o‘tkazilishi belgilab qo‘yilgan.

Xususan, bu Hukumatning “Tibbiyotda qo‘llaniladigan laboratoriya va diagnostika uskunalarining metrologik nazoratini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda “Metrologiya tekshiruvidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tibbiyot uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositalari va sinash uskunalarining ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida ham qat’iy belgilangan.

Shunga qaramasdan, tibbiyot birlashmasi tibbiy uskunalardan “Metrologiya to‘g‘risida”gi qonuni 16, 20-moddalari talablarini buzgan holda uzoq muddat foydalanib kelgani aniqlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!