"Sirdaryo suv ta’minoti" MCHJ Guliston shahar bo‘limi nazoratchi-inspektorining aholiga qalbaki kvitansiya berganligi tasdiqlandi. Xodim ishdan bo‘shatildi

"Sirdaryo suv ta’minoti" MCHJ Guliston shahar bo‘limi nazoratchi-inspektorining aholiga qalbaki kvitansiya berganligi tasdiqlandi. Xodim ishdan bo‘shatildi

"O‘zsuvta’minoti" AJ vakillari tomonidan "Sirdaryo suv ta’minoti" MCHJ Guliston shahar iste’molchilarini o‘rganish davomida qalbaki kvitansiya aniqlangandi.

"Sirdaryo suv ta’minoti" MCHJ Axborot xizmati tomonidan «Sirdaryo Xabarlari»ga xabar berilishicha, "Sirdaryo suv ta’minoti" MCHJ mas’ul xodimlari ishtirokida Guliston shahar bo‘limi nazoratchi-inspektori M.Xalilov tomonidan aholiga qalbaki kvitansiya berilganligi holati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

"O‘rganish davomida yuqorida qayd etilgan M.Xalilov tomonidan xonodon egasiga qalbaki kvitansiya berilganligi holati o‘z tasdig‘ini topdi. Xonodon egasiga 800 000 so‘m pul mablag‘i qaytarildi.

"Sirdaryo suv ta’minoti" MCHJ tomonidan M.Xalilov egallab turgan lavozimidan ozod qilindi", — deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!