Singapur: uchinchi dunyodan birinchi dunyoga

A A A
Singapur: uchinchi dunyodan birinchi dunyoga

Milliy taraqqiyot, o‘zlikni anglash, dunyoga chiqish hech qachon va hech yerda silliq kechmagan. Buning boisi, dunyo yo‘llari, bozor va minbarlari allaqachon bo‘lib olingan, egasiz birorta do‘koncha ham qolmagan, buning ustiga, u yerda hech kim bizni quruq savlatimiz uchun kutib turgani yo‘q, turmaydi ham. Dunyo hamjamiyatidan o‘rin olish uchun amaliy harakatlar, natijalar, birlik, yakdillik, mushtarak maqsadlar zarur.

Yaqinda  g‘oyat qiziqarli bir kitob qo‘limga tushdi. Iqtisod fanlari doktori Murtazo Rahmatov va jahon fiziologlar jamiyati Stokgolm akade­miyasi a’zosi, professor Bakridin Zaripovlar hammuallifligida chop etilgan “Iste’dodli insonlar mamlakatning bebaho boyligidir” sarlavhali kitobni xuddi shu choqqacha kitob ko‘rmagan o‘quvchiday yutoqib o‘qib chiqdim va… qo‘limga qog‘oz-qalam olib, qayta o‘qishga tushdim.

Bu kitob nima haqida? Bu savolga: “Bundan salkam o‘ttiz yil avval istiqlolga erishgan davlatlar uchun bugun ham, bundan keyin ham  g‘oyat muhim bo‘lib qolayotgan vazifalar, yechimi izlanayotgan muammolar haqida”, deb javob qaytarish mumkin. Unda g‘oyat og‘ir sharoitda yirik davlat tarkibidan ajralib chiqqan, bor mol-mulki o‘n uch qavatli ijara uyidangina iborat bo‘lgan Singapurni qisqa vaqt ichida jahonning iqtisodi baquvvat, korrupsiyadan xoli, bugun ham shitob bilan rivojlanayotgan mamlakatiga aylantirgan, barcha dunyo­viy reytinglarda birinchilikni saqlab kelayotgan ushbu mamlakatga uzoq yillar boshchilik qilgan mashhur davlat arbobi Li Kuan Yuning noyob tajribalari haqida gap  boradi.

Mutaxassislar Li Kuan Yuni g‘ayrat-shijoatda, tafakkur va jasoratda bir vaqtlar o‘zining mashhur “Ochiq eshiklar siyosati” bilan Xitoy iqtisodini baland cho‘qqiga olib chiqqan, yalpi ichki mahsulotning bardavom o‘sishini ta’minlagan Den Syaopinga qiyoslashadi. Singapur bosib o‘tgan yo‘lga e’tibor bersak, bu qiyosning g‘oyat o‘rinliligiga ishonch hosil qilamiz.

— Mendan qisqa vaqt ichida Singapur qanday qilib dunyoning rivojlangan mamlakatiga aylangani haqida so‘rashadi, — deydi Li Kuan YU. — Men ularga “Bu yerda hech qanday sir yo‘q, mo‘’jiza yaratganim ham yo‘q. Shunchaki Vatanim oldidagi burchimni bajardim, xolos”, deb javob beraman. Ishni shunday tashkil qildimki, davlat byujetining katta qismini ta’lim sohasiga yo‘naltirdim. Muallimlar mavqeini jamiyatning quyi tabaqasidan  yuqori martabaga ko‘tardim. Bizda mo‘’jiza yaratgan kishilar, shub­hasiz,  muallimlardir. Ular ilm, axloq, mehnatni sevadigan, haqiqatni qadrlaydigan yangi vatanparvar, ayni chog‘da kamtarin avlodni tarbiyalab yetishtirdilar”.

Kitobda yangi avlod yaratgan “mo‘’jiza”larga doir ko‘plab  ma’lumotlar keltiriladi. Mamlakat aholisi 5 million kishi. Erkaklar o‘rtacha 80, ayollar 85 yosh umr ko‘rishadi. Biznes bilan shug‘ullanish sharoiti bo‘yicha jahon Doing Business  reytingida Singapur 1-o‘rinda turadi. Li Kuan Yu mamlakat bosh vaziri bo‘lib ishlagan 1965–1990 yillarda yalpi ichki mahsulotning yillik o‘sishi o‘rtacha 9,2 foizni tashkil etgan. YAIM aholi jon boshiga 400 AQSh dollaridan 12,2 ming dollargacha ko‘tarilgan. 2014 yilda bu ko‘rsatgich 81364 dollarga teng bo‘ldi. Singapur raqobatbardoshlik  bo‘yicha 2015 yil ma’lumotlariga ko‘ra, Shveysa­riyadan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Bundan ko‘rinadiki, Singapurda, garchi buni janob Li Kuan Yu e’tirof etmasa-da, chinakam “mo‘’jiza”, farovonlik sari “buyuk sakrash” yuz bergan. Davlat arboblari, siyosatdonlaru iqtisodchilarni ayni shu fenomenning siri qiziqtiradi.

Li Kuan Yu 1923 yil 16 sentyabrda kelib chiqishi xitoylik bo‘lgan oilada tug‘ilgan. Ikkinchi jahon urushi tugagan yili Singapurdagi Rafflz kollejini bitirgach, o‘qishni davom ettirish uchun Londonga borib, dastlab iqtisod maktabida, so‘ng Kem­brijdagi Fisuilyama kollejida tahsil oladi. Talabalar orasida o‘ta ziyrak va tirishqoqligi bilan ajralib turadi. Huquqshunoslik va iqtisodiyot bo‘yicha ikkita a’lo darajadagi diplom egasiga aylanadi. Singapurga qaytgach, ish faoliyatini “Leykok eng On” advokatlik idorasida boshlaydi. Oradan ikki yil o‘tgach, o‘zining mustaqil advokatlik kontorasini yo‘lga qo‘yadi. Advokat sifatida oddiy ishchilarning haq-huquqlarini himoya qiladi. Aloqa xodimlari kasaba uyushmasining Buyuk Britaniya mustamlakachilar ma’mu­riyatiga qarshi da’vosi bilan shug‘ullanib, sudda yutib chiqqadi va mashhur bo‘lib ketadi. 1955 yili Singapur qonunchilik assambleya­siga saylanadi. 1959 yili Singapur o‘zini o‘zi boshqaruvchi davlat maqomini oladi, Li Kuan Yu a’zo bo‘lgan Xalq harakati partiyasi parlamentda 51 o‘rindan 43 tasini egallaganidan keyin mamlakatning birinchi Bosh vaziri bo‘ladi. 1965 yili Singapur rasmiy ravishda mustaqil davlat deb e’lon qilingach, Li Kuan Yu o‘zining mamlakatda  tartib-intizom o‘rnatish, xorijiy investorlarga soliq va eksport imtiyozlari berish, korrupsiyaga qarshi ayovsiz kurash boshlash dasturini e’lon qildi. Turli darajadagi amaldorlar, ularning oila a’zolari jazoga tortilmaslik huquqidan mahrum qilindi. Sudlarga korrupsiya va boshqa noqonuniy yo‘llar bilan orttirilgan daromadni davlat foydasiga musodara qilish vakolati berildi. Bu to‘g‘rida bosh vazir shunday yozadi: “Korrupsiya­ga ruju qo‘yganlarni jazolash muammosiga duch kelar ekanmiz, biz, avvalo qonunlarimizni kuchaytirdik. Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish va korrupsiya holatlarini aniqlash byurosi rahbariga to‘la ishonch bildirdim, unga qonun doirasida cheklanmagan vakolat berdim, u  har kuni 24 soat davomida menga bevosita murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Iqtisodiy masalalarni hal qilish, investisiya kiritishdagi muammolarni hal qilish muddatini bir kun qilib belgiladim. Korrupsiya qadamba-qadam bartaraf etila boshlandi…”

Dunyo siyosatdonlari Li Kuan Yu qat’iyat va ishonch bilan o‘tkazgan islohotlarni bejiz “inqilobiy” deb atashmagan. Uning birgina tozalikka rioya qilish borasidagi siyosati bugun ham dunyo­ning ko‘pgina mamlakatlari uchun noyob namuna bo‘lib turibdi. O‘tgan asrning yetmishinchi yillarida Singapurda umummilliy tozalik kompaniyasi o‘tkaziladi. Unga ko‘ra, belgilanmagan joyga chiqindi tashlagani, ko‘chaga (jamoat joylariga) tupurgani uchun katta miqdorda jarima joriy etiladi. Masalan, sigareta qoldig‘ini yerga tashlagani uchun 1000 dollargacha, bu ish qayta takrorlansa 2000 dollargacha, uchinchi martasida 5000 dollargacha jarima undiriladi. To‘plangan pullar axborot texnologiyalarini rivojlantirishga sarflanadi.

Li Kuan Yu ingliz, malay, xitoy va yapon tilini yaxshi bilgani bois, taxmin qilish mumkinki, u savodsizlikka qarshi kurashda, aniqrog‘i, mamlakatda yangi ilmli avlodni tarbiyalashda Yaponiya­ning urushdan keyingi tajribasini, shubhasiz,  inobatga olgan. Uning “Singapur: taraqqiyot yo‘li haqida achchiq haqiqat”, “Singapur: uchinchi dunyodan birinchi dunyo sari”, “Dunyo kelajagi xususida shaxsiy qarashlarim” kitoblarini o‘qigan kitobxon o‘zi uchun ko‘p savollarga, jumladan, yalpi ichki mahsulotning aql bovar qilmas darajada o‘sishi, Singapurning Nyu-York va Londondan keyin dunyo­ning eng yirik moliya markaziga aylanishi sabablarini bilib oladi. Uning rossiyalik talabalar bilan uchrashuvda aytgan quyidagi so‘zlariga e’tibor beraylik: “Hokimiyat tepasiga kelganimizga qadar mamlakatda korrupsiya keng tarqalgan, barcha sohalarda chuqur ildiz otgan edi. Britaniyaliklar o‘z hukmronliklaridan foydalanib, mahalliy rahbarlar bilan hokimiyatni bo‘lishib olgan, ayniqsa, o‘tish davrida ularga katta vakolat berib qo‘yishgan edi. Bu kelishuv pora­xo‘rlikni avj oldirdi, sovg‘a olish, keyinchalik pul bilan “minnatdorlik” bildirish yalpi odat tusiga kirdi. Biz bunga qat’iy chek qo‘yishga qaror qildik. Korrupsiya illatini yengishning boshqa yo‘li yo‘q edi. Qo‘shni davlatlarda ulkan tabiiy zahiralar — neft, gaz, o‘rmonlar, daryo va gidroelektrostansiyalar bor. Bizda-chi? Kichik bir orolmiz, xolos. Nima qilishimiz kerak? Eng avvalo, butunlay boshqacha yashash tamoyillariga suyanmog‘imiz kerak, degan fikrga keldik. Ya’ni, sen — poraxo‘rsan, men esa bundan hazar qilaman, sizning mamlakatingizda yashash xavfsiz emas, bizda esa buning tamomila aksi, ya’ni tinchlik, xotirjamlik hukmron. Ayol kishi tungi soat uchda ko‘chaga chiqsa ham, unga hech bir tahdid bo‘lmaydi, deya olishimiz kerak. Shunday bo‘ldi ham. Sizlar mendan “Bunga qanday erishdingiz? — deb so‘ramoqdasiz. Odamlarga toki o‘z yo‘limizni topa olmas ekanmiz, yashab qololmasligimizni tushuntirdik. Bizda neft ham, gaz ham yo‘q, ammo  mintaqadagi eng yirik neft­ni qayta ishlash majmualari mamlakatimizda gurillab ishlab turibdi…”

Singapur rahbari xorijiy safarlari haqida xotiralar yozar ekan, siyosatdonlar, turli soha mutaxassislari va, ayniqsa, talabalarning savollariga bergan javoblarini umumlashtirib, shunday deydi: “Siyosiy yetakchi bo‘lish shuki, atrofingizdagi odamlar, eng avvalo xalq, mamlakat sizning oqilona rahbarligingiz tufayli boyib borayotganini e’tirof etsin”, “Bugungi dunyoda har bir kishining, ayniqsa, rahbarning qadr-qimmati uning bilimi va ko‘nikmalari bilan o‘lchanadi. Agar siz dohiy darajasiga ko‘tarilgan bo‘lsan­giz-u, mehnat bozorida odamlarga hech nima taklif etmasangiz, qadringiz bir pul deyavering”, “Iqtisodiy hamkorlar o‘rtasida o‘zaro ishonch bo‘lishi zarur. Biz har bir shartnomani imzolashdan avval, uning shartlarini chuqur o‘rganib chiqamiz, keyin yo imzolaymiz yo imzolamaymiz. Imzo qo‘ygan bo‘lsag-u, biror kamchiligi ayon bo‘lib qolsa ham, uni, albatta bajaramiz. Biror kelishuv natijasi bo‘yicha yutqizib qo‘ygan bo‘lsangiz ham, oqibatda siz, albatta, yutuqqa erishasiz”, “Rahbarlik lavozimlarini ijtimoiy kelib chiqishi va moliyaviy ahvolidan qat’i nazar, qobiliyatli kishilar egallashlari lozim”, “Agar biz kuchsiz insonlar bo‘lganimizda, shubhasiz, halokatga yuz tutar edik… Singapur mintaqadagi bosh­qa mamlakatlarga nisbatan yanada uyushqoq, yanada samarador va shijoatli bo‘lishi kerak”, “Kichkinagina, bor-yo‘g‘i 150 nafar baliqchi yashaydigan qishloqcha o‘rnida ekvatordan ikki gradus masofada joylashgan dunyoning eng yirik shaharlaridan birini qurdik…”

Zahmatkash ikki olimning sa’y-harakati bilan o‘quvchilar qo‘liga yetib borgan va qiziqish bilan o‘qilayotgan ushbu kitobda Li Kuan Yuning o‘zi uchun belgilagan ko‘pdan-ko‘p hayotiy qoidalari ham keltirilgan. Mana, ularning ayrimlari:

“O‘zingizni anglang, imkoniyatlaringiz doirasidan chiqib ketmang”.

“Agar siz iqtisodiy rivojlanishni xohlasangiz, yaqin qo‘shnilar bilan janjalga bormang, aksincha, ular bilan savdo-sotiq va boshqa aloqalarni kuchaytiring”.

“Umr bo‘yi o‘qing, hamisha o‘quvchi maqomida qoling, mutolaa qilishdan charchamang, eng yaxshi g‘oyalarni o‘zlashtiring. Muvaffaqiyatga erishishning yagona formulasi — o‘qish, o‘rganish”.

Shu o‘rinda aytish mumkinki, Li Kuan Yu o‘zining “Hamisha o‘quvchi, yaxshi g‘oyalarni o‘rganuvchi talaba maqomida qoling”, degan qoidasiga avvalo o‘zi qat’iy amal qilganini sezish qiyin emas. Bizningcha, u ulug‘ muallim Konfusiyning bugun ham o‘z mohiyatini yo‘qotmagan nazariy  ta’limotini, Xitoy rahbari Den Syaopinning amaliy tajribasini juda chuqur o‘rgangan. Buni quyidagi misollarda ko‘rish mumkin.

Li Kuan Yu siyosatida Xitoy rahbari Den Syaopinning ham salmoqli “iz”lari ko‘zga tashlanadi. Bu ulug‘ islohotchi Xitoy davlati rahbarligiga kelgach, eng avvalo, o‘arb davlatlari bilan yaxshi munosabatlar o‘rnatishga harakat qiladi. 1979 yili Oq uyda AQSh Prezidenti Jimmi Karter bilan uchrashadi. Yapon-Xitoy munosabatlarida iliqlik paydo bo‘ladi. 1984 yili Xitoy-Buyuk Britaniya kelishuviga imzo chekiladi. Ke­yinroq Portugaliya bilan ham  bitim qabul qilinadi. Mamlakat iqtisodiyotida g‘oyaviy prinsiplarning roli kamaytiriladi. Rasmiy yig‘ilishda “Kapitalizmmi yoki sosializmmi?” degan mav­hum bahsga o‘ralashib qolmaslik kerakligini uqtiradi. “Mushukning rangi qanday bo‘lishi muhim emas, sich­qonni tutsa bo‘ldi”, degan qoidasi dunyo bo‘ylab qanot qoqadi. Mamlakatda “Ochiq eshiklar siyosati” amalga oshiriladi.

Shu o‘rinda e’tirof etish kerakki, ulug‘ donishmandlarning davlatchilikka doir yuqorida keltirilgan fikrlarining hayotiyligini bugungi O‘zbekiston misolida yaqqol ko‘rish mumkin. Mamlakatimizning istiqlol yillarida shakllangan va keyingi yillarda yangi ijtimoiy ma’no-mohiyat kasb etgan siyosatida xalqimizning asrlar sinovidan o‘tgan hayotiy tajribalari, ulug‘ allomalarning davlat va raiyatni bosh­qarish xususidagi ko‘rsatmalari, xususan, Sohibqiron Amir Temur o‘gitlariga amal qilish mavjudligi seziladi. Shavkat Mirziyoyevning Prezidentlik fao­liyati xalqni tinglashdan boshlandi.

Dunyo rivojining bugungi shiddati shundayki, tadbirkorlik, ishbilarmonlikka keng yo‘l ochmay, innovasion g‘oyalar va texnologiya­lardan unumli foydalanmay turib, ko‘zlangan yuksak marralarga yetish qiyin. Shu boisdan ham mamlakat iqtisodiyotini liberallashtirish, ijtimoiy himoyani yanada kuchaytirish, ta’lim-tarbiya asoslarini yangilash, yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish keyingi uch yil ichida davlat siyosatining, aytish mumkinki, hal qiluvchi yo‘nalishlari etib belgilandi. Maktabgacha tarbiya, Innovasion rivojlanish vazirliklarining tashkil etilishi milliy taraqqiyotning yangi bosqichiga o‘tishda lokomotiv rolini bajara boshladi.

Fikr jamiyatni rivojlanishda, harakatda, sog‘lom holatda ushlab turadi. Fikr fikrdan unadi. Fikrlar xilma-xilligi hayotimizni taraqqiyot sari yo‘naltiradi. Fikrsizlik dunyoning katta bir qismini titratib turgan sho‘rolar saltanatini inqirozga olib keldi.

Fikr rivojiga nima turtki beradi? Jamiyat hayotidagi umumiy erkinlik, fikrlar xilma-xilligi, tanqidga to‘g‘ri munosabat, albatta. Matbuotda  qiyosiy tahlillar, achchiq, ammo o‘rinli tan­qid, e’tiborga molik takliflar qancha ko‘p bo‘lsa, haqiqatni anglash, muammolarning adolatli yechimlarini topish imkoniyati shuncha oshadi. O‘z-o‘ziga tanqidiy munosabatda bo‘lgan, boshqalarga emas, eng avvalo, o‘ziga, vijdoniga  hisobot berishga odatlangan, o‘z hisobotidan birinchi galda o‘zi qoniqish hosil qiladigan jamiyat hech qachon kam bo‘lmagan va bo‘lmaydi ham.

Dunyo tarixida mashhur davlat va jamoat arboblari kabi, mashhur nutq, mashhur ma’ruza va fav­qulodda muhim bayonotlar ham bo‘ladi. Jamiyat rivoji, el-yurt ravnaqiga xizmat qilgan bunday chiqishlarda bayon qilingan qamrovli fikrlar, oradan yillar o‘tsa-da, el-yurt e’tiborida bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMTning mo‘’tabar minbarida turib so‘zlagan nutqi, shub­hasiz, ana shunday muhim tarixiy hujjatlar sirasiga kiradi.

Dunyo favqulodda shiddat bilan o‘zgarib borayotgan bugungi vaziyatda inson va uning hayoti, ona zaminning taqdiri, suv va havo, kelajak nasllar rizqi bilan bog‘liq o‘ta murakkab muammolar ham yuzaga kelmoqda. Bu muammolar bir millat yoki bir mamlakatga emas, jami insoniyatga taalluqli ekan, yechim yo‘llarini birgalashib, aql-idrok va yaxshi qo‘shnichilik tafakkuri bilan qidirishdek qadim sharqona odob zarur bo‘ladi. Davlatimiz rahbarining ma’ruzasi dunyo ahlini mana shu zaruratdan ogoh qildi.

Bugun dunyo xaritasidagina emas, uning ijtimoiy-ma’naviy qiyofasida ham jiddiy o‘zgarishlar yuz bermoqda. Ilm-fan taraqqiyoti natijalari to‘la-to‘kis inson farog‘ati uchun xizmat qilmoqda deb aytish qiyin. o‘arb mamlakatlarida yirik sanoat korxonalari ishchilarini zamonaviy robotlar bilan almashtirish rejalari amalga oshirilayotgani ko‘pchilikka ma’lum. O‘zbekistonning yangi siyosatida “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” degan bu yorug‘ olamning mangu haqiqati, fusunkor falsafasi mujassam  tamoyil ustuvorlik qilmoqda. Odamlar davlat idoralari uchun emas, davlat idoralari odamlar uchun ishlashi kerak, degan da’vat jamiyat a’zolarining qon tomirlariga yangicha kuch-quvvat, jo‘shqinlik  baxsh etdi.

Istiqlol yillarida kechgan umrimizga tanqidiy ko‘z tashlab, xato-kamchiliklarni tahlildan o‘tkazib, xalqimizning salohiyati va imkoniyatlarini chamalab, g‘ayrat-shijoatga to‘la yoshlarimizni ruhlantirib, yangi harakatlar strategiyasini qabul qilganimiz, xalqni tinglash, uning ichida bo‘lish, muammolarini hal qilish davlat idoralarining birlamchi vazifasiga aylangani O‘zbekistonda yangi uyg‘onish fasli kurtak yozayotgani, meva tugayotganidan dalolatdir. Dunyoning jug‘rofiy jihatdan bir-biriga tutashib ketgan necha-necha davlatlarida diniy va irqiy mojarolar avj olib turgan bir paytda Prezidentimizning “O‘zbekiston o‘zaro muloqot, amaliy hamkorlik va yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlashning qat’iy tarafdoridir. Biz Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hech istisnosiz barcha masalalar bo‘yicha oqilona murosa asosida hamkorlik qilishga tayyormiz”, degan so‘zlari va bu niyatning bos­qichma-bosqich amalga oshayotgani ko‘plarning havasini  keltirmoqda. BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissar Al-Husayn mamlakatimizga tashriflari chog‘i bu siyosatning samaralarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishdi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar O‘zbekistonda yuksak maqomga ega ekanligiga ishonch hosil qilishdi. Samar­qandda o‘tkazilgan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzusidagi halqaro anjuman mamlakatimizning yangi xalqchil yo‘li, inson omiliga bo‘lgan yuksak e’tiborni  dunyoga namoyon etdi.

O‘zbekiston keyingi uch yil ichida dunyo hamjamiyati oldida o‘zining beg‘ubor tashqi va mehr-muruvvatga to‘la ichki siyosatini to‘la namoyon etdi. Yaqin o‘tmishning odamlarning erkin harakat qilishini cheklaydigan, bir oila a’zolari, bir sulola, ildizi bir millat vakillarini bir-birlaridan uzoqlashtiradigan  cheklovlari bekor qilindi, inson huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha milliy va xalqaro nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik faollashdi, insonparvarlik, kechirimlilik tamoyillaridan kelib chiqib, to‘g‘ri yo‘ldan adashganlarni sog‘lom hayotga, xorijda boquvchisiz qolib ketgan bolalarni Vatanga qaytarish chora-tadbirlari belgilandi.

Bir vaqtlar Yaponiyaning sobiq bosh vaziri, taniqli iqtisodchi Tanaka: “Olloh yaratgan yerosti va yerusti boyliklaridan kimning foydalanishi emas, ularning hazrati Insonga xizmat qilishi muhim”, degan edi. O‘zbekistonning yaxshi qo‘shnichilik siyosati zamirida ayni shu teran ma’no mavjud.

Ahmadjon Meliboyev

Manba: hidoyat.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Шунингдек, ўқувчиларнинг ота-оналари «Энг фаол ота», «Жонкуяр она», «Масъулиятли ота-она» каби номинациялар ҳамда «Миннатдорчилик хат»лари билан тақдирланиши белгиланган.

Lamin Yamal «Barselona»ning bayram kechasiga yangi sevgilisi bilan tashrif buyurdi (foto)

«Барселона»нинг 18 ёшли вингери Ламин Ямал омма олдида янги севгилиси билан кўриниш берди.

Kaspiy dengizi xavotirli tezlikda qurib bormoqda

Каспий денгизида сув сатҳининг ўзгариб туриши аввалроқ ҳам кузатилган, бироқ олимлар 1990-йилларда бошланган ҳозирги пасайиш жараёни тўхтамаслигидан огоҳлантирмоқда.

Elektr va gaz narxlari bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi

Вазирлар Маҳкамасининг тегишли қарори билан 2026 йил 1 июндан бошлаб электр энергияси ва табиий газнинг янги тарифлари тасдиқланди.

Turklar Erondan ham yomonroq ahvolga tushadi — Isroil madaniyat vaziri

Мики Зоҳар “Туркияга душман давлат сифатида муомала қилишни бошлаш лозим” деган мазмундаги фикрни ҳам илгари сурди.

Orol Pekinga tegishli emas va unga bo‘ysunmaydi

Лайнинг ушбу баёноти АҚШ президенти Доналд Трамп ва Си Жинпин ўртасида Пекинда бўлиб ўтган учрашувдан бир неча кун ўтиб янгради.

Mourinyo "Real"dan haydaydigan ilk futbolchi nomi ma’lum

Жозе Моуриньо «Реал» бош мураббийлигига тайинланишга яқин турибди. Португалиялик мутахассис ўз режаларига киритилмаган илк футболчини аниқлаб улгурди.

«Barselona» Erling Xoland transferi bo‘yicha yakuniy qarorga keldi

«Манчестер Сити» ҳужумчиси Эрлинг Холанд «Барселона»нинг қизиқишлар доирасига кирди.

«Manchester Siti» yangi bosh murabbiy bilan kelishuvga erishdi

«Манчестер Сити» клуби Хосеп Гвардиолага ўринбосар топиб бўлди. Аввалроқ тахмин қилинганидек, испаниялик мутахассиснинг ўрнини Энцо Мареска эгаллаши керак.

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

AQShning «Atlanta Yunayted» klubi JCH-2026 oldidan O‘zbekiston terma jamoasiga murojaat qildi

Американинг «Атланта Юнайтед» клуби ижтимоий тармоқларда Ўзбекистон миллий футбол терма жамоасига ЖЧ-2026 давридаги ҳамкорлик ҳақидаги эълондан сўнг мурожаат қилди.

Tolibon Afg‘onistonda qizlarning turmush qurish yoshini pasaytirdi

Афғонистонда Толибон қизларнинг турмуш қуриши учун энг кичик ёш чегарасини тўққиз ёшгача пасайтирди.

Putin va Trampning Xitoyga tashriflari Ukrainaga bo‘lgan bosimni oshirdi

Россия ва АҚШ президентлари Владимир Путин ҳамда Дональд Трампнинг Хитойга уюштирган ташрифлари Украинага нисбатан босимни кучайтирди.

“Tolibon” nikoh yoshi haqida: Afg‘onistonda erkaklar 9 yoshli qizlarga uylanishlari mumkin

Тегишли ҳужжат ҳаракат етакчиси Ҳайбатуллоҳ Охунзода томонидан маъқулланган ва режимнинг расмий газетасида чоп этилган, деб ёзади The Times.

Argentinalik yulduz «Man Siti»ga o‘tish niyatida

«Челси» футболчиси Энцо Фернандес агар «Манчестер Сити»ни Энцо Мареска бошқарса, жамоасини ўзгартиришга ўтишга тайёр. Бу ҳақда ESPN Argentina хабар берди.

Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилоти раҳбари Тедрос Адханом Гебрейесуснинг маълум қилишича, “MV Hondius” круиз лайнери билан боғлиқ яна бир хантавирус юқиш ҳолати аниқланган.

Бу ҳақда АҚШ Давлат котиби Марко Рубио Швециянинг Хелсингборг шаҳрида бўлиб ўтган НАТО ташқи ишлар вазирлари йиғинида маълум қилди.

Hanter Bayden Isroilni otasiga qarshi kampaniya bilan bog‘ladi

АҚШнинг собиқ президенти Жо Байденнинг ўғли Ҳантер Байден отасига қарши коррупция айбловларини тарқатишда Исроил билан боғлиқ шахслар иштирок этган бўлиши мумкинлигини билдирди.

Oziq-ovqat mahsulotlari orasiga yashirilgan dori vositalari fosh bo‘ldi

Тегишли баҳолаш ҳисоботига кўра, ушбу тиббий воситаларнинг умумий қиймати 1 млрд 323 млн сўмни ташкил этади.

GoTürkiye yangi mini-seriali “Cappadocia Fairytale” ekranlarda

Туркиянинг глобал туризм платформаси — GoTürkiye мамлакатнинг бетакрор сайёҳлик манзилларини кинематографик ҳикоялар орқали намойиш этиб, халқаро аудитория эътиборини жалб этишда давом этмоқда.

Pokiston Eron va Markaziy Osiyoga mango eksporti uchun cheklovlarni yengillashtirdi

Покистон ҳукумати Эрон ва Марказий Осиё давлатларига қуруқлик орқали манго экспорт қилиш бўйича молиявий талабларни вақтинча енгиллаштирди.

Daniyada 2012 yildan buyon eng kuchli zilzila qayd etildi

Сейсмологларнинг сўзларига кўра, ушбу ҳодиса Скандинавия ўлчовлари бўйича анча сезиларли бўлиб, мутахассисларнинг катта эътиборини тортди.

Myunxenda Xitoy josuslari ekani gumonlanayotgan shaxslar qo‘lga olindi – DW

Федерал прокуратура хитойлик 55 ва 52 ёшли Германия фуқароси бўлган эр-хотинни Хитой разведкаси топшириғи билан немис университетлари ходимлари билан алоқа ўрнатганликда айбламоқда.

Mossadning Eron bo‘yicha rejasi barbod bo‘ldi

Америка оммавий ахборот воситалари маълумотларига кўра, Исроил разведка хизмати — Моссад Эронда ҳокимиятга мамлакатнинг собиқ президенти Маҳмуд Аҳмадинажодни қайтаришга умид қилган.

Namanganda 12 yashar bola tok urishi oqibatida vafot etdi​​​​​​​

Марҳум бола Давлатобод туманидаги 56-сонли умумий ўрта таълим мактабининг 5-В синф ўқувчиси бўлган.

Andijonda noqonuniy dori sexi fosh etildi

Тезкор тадбир жараёнида «Simbaby», «Doclungc», «Leron», «Yodigan», «Polivit» каби қарийб 100 турдаги маҳсулотлар ашёвий далил сифатида олинди.

Surxondaryoda 13 yoshli qiz daryoda cho‘kib ketdi

Вояга етмаган қизнинг жасади Тўпаланг дарёсидан топилди

Toshkentda IIB xodimi fohishalarga “rahnamolik” qilib kelgani ma’lum bo‘ldi

Яккасарой туманида профилактика инспектори ўзига бириктирилган ҳудудда ижарада яшовчи аёлдан фоҳишаларга “раҳнамолик” қилиш эвазига ҳар ойда 400 доллар пора беришни талаб қилган.

O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari ichida birinchilardan bo‘lib Rebate va Country Placement dasturlarini e’lon qildi

12-20 май кунлари бўлиб ўтаётган 79-Канн халқаро кинофестивали Marché du Film кинобозорида Ўзбекистон 25 фоизли Rebate ва Country Placement дастурларини эълон қилди.

Istanbul Global Dizayn forumi xalqaro ijodkorlarni bir maydonga jamlaydi

Истанбул бугунги кунда юксак даражадаги маданият ва санъат маркази сифатида эътироф этилмоқда. Шаҳар 41 та конгресс маркази, 225 та санъат галереяси ҳамда 27 та олий таълим муассасасида амалга оширилаётган ранг-баранг дизайн дастурларини ўз ичига олган кенг инфратузилмага эга бўлиб, ҳар йили ўртача 20 дан ортиқ халқаро санъат ва дизайн тадбирлари ўтказилади.

Bokuda “Merosdan barqarorlik sari: turkiy uylar” panel sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Тадбирнинг очилишида сўзга чиққан Туркий маданият ва мерос жамғармаси президенти, профессор Актоти Раимқулова бундай нуфузли форумнинг Бокуда ўтказилиши муҳим аҳамиятга эга эканини таъкидлади. Унинг қайд этишича, ушбу форум ҳукуматлар, олимлар, меъморлар, халқаро ташкилотлар ҳамда фуқаролик жамияти вакилларини бирлаштирувчи муҳим глобал майдон ҳисобланади.

San-Diyegodagi otishma qurbonlari soni besh kishiga yetdi

Ҳалок бўлганлардан бири қўриқчи бўлиб чиқди.

Tadbirkorning 2 mlrd so‘mlik mulkini o‘zlashtirgan shaxslar fosh etildi

Мазкур ҳолат юзасидан Жиноят кодексининг 167-моддаси (ўзлаштириш ёки растрата йўли билан талон-торож қилиш) билан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари ўтказилмоқда.

Kuba dronlari Floridaga tahdid solmoqda degan ayblov: Gavana AQShni “bosqinchilikka bahona yaratmoqda” deb tanqid qildi

Халқаро ОАВ, жумладан Axios нашрига таяниб тарқалган маълумотларга кўра, АҚШ разведкаси Кубада 300 дан ортиқ ҳарбий дронлар мавжудлиги ва уларнинг эҳтимолий ҳарбий сценарийларда ишлатилиши мумкинлигини кузатмоқда.

Netanyaxu: “birinchi zarbalardan keyin Eron qulashi mumkin”

Бу ҳақда АҚШ Марказий разведка бошқармаси ва Пентагоннинг собиқ раҳбари Роберт Гейтс маълум қилди.