“Sikl” qisqa metrajli filmi suratga olindi

“Sikl” qisqa metrajli filmi suratga olindi

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan “Sikl” (“Cycle”) qisqa metrajli filmi suratga olindi. Postanovkachi rejissyor Garush Gazanyan.

Mazkur kinokartina “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali dasturidagi “Kino 5 kunda” yosh rejissyorlar loyihasida armanistonlik ijodkorlar bilan birga yaratilgan.

“Sikl” qisqa metrajli filmida rossiyalik Mixail ismli turist Samarqandga keladi va sirli ko‘chani izlaydi. Nihoyat bir keksa nuroniy bilan uchrashadi va suhbatlashadi. Mixail o‘zi izlab yurgan sirli ko‘chani aylanadi.

Ma’lumot uchun, “Kino 5 kunda” tanlovida Ispaniya, Filippin, Yaponiya, Hindiston, Rossiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va boshqa mamlakatlardan yosh kinoijodkorlar ishtirok etishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!