Sifati kafolatlanmagan salqin ichimliklarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Sifati kafolatlanmagan salqin ichimliklarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Davlat bojxona qo‘mitasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida sifati kafolatlanmagan salqin ichimliklarni noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi.

Poytaxtimizning Shayxontoxur va Uchtepa tumanlaridagi ulgurji savdo do‘konlarida  SH.R va A.D. tomonidan xorijda ishlab chiqarilgan, respublikamizga rasman import qilinmagan, temir idishda qadoqlangan mashhur brenddagi mahsulotlar va boshqa salqin ichimliklar iste’molchilarga sotilayotganligi aniqlandi.

Tekshirish davomida savdoga qo‘yilgan, kirim hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 64,5 mln. so‘mlik 8621 dona 29 turdagi salqin ichimliklar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!