Si Szinpin Xitoy taraqqiyotining asosiy maqsadini aytdi

Xitoy rahbari Si Szinpinning aytishicha, Xitoyning asl maqsadi odamlarga yaxshi yashash imkoniyatini berishdir. Uning San-Fransiskodagi Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (ATES) sammitidagi nutqi matni Xitoy hukumati saytida chop etildi.
"Xitoy kuchli davlat qurish va xitoycha modernizasiya orqali millatni yoshartirishdek buyuk maqsadni har tomonlama targ‘ib qilmoqda. Xitoy tinch taraqqiyot yo‘lidan yuradi. Rivojlanishning asosiy maqsadi Xitoy xalqiga yaxshi hayot kechirish imkonini berishdir" - dedi Si Szinpin.
Xitoy rahbarining so‘zlariga ko‘ra, uning mamlakati innovasion rivojlanish strategiyasiga amal qiladi va butun Osiyo-Tinch okeani mintaqasini rivojlantirish bo‘yicha o‘z takliflarini berishga tayyor.