Si Szinpin Germaniyani proteksionizmdan qochishga chaqirdi

Si Szinpin Germaniyani proteksionizmdan qochishga chaqirdi

Xitoy rahbari Si Szinpin Germaniyani proteksionizm kuchayishidan qochishga chaqirdi. Bu haqda u Pekindagi Dyaoyuytay qarorgohida Germaniya kansleri Olaf Shols bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

"XXR va Germaniya proteksionizmning kuchayishidan ehtiyot bo‘lishi va iqtisodiy qonunchilikka tayangan holda ishlab chiqarish salohiyati masalalarini bozor va global nuqtai nazardan xolisona ko‘rib chiqishga intilishi kerak", degan Si Szinpin.

Shuningdek, Xitoy Xalq Respublikasi rahbari “Xitoy va Germaniya o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik “xavf” emas, balki ikki tomonlama munosabatlar barqarorligi va kelajakni birgalikda yaratish imkoniyatining kafolati ekanini” ta’kidlagan.

Qayd etish joizki, bu safar Sholsning Germaniya kansleri sifatida Xitoyga ikkinchi safari. Sholsga atrof-muhit, qishloq xo‘jaligi va transport uchun mas’ul uch nafar vazir hamrohlik qilmoqda. Delegasiya tarkibida Germaniyaning yetakchi kompaniyalari, xususan, Siemens, BMW, Mercedes-Benz kompaniyalari vakillari ham bor.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Shols Xitoy rahbari Si Szinpin bilan bo‘lajak uchrashuvida undan Ukrainadagi mojaro sharoitida Rossiyaga harbiy yordam bermaslikni so‘rashini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainadagi mojaro "faqat Yevropa muammosi emas".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!