Shveysariyaning eng yirik banki UBS mamlakatning ikkinchi yirik bankini sotib olish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda

Shveysariyaning eng yirik banki UBS mamlakatning ikkinchi yirik bankini sotib olish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda

Shveysariyaning eng yirik banki UBS mamlakatning ikkinchi yirik banki Credit Suisseni sotib olish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda, deb yozadi Financial Times.

Avvalroq Credit Suisse ichki nazoratning zaifligini tan olgan hisobotini e’lon qilgan edi. Bank aksiyalari deyarli 30 foizga arzonlashdi.

16 mart kuni Shveysariya milliy banki Credit Suissega 50 milliard frankgacha (taxminan 53,7 milliard dollar) kredit berishga majbur bo‘ldi. Biroq, bu kredit tashkiloti aksiyalarining tushishidan saqlay olmadi - yirik investorlar bankka qo‘shimcha kapital berishdan bosh tortdilar va badavlat mijozlar tomonidan mablag‘larni olib qo‘yish davom etdi. Natijada, maqolada aytilishicha, 17 mart kungi savdolar yakuniga ko‘ra, Credit Suisse kapitallashuvi UBSning 56,6 milliard dollariga nisbatan 8 milliard dollarga tushib ketgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!