Shveysariyada bo‘lib o‘tayotgan Ukraina bo‘yicha tinchlik sammiti yakuniy hujjati loyihasida qanday bandlar borligi ma’lum bo‘ldi

Shveysariyada bo‘lib o‘tayotgan Ukraina bo‘yicha tinchlik sammiti yakuniy hujjati loyihasida qanday bandlar borligi ma’lum bo‘ldi

Shveysariyada bo‘lib o‘tayotgan Ukraina bo‘yicha tinchlik sammiti yakuniy hujjati loyihasida Kiyevning Zaporoje AES ustidan nazorat o‘rnatishi, Azov va Qora dengiz bo‘ylab tijoriy yuklarni erkin tashishning muhim ahamiyati, mahbuslarni ozod qilishga chaqirish haqidagi bandlar bor, deb yozadi Reuters.

Loyihada, shuningdek, yadro qurolidan foydalanish tahdidi tijorat kemalari, fuqarolik portlari va port infratuzilmasiga hujumlarga yo‘l qo‘ymaslik qayd etilgan. Shu bilan birga, mamlakatlar har qanday davlatning, shu jumladan Ukrainaning hududiy yaxlitligi yoki mustaqilligiga qarshi harbiy yo‘l bilan tahdid qilish yoki kuch ishlatishdan tiyilishga chaqiradi.

Shveysariyadagi yig‘ilish ishtirokchilari Ukrainadagi vaziyatni tartibga solish uchun mojaroning barcha tomonlari o‘rtasida muloqot zarur, deb hisoblamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!