Shvesiya Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning besh diplomatni chiqarib yuborish qaroridan katta taassuf bildirdi

Shvesiya Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning besh diplomatni chiqarib yuborish qaroridan katta taassuf bildirdi

Shvesiya tashqi ishlar vaziri Tobias Billstryom Rossiyaning shved diplomatlarini chiqarib yuborish va Gyotborgdagi Bosh konsulligini yopish qaroridan afsusda ekanligini bildirdi.

“Rossiya xabari juda achinarli, Rossiya Vena konvensiyasiga muvofiq harakat qilgan va Rossiyada normal diplomatik faoliyat olib borgan shved diplomatlarini chiqarib yuborishga qaror qildi. Shuningdek, biz Rossiyaning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulligi haqidagi xabaridan chuqur afsusdamiz”, — deya uning so‘zlarini keltiradi TASS.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya TIV Rossiya Shvesiyaning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulligi faoliyatiga 1-sentyabrdan boshlab bergan roziligini qaytarib olayotgani haqida xabar bergan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!