Shunisi yetmay turgandi! “Coca-Cola” endi tarkibida marixuana mavjud ichimlik ishlab chiqarmoqchi!

Shunisi yetmay turgandi! “Coca-Cola” endi tarkibida marixuana mavjud ichimlik ishlab chiqarmoqchi!

Coca-Cola kompaniyasi marixuana orqali mahsulotlari safini kengaytirishni rejalashtirmoqda. Ichimlikka kannabidiol (KBD) - og‘riqni kamaytiradigan, ammo psixologik ta’sirga ega bo‘lmagan modda qo‘shilishi rejalashtirilgan. Bu haqda “Bloomberg” xabar bermoqda.

Kompaniya allaqachon yangi qo‘shma ichimliklar ishlab chiqarish bo‘yicha Kanadaning marixuana ishlab chiqaruvchi “Aurora Cannabis Inc” bilan muzokaralar olib bormoqda. Aytish joizki, ishlab chiqaruvchi mashhur Amerika brendi bilan hamkorlik qilishdan juda manfaatdor.

Bundan tashqari, Coca-Cola boshqa alkogolsiz ichimliklarda ham ushbu moddani o‘rganib chiqayotgani ham xabar qilindi.

Shunisi e’tiborga loyiqki, ushbu yangilik sabab kannabidiol ishlab chiqaruvchilarning ulushi keskin oshdi: uchdan etti foizgacha o‘sish qayd etildi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!