Shri-Lanka qurbonlari orasida o‘zbekistonliklar bormi?

Shri-Lanka qurbonlari orasida o‘zbekistonliklar bormi?

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Shri-Lankadagi portlashlar qurbonlari orasida hozircha o‘zbekistonliklar qayd etilmagani haqida axborot berdi.

O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, 21 aprel kuni Shri-Lankada sodir bo‘lgan qator portlashlar qurbonlari orasida hozirgi vaqtgacha O‘zbekiston fuqarolari qayd etilmagan. Shuningdek, shaxsini aniqlash bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilayotgan boshqa jasadlar mavjud , deyiladi TIV xabarida.

O‘zbekiston elchixonasi Shri-Lankaning tegishli organlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, 21 aprel kuni Shri-Lankada katoliklar Pasxa bayram marosimida 8 ta portlash sodir bo‘ldi. Birinchi oltita Kolombo, Negombo, Battikaloa shaharlardagi cherkov va otellarda, yettinchi orolning g‘arbida, sakkizinchi Kolomboning aholi turar majmuada sodir bo‘ldi.

Mahalliy OAVlarga qaraganda, teraktlarni hudkush-terrorchilar tomonidan sodir etdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 310 kishi halok bo‘ldi, 480 kishi jarohatlandi.

Dushanba kuni Kolomboda yuk mashinasida yana bir bomba aniqlandi. Sapyorlar terakt sodir etilgan cherkov yonida topilgan bombani zararsizlantirish vaqtida yuk mashinasi portlab ketgan.

Mamlakat hukumati 23 aprel kuni motam kuni e’lon qildi. Islom davlati xalqaro terrorchilik uyushmasi Shri-Lankadagi portlashlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!