Shovotlik “ixtisoslashgan” o‘g‘ri

Shovotlik “ixtisoslashgan” o‘g‘ri

Oydin mahallasida istiqomat qiluvchi Mahmud Islomovning xonadonida o‘g‘rilik jinoyati sodir bo‘ldi. Noma’lum shaxs ushbu xonadon egalarining uyida yo‘qligidan foydalanib, yotoqxonada turgan 300 ming so‘mlik “Prima” rusumli televizorini olib ketadi.

Oradan ko‘p o‘tmay tumandagi K. Rahimov mahallasida yashovchi Mirali Nuriddinovning uyida ham xuddi shunday jinoyat yuz beradi. Bu safar  o‘g‘ri xonadonning orqa tomonidagi deraza orqali ichkariga kirib, u yerdagi 3 million 500 ming so‘mlik “Smart” rusumli televizor hamda 200 ming so‘mlik adyolni o‘g‘irlab ketgan.

Tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida ushbu o‘g‘riliklarni shovotlik K. Humoyun sodir etganligi aniqlandi.  Ayni paytda mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!