Shols: Ukrainadagi urush muzlatilgan mojaroga aylanmasligi kerak

Shols: Ukrainadagi urush muzlatilgan mojaroga aylanmasligi kerak

Estoniyada bo‘lib turgan Germaniya kansleri Olaf Shols Tallindagi matbuot anjumanida Ukrainadagi harbiy amaliyotlar muzlatib qo‘yilishi va urush Rossiya o‘z qo‘lida qoladigan to‘qnashuv mojarosiga aylanishi mumkin emasligini aytdi.

Shols Germaniyaning Kölner Stadt-Anzeiger gazetasiga juma kuni chop etilgan intervyusida Kreml haqida xuddi shunday ogohlantirishni bildirdi.

"Rossiya tushunishi kerakki, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi chegarani hozirgi front chizig‘i bo‘ylab chizib, "sovuq tinchlik” tuzish haqida gap bo‘lishi mumkin emas. Bu Putinning bosqinchilik urushini qonuniylashtiradi”, - deya ogohlantirdi Shols.

“Gap adolatli tinchlik haqida bormoqda va bunday tinchlikning kaliti Rossiya qo‘shinlarini olib chiqib ketishdir”, — dedi Germaniya kansleri 2014-yilda Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrim haqida gapirayotganiga aniqlik kiritmasdan.

Shuningdek, Shols Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan aloqalarni uzish niyatida emasligini va u bilan yana telefon orqali gaplashishni rejalashtirayotganini aytdi.

"Oxirgi telefon aloqamizdan beri ma’lum vaqt o‘tdi. Va men Putin bilan kerakli vaqtda yana gaplashmoqchiman", - dedi Shols.

Kreml nemis tomondan hozircha suhbat bo‘yicha hech qanday taklif olmaganini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!