Shohjahon Ergashev boksdagi faoliyatini yakunladi. Sababi ma’lum

Shohjahon Ergashev boksdagi faoliyatini yakunladi. Sababi ma’lum

Shohjahon Ergashev boksdagi faoliyatini yakunladi. Sportchi bu haqda instagramdagi sahifasida ma’lum qildi.

"Uzoq vaqt uyda bo‘lmadim va otam uyga kelishimni so‘radi. Otam bilan juda ham ko‘p suhbatlashdik, oz bo‘lsa ham bosib otgan yo‘llarimizni yodga oldik. Men 29 yoshdaman va bugun birinchi marotaba otam sportdagi faoliyatimni yakunlashimni so‘radi. Hamma narsani bosh va oxiri bo‘lganiday, sport ham abadiy emas. Meni qo‘llab-quvvatlagan barchaga o‘z minnartdorchiligimni bildiraman! Men hayotimda yangi sahifa ochyapman! Boksni butkul tashlamayman va bir kun yana ringda bo‘lsam, faqatgina o‘zim uchun bo‘laman. O‘zimni yangi sohada sinab ko‘raman,ammo bu sport sohasi emas. Barchaga omad!" deb yozadi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!