Bu haqda Ukraina Mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasi (GUR) boshlig‘i o‘rinbosari Vadim Skibiskiy ma’lum qildi.
"KXDR o‘q-dorilari 2024 yilda Rossiyaga front chizig‘i bo‘ylab shiddatli hujumlarni amalga oshirishga imkon bergandi. Biroq joriy yilda yetkazib berish hajmi yarmidan ko‘proqqa kamaygan", — dedi Skibiskiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2023 yildan buyon Pxenyan Moskvaga taxminan 6,5 million dona artilleriya snaryadi yetkazib bergan. Ammo joriy yil sentyabr oyida Shimoliy Koreyadan umuman jo‘natma qayd etilmagan. Oktyabrda esa ta’minot qisman tiklangan.
Skibiskiy, shuningdek, oxirgi partiyada yuborilgan o‘q-dorilarning taqriban yarmi eskirib ketgani bois Rossiya zavodlariga yuborishga to‘g‘ri kelganini qayd etgan.
Bundan tashqari, GUR vakili KXDR FPV-dronlari va o‘rta masofali uchuvchisiz uchish qurilmalarini ommaviy ishlab chiqara boshlaganini qo‘shimcha qilgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
Defense One нашри АҚШ миллий хавфсизлик стратегиясининг ҳали эълон қилинмаган версиясига таяниб хабар беришича, Вашингтон Австрия, Венгрия, Италия ва Польша каби давлатлар билан “фаолроқ ҳамкорлик қилиш” орқали уларни Европа Иттифоқидан ажратишга интилаётгани қайд этилган.
«Қозоғистон темир йўллари» компаниясининг маълум қилишича, заҳарланиш содир бўлган поезд хусусий ташувчига тегишли ва у суратга олиш жараёни учун киностудияга берилган.