Shimoliy Koreya “referendumlar”ni tan olgan yagona davlatdir

Shimoliy Koreya “referendumlar”ni tan olgan yagona davlatdir

Dunyodagi birinchi davlat Ukrainaning bosib olingan hududlarida “referendumlar” o‘tkazilishini ma’qulladi. Bu davlat Shimoliy Koreya edi.

“Biz Rossiyaga qo‘shilishga intilgan Donesk va Lugansk xalq respublikalari, Xerson va Zaporojye viloyatlari aholisining irodasini hurmat qilamiz hamda Rossiya hukumatining yuqoridagi viloyatlarni o‘z tarkibiga qabul qilish bo‘yicha pozisiyasini qo‘llab-quvvatlaymiz”, — deyiladi KXDR TIV xabarida.

Ularning fikricha, “referendumlar” BMT Nizomiga to‘liq muvofiq ravishda o‘tkazildi.

Rossiyada esa Davlat Dumasi allaqachon Ukrainaning bosib olingan to‘rtta viloyatining anneksiya qilinishini qo‘llab-quvvatlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!