Shifokor Salohning ahvoli haqida ma’lumot berdi

Shifokor Salohning ahvoli haqida ma’lumot berdi

Misr milliy jamoasi Abu Elela koronavirusga chalingan «Liverpul» hujumchisi Muhammad Salohning ahvoli haqida ma’lumot berdi.

«Unda kasallikning yengil formasi bor va jiddiy alomatlar yo‘q. Salohning testi salbiy natija ko‘rsatmaguncha, u Misrda izolyasiyada bo‘lishi kerak. So‘ng, albatta, qaytishi mumkin. U – Misr hukumati uchun o‘ziga xos shaxs. Bu yerdagi hamma unga yordam berishni xohlaydi», – deya yozadi milliy jamoa matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli futbolchi bu mavsumda APLda 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!