Shifokor koronavirus yuqishi xavfi yuqori bo‘lgan "unutilgan joy" haqida gapirdi
Koronavirus epidemiyasi avj olgan bugungi kunda karantinga rioya qilish har bir joyda o‘ta muhim hisoblanadi. Rossiya Davlat Dumasi Ta’lim va fan bo‘yicha qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, sobiq bosh sanitariya shifokori Gennadiy Onishchenko ayni shu mavzuda parlament gazetasiga intervyu berdi. U intervyusida kvartiradan, albatta, niqob taqib va qo‘lqop kiyib chiqish kerakligini ta’kidladi.
"Mening taxminimcha, ko‘p qavatli uylarga chiqish va kirish joyida epidemiyaga qarshi yetarlicha chora ko‘rilmaydi", — dedi Onishchenko.
U kirish joylarida koronavirusdan himoyalovchi choralar deyarli yo‘qligini ta’kidladi, shuning uchun virus u yerda uzoq vaqt saqlanib turishi mumkin.
"Lift tugmachalari, domofon yoki agar siz liftdan foydalanmasangiz, zinada qo‘shnilarga duch kelasiz. Bu esa xavf tug‘diradi", deb tushuntirdi sobiq sanitariya vrachi.
31 may kuni ertalab dunyoda koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 6,06 milliondan oshdi. Bir kunda yuqtirganlar soni 132,9 mingtani tashkil etdi. Pandemiya 188 mamlakatni qamrab oldi.