Shengen vizasi narxi qimmatlashishi mumkin

Shengen vizasi narxi qimmatlashishi mumkin

Evropa komissiyasi Shengen vizasi uchun standart to‘lovni 12 foizga oshirishni taklif qildi. Bu haqda Rossiya turoperatorlari uyushmasi (ATOR) xabar berdi.

Komissiya taklifiga ko‘ra, kattalar uchun viza narxi hozirgi 80 yevrodan 90 yevroga, bolalar uchun esa 40 evrodan 45 yevrogacha oshiriladi. Bu joriy etilishi rejalashtirilgan viza to‘lovi oshirilishini bildiradi. Bundan tashqari, viza rejimining buzilishi yoki noqonuniy migrasiya sababli Yevropadan qaytgan fuqarolarini readmissiya (qaytarib olish) qilish bo‘yicha Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik qilmaydigan davlatlar uchun to‘lovlarni oshirish taklif qilinmoqda.

Agar davlat readmissiya bo‘yicha yetarlicha hamkorlik qilmasa, uning fuqarolari uchun Shengen vizasi narxi 120 yevro (kattalar uchun) va 160 yevrodan (bolalar uchun) mos ravishda 135 evro va 180 yevrogacha ko‘tariladi.

Bundan tashqari, agar vizaning bazaviy qiymati 90 yevrogacha oshsa, xizmat haqi ham 40 dan 45 yevroga oshadi.

Biroq, Shengen vizasi muddatini uzaytirish narxi o‘zgarishsiz qoladi va odatdagiday 30 yevroni tashkil qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!