Shayton ayolga: "Men shogirdingizman, xonim"

Shayton ayolga: "Men shogirdingizman, xonim"

Shayton bir ayol bilan tortishibdi: 
— Nimaga odamlar sizlarning makr - hiylalaringni gapiradi, aslida men hiyla va makrda kuchliman.. 
Ayol: 
— Qo‘y bu gaplarni, ana u yerda ishlab turgan tikuvchi kishini ko‘ryapsanmi, shuni hozir vasvasa qilib xotinini taloq qildira olasanmi? 

Shayton: 
— Albatta deb borib, tikuvchiga har xil vasvasalar qila boshlabdi.
Tikuvchi xotinini juda yaxshi ko‘rganligi sababli u haqda fikrlab ham ko‘rmabdi. Shayton shunda noumid bo‘lib qaytibdi. 

Keyin ayol: 
— Endi sen qarab tur. 
Ayol borib tikuvchiga debdi: Menga eng chiroyli matodan bir narsa tikib bering. O‘g‘lim sevishganiga sovg‘a qilmoqchi. Shunda tikuvchi chiroyli qilib tikib beribdi. Keyin ayol o‘sha kishini xotinining uyiga borib: Uyingizda namoz o‘qib olsam bo‘ladimi, deb kirib xotiniga bildirmay uyiga tashlab chiqibdi. Tikuvchi uyiga kelib ro‘molchani ko‘rib, xotinini taloq qilibdi. 

Shunda shayton ayolga: 
— Qoyil, – debdi. 

Ayol: 
— Shoshmay tur, endi bir gap bilan uning xotinini qaytaraman, – debdi. 

Shayton: 
— Bo‘lishi mumkinmas, agar aybingni bo‘yningga olsang, o‘zing baloga qolasan. 

Ayol: 
— Qarab tur! 
So‘ngra ayol tikuvchiga borib debdi: Menga kecha tikib bergan ro‘molchani o‘zidan yana qilib bering. Kecha bir bechora xotinnikida namoz o‘qib esimdan chiqibdi. Qaytishga uyaldim! Shunda tikuvchi xotinining aybsiz ekanini tushunib yana qaytib olibdi. 

Shunda shayton aytibdi: 
— Men shogirdingizman, xonim !!!

(Sanadini Alloh biladi)

▪️Izoh: Bu zarbulmasal bo‘lsada haqiqati to‘g‘ridir. Qanchadan qancha taqvodorlar, olimlar borki shaytonning hiyla nayranglaridan chiqib ketishi qiyin emas. Lekin ayol kishining makridan juda oz inson chiqa oladi. Erkaklar ayollar makridan ehtiyot bo‘lsinlar.

Shuning uchun Rosululloh: «Ummatim erkaklariga o‘zimdan keyin  Ayollardan ko‘ra zararliroq fitnani qoldirmadim» deydilar.

(Buxoriy rivoyati 4808)


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!