Shaxmat olimpiadasi g‘oliblariga pul mukofotlari berildi

Shaxmat olimpiadasi g‘oliblariga pul mukofotlari berildi

12 avgust kuni Sport vazirligida o‘tgan tadbirda Chennay shahrida o‘tgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasi chempioni bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga Prezident farmoniga muvofiq 600 mln so‘mdan pul mukofotlari topshirildi.

U naqd shaklda bo‘lib, 200 ming so‘mlik yangi kupyuralarda taqdim etildi.

Ma’lum bo‘lishicha, taqdirlash marosimi Sportni rivojlantirish vazirligida bo‘lib o‘tgan.

Tadbirda sport vaziri o‘rinbosari M.Ismoilov, Yoshlar ishlari agentligi direktori, shaxmat federasiyasi raisi A.Sa’dullayev, federasiya raisining birinchi o‘rinbosari X.Turdaliyev hamda chempion shaxmatchilar – Nodirbek Yoqubboyev, Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Shamsiddin Vohidov va Jahongir Vohidov hamda ularning ota-onalari ishtirok etgani aytiladi.

Eslatib o‘tamiz, chempion shaxmatchilarimizning har biriga bittadan "Equinox" avtomobili sovg‘a qilindi. Terma jamoa murabbiylari Yegin Vladimir Nikolayevich va Ivan Sokolov “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!