Shaxmat. Bugun mukofot jamg‘armasi 350 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi nufuzli turnir start oladi, unda Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etadi
Bugun AQShning Sent-Lyuis shahrida shaxmat bo‘yicha mukofot jamg‘armasi 350 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi nufuzli turnir start oladi.
Grand Chess Tour’ning yakuniy klassik bosqichi 29 avgustga qadar davom etadi va aylanma tizimda 9 turdan iborat bo‘ladi. Ushbu bosqich GCT ochkolari uchun so‘nggi imkoniyat hisoblanadi. Bugundan 10 nafar grossmeyster bosh sovrin uchun bahslarga kirishadi.
Nodirbek Abdusattorov bizning vaqt bilan soat 22:00da boshlanadigan 1-tur uchrashuvida Levon Aronyanga qarshi dona suradi. Amerikalik grossmeyster bir necha kun oldin aynan Sent-Luis shahrida yakuniga yetgan Saint Louis Rapid and Blitz 2025 turnirida chempion bo‘lgan edi. Nodirbek har ikki blis partiyalarida Aronyanni mag‘lubiyatga uchratgandi.
Sinquefield Cup 2025 ishtirokchilari: Nodirbek Abdusattorov (O‘zbekiston), Gukesh Dommaradju (Hindiston), Fabiano Karuana (AQSh), Rameshbabu Praggnanadha (Hindiston), Alireza Firuzdja (Fransiya), Uesli So (AQSh), Levon Aronyan (AQSh), Yan-Krishtof Duda (Polsha), Maksim VashYE-Lagrav (Fransiya), Sem Sevian (AQSh).
Sinquefield Cup 2025. 1-tur juftliklari:
Sem Sevian (AQSh) - Uesli So (AQSh)
Maksim VashYE-Lagrav (Fransiya) - Alireza Firuzdja (Fransiya)
Nodirbek Abdusattorov (O‘zbekiston) - Levon Aronyan (AQSh)
Rameshbabu Praggnanadha (Hindiston) - Gukesh Dommaradju (Hindiston)
Fabiano Karuana (AQSh) - Yan-Krishtof Duda (Polsha)

