Shavkat Mirziyoyev Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi

A A A
Shavkat Mirziyoyev Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 27 yilligi va vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi.

Tabrik matni:

Hurmatli askar va serjantlar, ofiser va generallar, Qurolli Kuchlarimizning muhtaram faxriylari!

Qadrli yurtdoshlar!

Sizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 27 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Ushbu qutlug‘ ayyomda o‘z hayotini Vatan himoyasidek ulug‘ ishga bag‘ishlagan siz, azmu shijoatli harbiylarimizni sharaflab, xalqimiz, mamlakatimiz tinchligi va xavfsizligi yo‘lidagi xizmatlaringiz uchun barchangizga chuqur minnatdorlik bildiraman.

Mutafakkir shoir Alisher Navoiy bobomiz aytganlaridek, bu dunyoda er yigitning eng buyuk, ezgu va muqaddas vazifasi, avvalo, o‘z oilasi, Vatani va xalqini munosib himoya qilishdan iboratdir.

Biz sizlar bilan ana shunday g‘oyat mas’uliyatli va olijanob vazifani sharaf bilan ado etib kelayotgan mard va jasur, el-yurtga sadoqatli o‘g‘lonlarimiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz.

Aynan sizlarning yerda va ko‘kda, suvda va quruqlikda olib borayotgan mardona xizmatlaringiz tufayli osmonimiz musaffo, bolalarimiz, mo‘’tabar onalarimiz, keksalarimiz xotirjam yashamoqda, yurtimiz obod, xalqimiz hayoti farovon bo‘lmoqda.

Fursatdan foydalanib, o‘z farzandlarini Qurolli Kuchlarimizning askar va ofiserlarini Alpomishdek botir, chinakam vatanparvar insonlar etib tarbiyalagan barcha ota-onalarga, harbiylarimiz bilan hayot quvonchi va tashvishlarini doimo baham ko‘rib kelayotgan ularning rafiqalari va oila a’zolariga katta rahmat aytishni o‘zimning burchim, deb bilaman.

Muhtaram vatandoshlar!

Mana shu bayram kunlarida barchamiz Vatan, xalq va armiya biri-biriga naqadar yaqin va mushtarak ekanini har qachongidan ham teran his etmoqdamiz.

Bu borada armiya va xalq birligini ta’minlashga qaratilgan mutlaqo yangi tuzilma harbiy-ma’muriy sektorlar barcha hududlarda samarali faoliyat yuritayotgani g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda.

Ana shunday islohotlar tufayli Armiya va xalq bir tanu bir jon! degan olijanob g‘oya va amaliy harakat barcha bo‘g‘indagi hokimiyat va boshqaruv idoralari, mahalla, yoshlar, xotin-qizlar, nuroniylar tashkilotlari, ta’lim-tarbiya muassasalari faoliyatini, keng jamoatchilik hayotini qamrab olmoqda. Bu esa Vatan himoyasi chindan ham barchamizning nafaqat vazifamiz, balki sharafli burchimizga aylanib borayotganidan yaqqol dalolat beradi.

Qadrli do‘stlar!

Dunyo miqyosida xalqaro terrorizm, ekstremizm kabi xavf-xatarlar, milliy va global xavfsizlikka qarshi tahdidlar tobora ortib borayotgan hozirgi murakkab davrda Qurolli Kuchlarimizning jangovar salohiyatini yuksaltirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy qurol-yarog‘ va aslahalar bilan ta’minlash, harbiy xizmatchilarning jismoniy, ma’naviy-intellektual tayyorgarligini oshirish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish eng ustuvor vazifamiz bo‘lib qolmoqda.

Davlatimizning harbiy-siyosiy masalalar bo‘yicha qat’iy pozisiyasini ifoda etadigan yangi Mudofaa doktrinasi ishlab chiqildi. Amalga oshirilayotgan tub islohotlar natijasida milliy armiyamiz tezkor va ixcham, har qanday tahdidlarga munosib zarba berishga qodir bo‘lgan jangovar kuchga aylanib bormoqda.

Barchamiz yaxshi anglaymiz: bu borada har bir harbiy xizmatchining professional bilim va malakasi, aqliy salohiyati, ruhiy tayyorgarligini oshirish, ularda vatanparvarlik fazilatlarini kamol toptirish o‘ta muhim ahamiyatga egadir.

Biz davlatimiz mudofaa qudratini har tomonlama oshirish, yetuk

va malakali harbiy kadrlarni tayyorlashga, Vatan himoyachilari, ularning oilalari uchun munosib hayot sharoitlarini yaratishga bundan keyin ham alohida e’tibor qaratamiz. Masalan, 2019 yilning o‘zida harbiy xizmatchilar uchun imtiyozli kreditlar asosida 116 ta ko‘p qavatli uy foydalanishga topshiriladi. Harbiy xizmatchilarning 700 dan ziyod farzandlari oliy ta’lim muassasalariga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi. Shuningdek, harbiy shaharchalarni obod qilish, ularning hududida zamonaviy infratuzilmalar barpo etish bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar izchil davom ettiriladi.

Xalqimizning Bilagi zo‘r birni yengadi, bilimi zo‘r mingni degan maqolida chuqur ma’no bor. Shu nuqtai nazardan, Qurolli Kuchlarimizni modernizasiya qilish, xususan, harbiy ta’lim sohasiga zamonaviy bilim, ilg‘or xorijiy tajribalar, axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha boshlagan ishlarimizni yangi bosqichga ko‘tarishimiz zarur.

Ayni vaqtda shaxsiy tarkib o‘rtasida milliy o‘zlikni anglash va jangovar ruhni, vatanparvarlik tarbiyasini kuchaytirish, harbiy xizmatchilarning intellektual salohiyatini yuksaltirish ham doimo e’tiborimiz markazida bo‘lishi lozim. Shu maqsadda yosh askar va kursantlar uchun harbiy qasamyod qabul qilishdan avval O‘zbekiston tarixi fani va Temur tuzuklari kitobi bo‘yicha sinov o‘tkazish tartibini yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqdir.

Xalqimiz, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik tarbiyasini kuchaytirish, ushbu sohadagi qadriyat va an’analarimizni targ‘ib etish, askar va ofiserlarimizning zamon qahramonlari sifatidagi qiyofasini badiiy asarlar, spektakl va filmlar orqali keng yoritib berish alohida ahamiyatga ega. Bu borada taniqli olimlar, adib va shoirlarimiz, ijodkor ziyolilar, madaniyat namoyandalari yanada samarali faoliyat olib boradilar, deb ishonch bildiraman.

Qadrli yurtdoshlar!

Mard va jasur Vatan himoyachilari!

Sizlarni ota-onalaringiz, oilalaringiz, butun xalqimiz bilan birgalikda keng nishonlayotgan bugungi shonu sharaf ayyomi Vatan himoyachilari kuni bilan yana bir bor tabriklar ekanman, sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, olijanob va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan yutuqlar tilayman.

Manba: uz24.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

Moskvadagi barcha aeroportlar faoliyatini to‘xtatdi

Шереметево рейсларга ўзгартиришлар киритилиши мумкинлигини эълон қилди. Аввалроқ, "гилам"0 сигнали туфайли Внуково, Домодедово ва Жуковскийда чекловлар жорий этилган эди.

Serxio Aguero: «Abduqodir Husanov shu darajani 3-4 yil saqlab qolsa, dunyoning eng yaxshi himoyachilaridan biriga aylanishi mumkin»

"Манчестер Сити" афсонаси ҳисобланган Серхио Агуэро «шаҳарликлар» ёш юлдузлари — Нико O’Райли ва Абдуқодир Ҳусановнинг ўйинларига юқори баҳо берди.

Mbappe jarohatini davolash o‘rniga aktrisa bilan hordiq chiqarmoqda. Klub fanatlari jiddiy norozilik bildirmoqda

«Реал Мадрид» мухлислари ҳужумчи Килиан Мбаппени мавсумнинг ҳал қилувчи палласида Италияда севгилиси билан ҳордиқ чиқараётгани учун кескин танқид қилишди.

Prezidentning xotiniga hukm chiqargan sud’ya o‘lik holda topildi

Полиция воқеани ўрганмоқда, асосий версиялардан бири — ўз жонига қасд қилиш.

«Urushmoqchimisan?» Zelenskiyning Belarusga yo‘llagan tahdidi G‘arbni hayratda qoldirdi

X ижтимоий тармоғи фойдаланувчилари Владимир Зеленскийнинг чегаранинг Беларусь томонидаги гўёки «ғалати фаоллик» учун Минскка жавоб қайтариш билан таҳдид қилган баёнотини фаол муҳокама қилмоқдалар.

Eron yahudiylari yetakchisi Oyatulloh Xomanaiyga sodiqlik bildirdi

Шу билан бирга, Исроилда ички норозилик кучаймоқда.

«Manchester Siti» markaziy himoyachisini arzon garovga sotib yuborishi mumkin

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Натан Аке фаолиятини Италияда давом эттириши мумкин.

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Gvardiola golda Husanovni aybladi

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Арсенал»га қарши кечган баҳсдаги (2:1) Жанлуижи Доннарумманинг хатоси ҳақида гапирди.

Rossiya Moskvadagi paradga boradigan yetakchilar ro‘yxatini e’lon qildi

Россия Москвадаги парадга борадиган етакчилар рўйхатини эълон қилди, рўйхатда Марказий Осиё президентлари йўқ.

Isroilga jo‘natish uchun 17 ming dollar so‘ragan rahbar ushlandi

Хорижий давлатларга ишга юбориш билан боғлиқ фирибгарлик ҳолатлари фош этилди.

AQSh Eronga zarba berdi. Tehron amerikaliklarning harbiy kemalariga hujum qildi

Қўшма Штатлар ҳарбийлари Эроннинг Қешм оролидаги портга ва Бандар-Аббос шаҳрига зарбалар берди, деб хабар қилмоқда Fox News ва Ахios журналистлари.

Rossiya Suriyadagi harbiy bazani qayta qurmoqda

Бу ҳақда The Maritime Executive ихтисослашган ресурси хабар берди.

Tramp tuzoqqa tushib qoldi va undan qanday chiqishni bilmaydi – CNN

Ҳўрмуз бўғозини назорат қилиш — стратегик мувозанатини Эрон фойдасига ўзгартирди.

Xitoy sobiq mudofaa vazirlariga shartli o‘lim jazosi berdi

Хитой ҳукумати коррупция ва лавозим ваколатларини суиистеъмол қилишда айбланган икки нафар собиқ мудофаа вазирига шартли ўлим жазоси тайинланганини эълон қилди.

Eron AQSh taklifiga hali javob bermadi — Tehron hujjatni o‘rganmoqda

Бу ҳақда Эрон Ташқи ишлар вазирлиги вакили Исмоил Бағоий маълум қилди.

Latviyada Rossiyadan uchib o‘tgan ikkita dron qulab tushdi, ulardan biri neft omboriga zarar yetkazdi

7 май кечаси ҳаво ҳудудига эҳтимолий таҳдид ҳақидаги хабарни Резекне шаҳри, шунингдек, Резекне, Балви ва Лудза ўлкалари аҳолиси олган

Tramp Eron bilan muzokaralarni AQShda o‘tkazishni taklif qildi

Дональд Трамп Эрон билан музокараларни АҚШ ҳудудида ўтказишни таклиф қилди.

Chekka hududda yarim asr 16 ta qishloq suyanib kelgan tibbiyot maskani butkul yangilandi

1972 йилда қурилган Ургут туманининг “Баҳрин” маҳалласидаги 21-сонли оилавий поликлиника 16 та қишлоқ аҳолиси — 13 мингдан ортиқ инсон учун ягона тиббиёт маскани ҳисобланади. Бу бино қурилганидан бери, яъни ярим асрдан ошиқ вақт давомида капитал таъмир кўрмаган.

Jizzaxda vagonda selfiga tushmoqchi bo‘lgan o‘smirni tok urdi

Жабрланувчи шифохонага етказилиб, жонлантириш бўлимига ётқизилган.

O‘zbekistonda yirik firibgarlikda ayblangan Turkiya fuqarosi Perudan Toshkentga ekstradisiya qilindi

Маълум қилинишича, Интерпол каналлари орқали қидирувга берилган шахс Перудан Ўзбекистонга олиб келинган.

Ishga kiritish, ruxsatnoma olish va nafaqa tayinlash bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi

Коррупцияга қарши курашиш йўналишида Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари томонидан Бош прокуратура ҳузуридаги Департамент ва Ички ишлар органлари билан ҳамкорликда ҳудудларда бир нечта тезкор тадбирлар ўтказилди.

Isroil Livan janubidagi hujumlarni davom ettirmoqda

NNA маълумотига кўра, Исроил ҳарбий самолётлари эрталабдан Кефре ва Жебшитга зарбалар берган.

BMT Xavfsizlik Kengashi BAAga hujumlar bo‘yicha yopiq majlis o‘tkazadi

Бу ҳақда Al Jazeera дипломатик манбага таяниб хабар берди.

Chegarada tunnellar orqali qonunbuzarlikka qarshi javobgarlik kuchaytiriladi

Айниқса, ер остида ноқонуний қурилган туннеллар ёки бошқа инфратузилмалардан фойдаланиб чегарани кесиб ўтиш оғирлаштирувчи ҳолат сифатида белгиланмоқда.

Samarqanddagi «zapravka»da yong‘in chiqdi

Ҳозирда ёнғиннинг келиб чиқиш сабаби ва етказилган моддий зарар миқдори аниқланмоқда.

Leningrad viloyatining Kirishi shahridagi neftni qayta ishlash zavodiga hujum qilindi

Ҳужум фонида Пулково аэропорти ишини чеклади, камида 17 та авиарейс кечиктирилди.

Xitoyning Xunan provinsiyasidagi pirotexnika zavodida portlash yuz berdi

​Хитой раиси Си Жинпин ҳодиса юзасидан зудлик билан текширув ўтказиш ва айбдорларни қаттиқ жавобгарликка тортиш бўйича кўрсатма берди.

Oq uy yaqinida yana bir otishma sodir bo‘ldi

Associated Press агентлигининг хабар беришича, Оқ уй вақтинча ёпиб қўйилган.

Qozog‘istondagi metallurgiya zavodida kuchli portlash yuz berdi

Дастлабки маълумотларга кўра, фавқулодда ҳолат оқибатида 2 киши ҳалок бўлган, 5 киши жароҳатланган.

Izmirda nimalarni tatib ko‘rish mumkin?

Бугунги кунда саёҳатда фақат манзил эмас, балки сафар давомида татиб кўриладиган таъмлар ҳам алоҳида аҳамият касб этмоқда. Сўнгги йилларда гастрономик саёҳат, яъни “foodie exploration” — глобал туризмга сезиларли таъсир кўрсатаётган муҳим йўналишга айланди. Замонавий сайёҳлар кўпинча саёҳатларини машҳур диққатга сазовор жойларни зиёрат қилиш билан бир қаторда, унутилмас гастрономик тажрибалар асосида режалаштирмоқда.

Ispaniyada 40 tonnagacha kokain musodara qilindi

Испания полицияси Атлантика океанида рекорд даражадаги — тахминан 40 тонна кокаинни мусодара қилди.

AQShda United Airlines samolyoti qo‘nish vaqtida yuk mashinasiga urilib ketdi

FAA ва NTSB маълумотларига кўра, Boeing 767-400 самолёти Венециядан 200 дан ортиқ йўловчи билан парвоз қилган.

Qoraqalpog‘istonda kadastr bo‘limi rahbari pora bilan ushlandi

Ҳозирда кадастр раҳбарига нисбатан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.