Shavkat Mirziyoyev Turkmanistondagi xalqaro forumda nutq so‘zladi

Shavkat Mirziyoyev Turkmanistondagi xalqaro forumda nutq so‘zladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston doimiy betarafligining 30 yilligi, Xalqaro betaraflik kuni va 2025 yil «Xalqaro tinchlik va ishonch yili» deb e’lon qilinishiga bag‘ishlangan xalqaro forumda nutq so‘zladi:

Hurmatli delegasiyalar rahbarlari!

Turkmaniston Prezidenti, hurmatli Serdar Gurbanguliyevich Berdimuhamedovga va Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi, qadrli birodarim, hurmatli Gurbanguli Myalikguliyevich Berdimuhamedovga samimiy qabul va bugungi forumni yuksak darajada tashkil etgani uchun chuqur minnatdorlik izhor etaman.

Turkmaniston rahbariyatini va butun qardosh turkman xalqini milliy bayram — Doimiy betaraflik e’lon qilinganining 30 yilligi bilan tabriklayman.

Ushbu qutlug‘ sana Turkmanistonning dunyoning barcha mamlakatlari bilan tinch, ishonchli, do‘stona va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga doimo sodiq bo‘lib kelayotganini o‘zida mujassam etadi.

Biz mazkur forumni tinchliksevarlik va tinchlikparvarlik g‘oyalarini ilgari surish, davlatlar o‘rtasida o‘zaro ishonch va hurmatni mustahkamlash, shuningdek, dolzarb xalqaro masalalarni muloqot hamda muzokaralar vositasida hal qilish yo‘llarini izlash uchun muhim siyosiy platforma deb hisoblaymiz.

Hurmatli ishtirokchilar!

Turkman xalqining zamonaviy o‘ziga xosligining ajralmas qismiga aylangan Turkmanistonning betarafligi uning chuqur tarixiy an’analari, madaniy va ma’naviy qadriyatlariga, olijanoblik, bag‘rikenglik va yaxshi qo‘shnichilik kabi ezgu fazilatlariga tayanadi.

Bu fenomen turkman xalqining bugungi bosqichdagi ijobiy betaraflik falsafasining me’mori – Gurbanguli Myalikguliyevich Berdimuhamedovning hal qiluvchi roli tufayli butun dunyoda keng e’tirofga sazovor bo‘ldi.

Tanlangan strategik yo‘nalish Turkmaniston Prezidenti, hurmatli Serdar Gurbanguliyevich tomonidan yangicha jadallik bilan amalga oshirilmoqda.

Turkmanistonning doimiy betaraflik modeli suverenitetni hurmat qilish va ichki ishlarga aralashmaslik tamoyillari faol tinchlikparvarlik hamda diplomatik faoliyat bilan qanday uyg‘unlashishi mumkin ekanini yorqin namoyish etmoqda. Ashxobodda BMTning Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun preventiv diplomatiya mintaqaviy markazi muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgani buning yaqqol dalilidir.

Biz O‘zbekistonda turkmanistonlik qardoshlarimizning strategik qarashlari va tashqi siyosiy yondashuvlariga ko‘p jihatdan qo‘shilamiz.

Shu bois, birodar Turkmanistonning Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan hamkorlikda Tinchlik va betaraflik universitetini tashkil etish bo‘yicha tashabbusini qo‘llab-quvvatlaymiz.

Yangi O‘zbekiston uchun jahonga ochiqlik, o‘zaro hurmat va muloqotga intilish — fundamental qadriyatlardir. Aynan shu sababli biz umumiy xavfsizlik va farovonlik yo‘lida birdamlik bo‘yicha Samarqand tashabbusini ilgari surdik. Ushbu tashabbus insoniyat kelajagi uchun befarq bo‘lmagan, tinchlik, totuvlik va barqaror taraqqiyot uchun intilayotgan barcha tomonlarni muloqotga jalb etishga qaratilgan.

Ishonchimiz komilki, faqat o‘zaro hurmat va tushunishga tayangan gumanistik hamda inklyuziv yondashuvlargina zamonaviy xalqaro hamkorlik konstruksiyasini mustahkamlashga qodir.

Shu munosabat bilan O‘zbekistonning Qo‘shilmaslik harakatidagi bo‘lajak raisligi davrida biz tinchlik va zo‘ravonlikdan xolilik madaniyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha global harakatni rag‘batlantirish, siyosiy muloqot asosida davlatlar o‘rtasida ishonchni mustahkamlash, jahonda bag‘rikenglik, hamjihatlik va birdamlik muhitini qaror toptirishga ko‘maklashishni bosh ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilash niyatidamiz.

Biz raisligimiz davomida kelgusi avlodlar manfaatlari yo‘lida mojarolarni hal qilish borasidagi sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 2027 yilni Preventiv diplomatiya yili deb e’lon qilishni rejalashtirmoqdamiz. Uning doirasida konferensiya va forumlar tashkil etish, parlament, jamoat va yoshlar delegasiyalarining o‘zaro almashuvlarini qamrab oladigan tadbirlar dasturini qabul qilamiz. Uning amalga oshirilishida BMTning ixtisoslashgan institutlari, jumladan, Ashxoboddagi Preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markaz faol ishtirok etishiga umid qilamiz.

Hurmatli do‘stlar!

Global miqyosda keskinlik saqlanib qolayotgan va davlatlar o‘rtasida ishonch zaiflashayotgan hozirgi sharoitda tinchliksevarlik va vositachilik tamoyillariga umumiy sodiqlik har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda.

Aynan shu sababli ham Turkmanistonning 2025 yilni «Xalqaro tinchlik va ishonch yili» deb e’lon qilish haqidagi taklifi jahon hamjamiyatining eng muhim talablariga javob beradi.

O‘zbekiston ushbu tashabbusni to‘liq qo‘llab-quvvatladi va BMT Bosh Assambleyasining tegishli rezolyusiyasining hammuallifi bo‘ldi.

Ushbu global g‘oya qarama-qarshiliklarni rad etadigan, mojarolarni muzokaralar stoli atrofida hal qilishga sodiq va tinchlik o‘rnatish bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlar ko‘rish tarafdori bo‘lgan mamlakatlarning birlashishiga xizmat qiladi deb hisoblaymiz.

Shuni ta’kidlashni istardimki, o‘zaro ishonch, hurmat va jipslik tamoyillari bizning Markaziy Osiyoni tinchlik, hamkorlik va yaxshi qo‘shnichilik makoniga aylantirish borasidagi siyosatimizning ham asosidir.

O‘tgan oyda Toshkentda bo‘lib o‘tgan mintaqa davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi hamjihatlikni mustahkamlash, mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha birgalikdagi harakatlar, ko‘pqirrali iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanimizni yana bir bor ko‘rsatdi.

Shuni alohida qayd etish lozimki, Turkmanistonning konstruktiv hamda tinchliksevarlik siyosati Markaziy Osiyoda barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlashning muhim omili hisoblanadi.

Rasmiy Ashxobod 2018 yilda — ko‘p yillardan buyon birinchi marta Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasiga a’zo davlatlar rahbarlarining birinchi sammitini tashkil etgan holda, Jamg‘arma doirasida oliy darajadagi muloqotlarni qayta tiklashda katta rol o‘ynadi.

Shu yilning avgust oyida Avazada BMTning dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha uchinchi konferensiyasining o‘tkazilishi mintaqada yagona transport-logistika makonini shakllantirishga muhim hissa bo‘lib qo‘shildi.

Afg‘onistonni mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarga jalb etish va infratuzilmaviy bog‘liqlikni kuchaytirish orqali tinch yo‘l bilan rivojlantirishga ko‘maklashish masalalari bo‘yicha bizning va Turkmanistonning yondashuvlari to‘liq mos keladi.

Ashxobodning energetika va suv xavfsizligi, barqaror transport bog‘liqligini ta’minlash, shuningdek, mintaqada ekotizimni himoya qilish bo‘yicha tashabbuslari bizning Markaziy Osiyodagi sa’y-harakatlarimizni tabiiy ravishda to‘ldirmoqda.

Turkmanistonning zamirida tinchlik va ishonch kabi ezgu g‘oyalar mujassam bo‘lgan bu takliflari uning mintaqa davlatlari rahbarlari Maslahat uchrashuvlari formatida raisligi davomida kun tartibidan munosib o‘rin egallashiga aminman.

Hurmatli anjuman ishtirokchilari!

O‘zaro hurmat, ishonch va hamjihatlikka asoslangan hamkorlik eng ulug‘vor rejalarni hayotga tatbiq etish imkonini beradi. Shuning uchun ushbu rejalarni gumanitar hamkorlik orqali ilgari surish muhim.

Shu munosabat bilan kelgusi yili Toshkentda ijodiy jamoalar, olimlar va adiblar ishtirokida «Madaniyatlar muloqoti» deb nomlangan qo‘shma xalqaro gumanitar forumni tashkil etish, shuningdek, ta’lim, madaniyat va volontyorlik harakati sohalaridagi tashabbuslarni birgalikda amalga oshirish orqali yoshlarni tinchlik va ishonch jarayonini mustahkamlashga jalb etishga yo‘naltirilgan «Yoshlar tinchlik va ishonch yo‘lida» mintaqaviy dasturini joriy etishni taklif qilamiz.

Qadrli do‘stlar!

Tinchlik va ishonch — umumiy farovonlik asosidir. Bu qadriyatlarni mustahkamlash butun xalqaro hamjamiyat uchun hal qiluvchi ustuvor yo‘nalish bo‘lib qolishi zarur.

O‘zbekiston dunyoda adolatli va barqaror tartibotni barpo etishga bundan buyon ham amaliy hissa qo‘shishga tayyor.

Forum ishtirokchilariga sermahsul faoliyat, qardosh Turkmaniston xalqiga esa tinchlik, farovonlik va yanada ravnaq topishni tilayman.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

YPX inspektorini urib ketgan 10-sinf o‘quvchisi “Shuhrat” medali sohibining erkatoy nabirasi ekani ma’lum bo‘ldi

25 февраль куни соат 21:46 да 10-синф мактаб ўқувчиси BMW М4 русумли автомашинани ҳайдовчилик гувоҳномасисиз бошқариб, ҳаракатланиб келаётган вақтида ЙПХ инспекторини уриб юборган.

"Manchester Siti" ham Abduqodir Husanovga murojaat qildi

"Манчестер Сити" ижтимоий тармоқларда янги пост қолдирди.

Eron oliy rahbari televideniye orqali murojaat qiladi

Али Хоминаий яқин соатларда телевидение орқали халққа мурожаат қилиши кутилмоқда.

Galibaf: “Eronning javobi shunchalik dahshatli bo‘ladiki, ular yolvorib uzr so‘rashadi”

Эрон парламенти спикери АҚШ ва Исроилга “вайронкор жавоб” билан таҳдид қилди.

Ronaldu o‘z maqsadiga erishdi

Криштиану Роналду яқинда клуб бошқарувидан норозилигини билдириб, "Ан-Наср"нинг бир нечта ўйинига бойкот эълон қилган эди.

Eron nega arab davlatlariga zarba bermoqda?

Кўпчилик нега эронликлар Форс кўрфазидаги араб монархиялари ҳудудларига зарба бераётганини тушунмаяпти. Ахир улар яширинча Эрон нефтини сотишда ёрдам берган, тинчлик тарафдори бўлган, гўёки бевосита алоқаси йўқ эди, деган фикр бор.

Tojikistonda “taxt” tranzitiga tayyorgarlik boshlandimi?

Тожикистонда эҳтимолий “тахт” транзити ҳақидаги гап-сўзлар яна кучайди.

Eron oliy rahbariga uyushtirilgan hujum qanday tayyorlangan edi?

АҚШ Марказий разведка бошқармаси Эрон олий раҳбари Али Хоманаий вафот этишидан олдин бир неча ой давомида уни кузатиб борган.

AQShda “asrning eng ijobiy burilishi” yuz berdi

Мазкур чиқиш Россия босқинининг тўрт йиллиги санасига тўғри келган бўлса ҳам Украинадаги уруш қисқача тилга олинди.

Buxoroda 21 yoshli yigit Telegramda onlayn fohishaxona tashkil qildi

У аёллар расмларини каналга жойлаб, уларни пул эвазига мижозларга таклиф қилган

Uyiga faqat tunda kelishni odat qilgan qarzdorga MIB "syurpriz" qildi

Қарздор транспорт воситасини фақат тунда уйига олиб келиниб, кундузи бошқа жойда сақланаётгани аниқланган.

“An-Nasr” Ronalduni sotadigan bo‘ldi. Birinchi xaridor aniq

Саудия Арабистонининг “Ан-Наср” клуби раҳбарияти мамлакат Профессионал лигасининг энг машҳур юлдузи Криштиану Роналду билан хайрлашишга тайёр.

Imomali Rahmon vafot etdi(mi)?

Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.

Qoraqalpog‘istondagi “Borsakelmas” qo‘riqxonasi fotoqopqoniga qoraquloq muhrlandi

Экология ва иқлим ўзгариши миллий қўмитаси тасарруфидаги “Борсакелмас” давлат буюртма қўриқхонасида ўрнатилган фотоқопқонларга қорақулоқ муҳрланди.

Er yuzidagi sovuqlik rekordi qayd etildi

"Восток" станциясидаги олимлар 15 февраль санаси учун Ер юзасидаги энг паст ҳароратни қайд этишди.

AQSh va Isroil Xomanaiyning joylashuvini qanday aniqladi?

Эрон олий раҳбари оятуллоҳ Али Хоманаий ҳалок бўлган ҳужум одатдагидек тун ярмида эмас, балки эрталаб содир этилган.

Xitoy qanday yo‘l tutadi?

Пекин Яқин Шарқда тинчлик ва барқарорликни сақлаш учун барча саъй-ҳаракатларни қўллашга чақирмоқда.

Turkiya qasos sifatida AQSh harbiy bazasiga zarba berdimi?

Бу ҳақда Туркия аксил-дезинформация маркази баёнот берди.

London Ukrainadan yordam so‘radi

Британия ҳукумати раҳбарининг сўзларига кўра, Лондон АҚШга Эронга қарши амалиётлардa Британия базаларидан фойдаланишга рухсат берган

Eron muzokaraga rozi bo‘ldimi?

АҚШ президенти бу ҳақда The Atlantic нашрига берган интервюсида айтди.

Larijoniy: Eron uzoq muddatli urushga tayyor

Бу ҳақда Tasnim News Agency хабар берди.

Ispaniya AQShga Eronga qarshi bazalarini berishdan voz kechdi

Бу ҳақда Хосе Мануэл Албарес ва Мария Хесус Монтэро 2 март куни El Periodico нашрига маълум қилган.

Tramp AQSh Eron­ hududida quruqlikdagi amaliyot boshlashni istisno etmadi

"АҚШ Эронга қарши кенг қамровли уруш бошлаши эҳтимоли бор, мен уларнинг ҳудудига қуруқлик қўшинларини юборишим мумкин, буни истисно қилмайман", — деди АҚШ президенти.

Eron oliy rahbarining o‘ldirilishi dunyo miqyosida zo‘ravonlikka yo‘l ochadigan xavfli burilish bo‘ldi

Бундай фикрни Эроннинг Россиядаги элчиси Козим Жалолий билдирди.

48 soat ichida 60 ta strategik nishon va 500 ta ob’ektga zarba berildi

Islamic Revolutionary Guard Corps (ИИҚК) маълум қилишича, Эрон сўнгги 48 соат ичида АҚШ ва Исроилга қарашли 60 та стратегик нишон ҳамда 500 та ҳарбий объектга ҳужум қилган.

Medvedev: Eron to‘qnashuvga bardosh bera oladi, ammo narxi yuqori bo‘ladi

У бу ҳақда 2 март куни TASSга берган шарҳида маълум қилди.

Tramp: AQSh hali Eronga yirik zarbalarni boshlamagan

Бу ҳақда CNN 2 март куни хабар берди.

Makron Fransiyaning yadroviy kallaklari sonini oshirishni buyurdi

Франция президенти Эммануэл Макрон 2026 йилда мамлакат янги гипертовушли ракеталарни ишлаб чиқиш дастурини ишга туширишини эълон қилди. Лойиҳа Буюк Британия ва Германия билан биргаликда амалга оширилиши режалаштирилган.

DXX: Toshkentdagi narkolaboratoriyadan yirik miqdorda giyohvand moddalar chiqdi

Тошкент шаҳрида аниқланган нарколабораториядан катта миқдорда гиёҳванд моддалар ва прекурсорлар олинди.

Netanyaxu hujumlardan omon qoldi

Бинямин Нетаньяху офисига қилинган ҳужумлардан омон қолгани маълум бўлди.

Agar Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini atigi bir oyga to‘sib qo‘ysa, YEIda gaz narxi 130%ga oshishi mumkin

Бу ҳақда “Goldman Sachs” инвестиция банки маълум қилди.

AQSh va Isroil hujumlari oqibatida Erondagi maktabning 170 nafar o‘quvchi va pedagog hodimi halok bo‘ldi

Бу ҳужумдан олдин, Минаб шаҳридаги қизлар мактабига қилинган ҳужум оқибатида 40 нафар ўқувчи ҳалок бўлгани маълум қилинган эди.

Hizbulloh Isroilga raketa va dronlar bilan hujum qildi

Ҳизбуллоҳ Ливан давлатини эмас, Эрон режимини танлади ва тинч аҳолимизга ҳужум қилди.

Prokuratura xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Тошкент вилояти прокуратурасининг девонхона нозири 276 млн сўмлик жаримани ваколатли танишлари орқали бартараф этиб бериш ва унга нисбатан чора кўрилмаслигини таъминлаш эвазига 9 минг АҚШ доллари талаб қилган.

Eron janubidagi fojia: Qizlar maktabiga berilgan zarba qurbonlari 165 nafarga yetdi

Бу ҳақда маҳаллий ҳукуматга таяниб "Fars" агентлиги хабар берди.

Netanyaxu Eronga qarshi zarbalarni kuchaytirishini bildirdi

Исроил бош вазири Бинямин Нетаняху Эронга қарши ҳужумлар янада кучайтирилишини маълум қилди. Бу ҳақда у ўзининг «Х» (собиқ Twitter) саҳифасида ёзган.

Tramp: Eron ikki hafta ichida yadroviy qurolga ega bo‘lishi mumkin edi

Унинг айтишича, айнан шу сабабли АҚШ Эронга қарши ҳужум уюштирган.

Yaqin Sharqda logistika izdan chiqmoqda

Бу ҳақда Bloomberg хабар берди.

Isroil armiyasi 100 ming zaxirachini jalb etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Исроил армияси — Israel Defense Forces — Эронга қарши «Арслон нидоси» операцияси доирасида тахминан 100 минг нафар захирачи ҳарбийни қабул қилишга тайёргарлик кўрмоқда.

AQSh va Isroil rahbarlari Eron masalasida keskin bayonotlar berdi

АҚШ президенти Доналд Трамп Эронга қарши операция «режадан олдинда» кетаётганини билдириб, «48 нафар етакчи бир зумда йўқ қилинди. Бу жуда тез содир бўлди», деди.