Shavkat Mirziyoyev: «Turkiyani ishonchli va muhim sherik sifatida alohida e’tirof etaman»

A A A
Shavkat Mirziyoyev: «Turkiyani ishonchli va muhim sherik sifatida alohida e’tirof etaman»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi oliy darajali delegasiyaning Anqaraga tashrifi ilk kuni yakunida ikki davlat rahbarlari ishtirokida brifing tashkil etildi.

«Avvalo, O‘zbekiston Respublikasi delegasiyasiga qardosh Turkiya zaminida ko‘rsatilayotgan hurmat va ehtirom, samimiy mehmondo‘stlik uchun Turkiya prezidenti, qadrdon do‘stim Rajab Toyyib Erdo‘g‘an janobi oliylariga hamda birodar turk xalqiga chin qalbimdan tashakkur izhor etaman», dedi Mirziyoyev so‘zi avvalida.

Davlat rahbari so‘nggi yillarda O‘zbekiston-Turkiya munosabatlarida tarixiy va ijobiy o‘zgarishlar kuzatilayotganini ta’kidladi.

«Oliy darajadagi O‘zbekiston-Turkiya strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi do‘stona aloqalarimiz tarixida yangi sahifa ochadi», dedi O‘zbekiston prezidenti.

Shavkat Mirziyoyev qardosh xalq rasmiylari bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar «juda batafsil, ochiq, samimiy va ishonch ruhida» o‘tganini qayd etdi.

«O‘rtamizda juda sermazmun suhbat bo‘ldi. O‘zbek-turk munosabatlarining holatiga baho berdik. Hamkorligimizning ustuvor yo‘nalishlarini rivojlantirishga qaratilgan vazifalarni belgilab oldik», dedi prezident.

Uning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar aksariyat dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar, shuningdek BMT, IHT va Turkiy tilli davlatlar kengashi doirasidagi yondashuvlar ham mushtarak ekanini ko‘rsatgan.

Shuningdek, muhokamalarda savdo-iqtisodiy va investisiyaviy hamkorlikni jadallashtirish ustuvor vazifa ekani yana bir bor ta’kidlangan. Oxirgi yillarda o‘zaro savdo hajmi 2 barobarga oshgani, mingga yaqin qo‘shma shirkatlar tashkil etilgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.

«Tovar ayirboshlash hajmini 5 milliard dollarga yetkazish uchun barcha imkoniyat va salohiyat mavjudligini e’tirof etdik va hamma sohalar bo‘yicha batafsil kelishib oldik. O‘ylaymanki, bu besh milliard ham hali biz uchun chegara emas. Nimaga desangiz, niyatlarimiz juda katta», deya urg‘u berdi O‘zbekiston prezidenti.

Mirziyoyevning aytishicha, bugungi yig‘ilish hali ishga solinmagan katta rezerv imkoniyatlar borligini ko‘rsatgan.

«Turkiyaning yetakchi kompaniyalari bilan qo‘shimcha 1 milliard dollardan ortiq loyihalar ishlab chiqilmoqda. Bu jarayonlarni ham ikki tomonlama qo‘llab-quvvatlashga kelishib oldik», dedi davlat rahbari.

Muzokaralarda zamonaviy tahdidlarga qarshi kurashishdagi hamkorlikni kuchaytirish kerakligi ham ta’kidlangan.

«Biz Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikka erishish haqida har tomonlama fikrlashib oldik. Bu davlatda muhim infratuzilma va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish mamlakatlarimizning umumiy manfaatlariga to‘la mos keladi», deb qayd etdi Shavkat Mirziyoyev.

O‘zbekiston yetakchisiga ko‘ra, muzokaralarda ijtimoiy-madaniy sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish muhimligi haqida ham so‘z borgan.

«Ertaga ochiladigan Turkiya prezident devonining Xalq kutubxonasi va O‘zbekistondagi kutubxona-axborot markazlari o‘rtasida yaqin hamkorlik o‘rnatish dolzarb ahamiyatga ega», dedi u.

Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining ilk yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonot imzolandi.

Mirziyoyev Turkiya Respublikasini «xalqaro maydonda obro‘-e’tibori va nufuzi tobora oshib borayotgan mamlakat» deb ta’riflab, uni «ishonchli va muhim sherik sifatida» alohida e’tirof etdi.

«Qardosh xalqlarimiz taraqqiyotida, tinch va farovon hayot qurish yo‘lida an’anaviy do‘stlik, istiqbolli hamkorligimizni yangi bosqichga ko‘tarish uchun barcha imkoniyatlarimizni safarbar etishga tayyormiz.

Aynan shu tamoyillar muloqotimiz yakunida imzolangan qo‘shma bayonot va «yo‘l xaritasi»da o‘z ifodasini topdi.

Muxtasar aytganda, aziz do‘stim janob prezident bilan bo‘lgan suhbatlarimiz tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi, desak haqiqatni aytgan bo‘lamiz», dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident so‘zi yakunida Turkiya prezidentini strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish maqsadida O‘zbekistonga taklif etdi.

Rasmiy tadbirlar yakunlangach, Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva sharafiga Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va uning rafiqasi Emina xonim tomonidan qabul marosimi tashkil etildi.

Tadbirda ikki mamlakat rasmiy delegasiyasi a’zolari, davlat va jamoat arboblari ishtirok etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

APL uchun dahshatli tush: «Manchester Siti» chempion bo‘lsa-da, kubok «Arsenal»ga topshirilishi mumkin

Англия Премьер-лигасида чемпионлик пойгаси кутилмаган ва «ноқулай» вазиятга яқинлашмоқда.

Gvardiola himoyachisining o‘yinidan hayratda: «U dunyoning eng yaxshilaridan biriga aylanmoqda»

«Манчестер Сити» бош мураббийи Хосеп Гвардиола жамоа ярим ҳимоячиси Матеус Нунеснинг янги позициядаги ҳаракатларига юқори баҳо берди.

Zelenskiy Putinning G‘alaba bayrami munosabati bilan sulh e’lon qilish g‘oyasiga munosabat bildirdi

Украина лрезиденти Зеленский Владимир Путиннинг Ғалаба байрами муносабати билан сулҳ эълон қилиш ғоясига муносабат билдирди.

Abduqodir Husanov "Olimpiya shaharchasi"dagi infratuzilma bilan tanishdi

Спорт вазирлиги, Миллий Олимпия ва Паралимпия қўмиталари раҳбарияти футбол бўйича Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва Англиянинг “Манчестер Сити” клуби ўйинчиси Абдуқодир Ҳусанов ҳамда отаси билан учрашиб, унинг яқин даврдаги режалари хусусида суҳбатлашди.

«Real» Mbappe bilan xayrlashadimi?

Матбуотда Мадриднинг «Реал» клубидаги ички муҳит билан боғлиқ муаммолар ҳақида яна хабарлар пайдо бўлмоқда.

Mojtaba Xomanaiy Putinga maktub yo‘llagani ma’lum bo‘ldi

РФ раҳбари бу ҳақда Эрон ташқи ишлар вазири Аббос Арагчи билан учрашувда маълум қилди.

Xitoy aholisi Fransiya darajasida qisqarishi mumkin: Iqtisodiyot xavf ostida

Хитойдаги депопуляция (аҳоли сонининг камайиши) кўлами 60 миллион кишига етиши мумкин.

Mbappe jarohatini davolash o‘rniga aktrisa bilan hordiq chiqarmoqda. Klub fanatlari jiddiy norozilik bildirmoqda

«Реал Мадрид» мухлислари ҳужумчи Килиан Мбаппени мавсумнинг ҳал қилувчи палласида Италияда севгилиси билан ҳордиқ чиқараётгани учун кескин танқид қилишди.

Angliya Kubogi finali: «Uembli»da «Manchester Siti» va «Chelsi» to‘qnashuvi

Англия Кубогининг 2025/26 йилги мавсуми финалида «Манчестер Сити» ва «Челси» жамоалари ўзаро тўқнаш келишади.

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

«Urushmoqchimisan?» Zelenskiyning Belarusga yo‘llagan tahdidi G‘arbni hayratda qoldirdi

X ижтимоий тармоғи фойдаланувчилари Владимир Зеленскийнинг чегаранинг Беларусь томонидаги гўёки «ғалати фаоллик» учун Минскка жавоб қайтариш билан таҳдид қилган баёнотини фаол муҳокама қилмоқдалар.

Xitoy AQSh sanksiyalarini bajarishdan bosh tortdi

Тегишли қарор Хитой Тижорат вазирлиги томонидан эълон қилинди.

San’atkorlar oyiga taxminan 45 ming so‘m soliq to‘layapti – Soliq qo‘mitasi

Ўзбекистонда концерт-томоша фаолияти билан шуғулланувчи 1 100 нафар хонанда 2025 йил учун солиқ декларациясини тақдим этди. Расмий маълумотларга кўра, жами 599,7 млн сўм даромад солиғи ҳисобланган.

Dahshatli jarohat va kutilmagan voqea: Ruminiya chempionatida tez yordam mashinasi loyga botib qoldi

Руминиянинг футбол бўйича иккинчи дивизионида кутилмаган ҳодиса юз берди: ҳимоячи оғир жароҳат олганидан сўнг, футболчилар ва мухлислар сув босган майдонда қолиб кетган тез ёрдам машинасини итариб, стадиондан чиқиб кетишига кўмаклашди.

"Neftchi" afsonasi vafot etdi

“Нефтчи” футбол клубида узоқ йиллар давомида самарали фаолият юритган, беш карра Ўзбекистон чемпиони бўлган, Японияда ўтказилган Осиё ўйинларида Ўзбекистон миллий терма жамоаси сафида чемпионликни қўлга киритган, Ўзбекистонда хизмат кўрсатган спортчи, тажрибали футболчи ва мураббий Абдусамат Дурмонов вафот этди.

Beshariqda 90 dan ortiq xonadonni suv bosdi

Бартараф этиш ишларига барча зарур куч ва воситалар жалб қилинган. Вазият тўлиқ назоратга олинган.

Navoiyda oltin va ma’danli toshlarni noqonuniy qazib olganlar ushlandi

Шу каби, фуқаро С.Х. ҳам “Зарафшон” МФЙ ҳудудидаги хонадонида қум ва тошдан олтин ажратиб олиш билан шуғулланиб келганлиги аниқланди

Avstriyada bolalar ozuqasiga kalamush zahrini qo‘shib qo‘ygan shaxs qo‘lga olindi

Тергов ҳаракатлари 38 кун давом этди ва унда Австрия, Чехия ҳамда Словакия ҳуқуқ-тартибот идоралари иштирок этди.

Toshkent metrosida yo‘lovchi poyezd yo‘liga tushib ketdi

Маълум қилинишича, ҳолат 2 май куни соат 21:35 атрофида “Ғафур Ғулом” бекатида содир бўлган.

Niderlandiyaning ikki malikasiga suiqasd uyushtirildi

Маликалардан бири Амалия ўтган йилларда ҳам таҳдидлар олган эди.

Livanda qurbonlar soni 2,6 mingdan oshdi — Sog‘liqni saqlash vazirligi

Ливан Соғлиқни сақлаш вазирлиги маълум қилишича, март ойи бошидан бери Исроил ҳужумлари оқибатида 2 659 нафар тинч аҳоли ҳалок бўлган.

Toshkentda profilaktika inspektori 10 ming dollar olgan vaqtida ushlandi

Терговга қадар текширув давомида аниқланишича, жорий йилнинг февраль ойида ички ишлар органлари томонидан МЧЖ билан боғлиқ фирибгарлик ҳолати бўйича жиноят иши қўзғатишни рад этиш тўғрисида қарор қабул қилинган

Boysunda kuchli sel kelishi natijasida yana neft aralash suyuqlik oqmoqda

Айни дамда ҳолат Сурхондарё вилояти Экология бош бошқармаси Экополиция ходимларидан иборат ишчи гуруҳ томонидан ва бошқа тегишли ташкилотлар билан бирга воқеа жойига чиққан ҳолда ўрганилмоқда.

Texasdagi aviahalokat oqibatida besh kishi qurbon bo‘ldi

​Cessna 421C русумли самолёт Остиндан тахминан 40 мил узоқликда жойлашган Уимберли шаҳрида, пайшанба куни соат 23:25 атрофида қулаган.

Malida zaif alyans: jihodchilar va separatistlar hamkorligi kuchaymoqda, ammo birlik barqaror emas

Мали ҳозирги йилларда энг жиддий хавфсизлик инқирозларидан бирини бошдан кечирмоқда.

Tramp Italiya va Ispaniyadan AQSh qo‘shinlarini olib chiqish bilan tahdid qildi

Дональд Трамп Италия ва Испаниядан норози эканини билдириб, ушбу давлатлардаги АҚШ ҳарбий контингентини олиб чиқиш масаласини кўриб чиқиш билан таҳдид қилди.

Dahshat: Sirdaryoda ikkinchi xotin bo‘lgan ayol erining qonuniy xotini va uning qizini pichoqlab o‘ldirdi

Гумонланувчи аёл қўлга олинган, тергов прокуратура томонидан олиб борилмоқда.

Toshkentda “Musodara tovarlar” kanali ma’muri ushlandi

У ишонч қозониш учун расмий логотиплар ва сохта ҳужжатлардан ҳам фойдаланган.

Nepalda jarlikka qulagan jip halokati qurbonlari soni 20 nafarga yetdi

Маълумотларга кўра, ҳодиса Ролпа туманидаги Джалджала ҳудудида содир бўлган. Автомобил Шарқий Рукумдан келаётган зиёратчиларни олиб кетаётган бўлган ва тоғли ҳудудда йўлдан чиқиб, тахминан 800 метр баландликдан қулаган.

G‘azoda o‘t ochish to‘xtatilganidan beri bolalar ahvoli qanday kechdi ?

2025 йил 10 октябрдан кучга кирган ўт очишни тўхтатишдан сўнг:

Turkiy Madaniyat va Meros Jamg‘armasi Prezidenti hamda Gaziantep Katta Shahar Hokimi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2026 йил 27 апрель куни Туркий Маданият ва Мерос Жамғармаси Президенти, профессор Актоти Раимқулова хонимнинг Туркиянинг Газиантеп шаҳрига амалга оширган хизмат сафари доирасида Газиантеп Катта Шаҳар ҳокими Фотма Шаҳин хоним билан учрашув бўлиб ўтди.

Denovdagi qotillik yuzasidan 4 kishi qo‘lga olindi

Ушбу моддага кўра, қасддан баданга оғир шикаст етказиш жабрланувчининг ўлимига сабаб бўлса, 8 йилдан 10 йилгача озодликдан маҳрум қилиш билан жазоланиши қайд этилган.

2 viloyatda Afg‘onistondan kontrabanda qilingan opiyning katta partiyasi aniqlandi

Автомашина холислар иштирокида кўздан кечирилганда, унинг мотор қисмидаги ҳаво фильтри остига яшириб қўйилган 993 гр “опий” моддаси процессуал тартибда расмийлаштириб олинди.

Isroil hujumi Livanda bir oilaning 5 a’zosini halok qildi

Исроил томонидан амалга оширилган ҳаво зарбаси натижасида Ливанда бир оиланинг 5 нафар аъзоси ҳалок бўлди.

Fransiya fuqarolarini Malini zudlik bilan tark etishga chaqirdi

Расмий Париж баёнотида мамлакатдаги хавфсизлик вазияти “ўта беқарор” деб баҳоланган.