Shavkat Mirziyoyev “Shirin” mahallasida yashovchi Doniyor Yo‘ldoshev xonadonida bo‘ldi

Shavkat Mirziyoyev “Shirin” mahallasida yashovchi Doniyor Yo‘ldoshev xonadonida bo‘ldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo tumani “Shirin” mahallasida yashovchi Doniyor Yo‘ldoshev xonadonida bo‘lib, oilaning turmush sharoitlari bilan tanishdi.

Bu uy yurtimizdagi obod hovlilardan biri. 10 sotix tomorqada mevali va manzarali daraxtlar, sabzavotlar ekilgan. 30 bosh naslli kurka boqilib, bir yilda 25 million so‘mgacha qo‘shimcha daromad olinmoqda.

Davlatimiz rahbari bu sa’y-harakatlarni ma’qullab, mana shunday obod xonadonlar ko‘payishi kerakligini ta’kidladi.

- Hududlarda yurishim, har kungi harakatlarimdan maqsad - odamlarni rozi qilish, aholi jon boshiga daromadni ko‘paytirish. Ilgari chetga xomashyo sotardik. Hozir hammasini mamlakatimizda qayta ishlab, tayyor mahsulot chiqarayapmiz. Korxonalar ochilayapti, yoshlarimiz, xotin-qizlarimiz ishli bo‘layapti. Bundaylar ko‘payishi, buning uchun rivojlanish mahallada bo‘lishi kerak. Mahalla yaxshi bo‘lsa, davlat kuchli bo‘ladi. Yoshlarni bilimli, aqlli qilib tarbiyalasak, o‘z yo‘lini, ishini topadi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yurtimizga tinchlik, farovonlik tilab, duo qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!