Shavkat Mirziyoyev: "Pandemiyani jilovlashda jasorat ko‘rsatgan fidoyilar taqdirlanadi"

Shavkat Mirziyoyev: "Pandemiyani jilovlashda jasorat ko‘rsatgan fidoyilar taqdirlanadi"

Ayni daqiqalarda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida navbatdagi videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

 — Shu o‘rinda o‘z hayoti va sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yib, kasallikka qarshi mardona kurashayotgan fidoyi shifokorlarimizga har qancha rahmatlar aytsak, arziydi. Bugun koronavirus pandemiyasi sharoitida aholi salomatligini muhofaza qilish va hayotini asrash, yurtimizda infeksiyani jilovlashda ulkan jasorat va fidoyilik namunalarini ko‘rsatgan bir guruh tibbiyot, ichki ishlar, mudofaa va favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Milliy gvardiya xodimlarini va boshqa tashkilotchilarini faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlash to‘g‘risidagi Farmonni imzoladim, - dedi davlatimiz rahbari.

Oldinda bunday mukofotlar ko‘p bo‘lishi ta’kidlandi. Bu kurashda o‘zini ayamay mehnat qilayotgan barcha tibbiyot xodimlari albatta munosib taqdirlanadi.

- Biz pnevmoniyani davolashda nafaqat o‘zimizning shifokorlar, balki videoaloqa orqali xorijdagi yetakchi mutaxassislarni konsultasiya berishga jalb qilyapmiz, - dedi Shavkat Mirziyoyev. - Hozirgi vaqtda germaniyalik tibbiyot professori yurtimizga kelib, davolash jarayonlarida bevosita ishtirok etmoqda. Bugun Turkiyadan bir guruh professorlar yetib keladi. Boshqa davlatlardan ham eng tajribali mutaxassislarni jalb qilish bo‘yicha ish olib boryapmiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!