Shavkat Mirziyoyev madaniyat va san’at sohasiga oid qarorni imzoladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Madaniyat va san’at sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Qaror matni O‘zAda e’lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
So‘nggi yillarda madaniyat va san’at sohasini tubdan isloh qilish va takomillashtirish, madaniyat va san’at muassasalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimini yaratish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Shu bilan birga, o‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, madaniyat va san’at muassasalari binolarini qurish va ta’mirlash, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, hududlarini obodonlashtirish, aholining madaniy ehtiyojlarini qondirish borasidagi ishlar talab darajasida emas.
Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish, ushbu sohadagi muassasalar tarmog‘ini kengaytirish va ularning moddiy-texnik ahvolini mustahkamlash, aholiga sifatli xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish hamda davlat-xususiy sheriklik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, “O‘zbekkino” Milliy agentligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining madaniyat va san’at sohasida davlat-xususiy sheriklikning quyidagi shakllarini joriy etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin:
madaniyat va san’at yo‘nalishidagi nodavlat muassasalarining binolarini qurish uchun bepul asosda doimiy foydalanishga yer uchastkalari ajratish;
mavjud davlat madaniyat va san’at muassasalari binolarini rekonstruksiya qilish va jihozlash, keyinchalik esa ularni otaliqqa olish sharti bilan madaniyat va san’at yo‘nalishidagi nodavlat muassasalari ob’ektlarini qurish uchun bepul asosda yer uchastkalarini taqdim etish;
konsessiya asosida qurilish uchun yer uchastkasi yoki rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun bino ajratish;
bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlarini, shu jumladan, faoliyat ko‘rsatmayotgan davlat madaniyat va san’at muassasalarining binolarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda “nol” xarid qiymatida sotish;
davlat madaniyat va san’at muassasalarining foydalanilmayotgan binolarini (yoki ularning bir qismini) ijara haqining “nol” stavkasida maqsadli foydalanish uchun xususiy sheriklarga berish;
xususiy sherikning mol-mulki negizida tashkil qilingan madaniyat va san’at nodavlat muassasalarini moddiy-texnik, moliyaviy va metodik ta’minlash;
otaliq shaklidagi xayriya faoliyatini olib borish.
Belgilansinki, madaniyat va san’at sohasida davlat-xususiy sheriklik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin.
2. Davlat-xususiy sheriklik shakliga qarab xususiy sherikka quyidagi investisiya majburiyatlari yuklanishi mumkinligi belgilab qo‘yilsin:
madaniy xizmat ko‘rsatishda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifasiga imtiyozlar berish;
madaniyat va san’at muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash borasidagi ishlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish;
davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimda nazarda tutiladigan boshqa majburiyatlarni bajarish.
3. Belgilansinki, davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim:
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va “O‘zbekkino” Milliy agentligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlov natijalari bo‘yicha tuziladi. Bunda ushbu qarorning 1-bandi yettinchi va sakkizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda tanlov o‘tkazilmaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi yoki “O‘zbekkino” Milliy agentligi tegishli ravishda o‘z tizimlarida davlat tomonidan xususiy sherik bilan bitim tuzadi va bitim shartlarini xususiy sherik qanday bajarayotgani bo‘yicha monitoring olib boradi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, “O‘zbekkino” Milliy agentligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Investisiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining:
madaniyat va san’at nodavlat muassasalarini rivojlantirish va davlat-xususiy sheriklikni rag‘batlantirish tadbirlarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamg‘armasida ochiladigan alohida hisobvaraqda (keyingi o‘rinlarda maxsus hisobvaraq deb yuritiladi) jamlash to‘g‘risidagi;
madaniyat va san’at nodavlat muassasalari xarajatlarining bir qismini qoplash uchun davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tashkil qilingan shunday muassasalarga davlat madaniyat va san’at muassasasining yillik daromadlari va xarajatlaridan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetidan subsidiyalar ajratish tartibini joriy etish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
5. Quyidagilar maxsus hisobvaraqni shakllantirish manbalari etib belgilansin:
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan ajratiladigan ekvivalenti 100,0 million AQSh dollari miqdoridagi kreditlar;
davlat madaniyat va san’at muassasalari negizida madaniyat va san’at nodavlat muassasalarini tashkil etish maqsadida davlat-xususiy sheriklik asosida tijorat banklaridan ajratiladigan kreditlar bo‘yicha foiz to‘lovlarining 7 foizdan oshgan qismini qoplab berish uchun har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining maqsadli mablag‘lari;
xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlari va boshqa donorlarning xayriyalari, kreditlari (qarzlari) va grantlari;
maxsus hisobvaraqning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
6. Belgilab qo‘yilsinki:
maxsus hisobvaraqdagi mablag‘lar tuman va chekka qishloq joylardagi teatrlar, kinoteatrlar, madaniyat va aholi dam olish markazlari, madaniyat va istirohat bog‘lari, konsert zallari, hayvonot bog‘lari va boshqa madaniy ob’ektlar negizida madaniyat va san’at nodavlat muassasalarini tashkil etish maqsadida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim ob’ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlashga foizsiz asosda imtiyozli kredit berish uchun tijorat banklariga taqdim etiladi;
maxsus hisobvaraq mablag‘laridan imtiyozli kreditlar tijorat banklari tomonidan madaniyat va san’at sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub’ektlariga 10 yil muddatga, shu jumladan, 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 7 foizli stavka bo‘yicha ajratib beriladi.
7. Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimlar amal qilishining quyidagi muddatlari belgilansin:
madaniyat va san’at yo‘nalishidagi nodavlat muassasalarning binolarini qurish uchun bepul asosda doimiy foydalanishga yer uchastkalari ajratish bitimi – kamida 30 yil;
mavjud davlat madaniyat va san’at muassasalari binolarini rekonstruksiya qilish va jihozlash, keyinchalik esa ularni otaliqqa olish sharti bilan madaniyat va san’at yo‘nalishidagi nodavlat muassasalari ob’ektlarini qurish uchun bepul asosda yer uchastkalarini taqdim etish bitimi – kamida 30 yil;
bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlarini, jumladan, faoliyat ko‘rsatmayotgan davlat madaniyat va san’at muassasalarining binolarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda “nol” xarid qiymatida sotish bitimi – kamida 30 yil;
davlat madaniyat va san’at muassasalarining foydalanilmayotgan binolarini (yoki ularning bir qismini) ijara haqining “nol” stavkasida maqsadli foydalanish uchun xususiy sheriklarga berish bitimi – 30 yilgacha;
konsessiya asosida qurilish uchun yer uchastkasi yoki rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun bino ajratish bitimi – 15 yilgacha;
xususiy sherikning mol-mulki negizida tashkil qilingan madaniyat
va san’at nodavlat muassasalarini moddiy-texnik, moliyaviy va metodik ta’minlash bitimi – kamida 10 yil;
otaliq shaklidagi xayriya faoliyatini olib borish bitimi – kamida 1 yil.
Olingan imtiyozli kredit asosida yoki davlat-xususiy sheriklik shartlarida tadbirkorlik sub’ektlariga topshirilgan ob’ektlarda madaniyat va san’at nodavlat muassasasi faoliyati tashkil etilgan kundan boshlab davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimlar amal qilishining muddatlari mobaynida uni qayta ixtisoslashtirish taqiqlanadi.
8. Davlat-xususiy sheriklik shartlarida tashkil etilgan madaniyat va san’at nodavlat muassasalari:
asosiy faoliyati bo‘yicha barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lashdan;
o‘zlarining ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kelinadigan texnik vositalar va boshqa jihozlar davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim tuzilgan kundan boshlab 3 yil muddatga bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod qilinsin.
Belgilansinki, ushbu bandda ko‘rsatilgan soliq va bojxona imtiyozlari madaniyat va san’at sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlardan olinadigan sof tushum ulushi umumiy realizasiya hajmida hisobot (soliq) davri yakunlariga ko‘ra kamida 80 foizni tashkil etadigan madaniyat va san’at nodavlat muassasalariga nisbatan qo‘llaniladi.
9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Madaniyat vazirligi va “O‘zbekkino” Milliy agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari, shuningdek, rekonstruksiya qilinishi va mukammal ta’mirlanishi lozim bo‘lgan davlat madaniyat va san’at muassasalarining foydalanilmayotgan bino va inshootlarini xatlovdan o‘tkazib, ularning ro‘yxatini tuzsin;
har yili 1 fevralga qadar davlat-xususiy sheriklik shartlarida madaniyat va san’at nodavlat muassasalarining binolarini qurish uchun bepul asosda doimiy foydalanishga ajratilishi mumkin bo‘lgan yer uchastkalarini aniqlab, ularning tasdiqlangan ro‘yxatlarini O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va “O‘zbekkino” Milliy agentligiga taqdim etsin;
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda qisqa muddatlarda madaniyat va san’at nodavlat muassasasini tashkil etish uchun yer uchastkasi ajratilishini, shuningdek, yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
madaniyat va san’at nodavlat muassasalarini qurishda ularni mahalliy byudjetlarning mablag‘lari hisobiga loyiha xarajatlari hamda barcha zarur tashqi muhandislik-kommunikasiya infratuzilmasi (elektr energiyasi, gaz ta’minoti, suv ta’minoti, kanalizasiya, avtomobil yo‘llari va boshqalar) bilan ta’minlasin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
madaniyat va san’at sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida nizomni tasdiqlasin;
madaniyat va san’at sohasida davlat-xususiy sheriklik asosida beriladigan davlat mulki ob’ektlari ro‘yxatini tasdiqlasin va uning har yili yangilab borilishini ta’minlasin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Madaniyat vazirligi, “O‘zbekkino” Milliy agentligi va Investisiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda hukumat qarori loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, unda quyidagilar nazarda tutilsin:
maxsus hisobvaraq mablag‘laridan foydalanish tartibi;
davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida faoliyat yuritadigan madaniyat va san’at muassasalariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘laridan subsidiyalar ajratish tartibi.
12. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining markaziy apparati tuzilmasida:
3 shtat birligidan iborat bo‘lgan davlat-xususiy sheriklik asosidagi madaniyat va san’at muassasalari faoliyatini tashkil etish boshqarmasi;
2 shtat birligidan iborat bo‘lgan davlat-xususiy sheriklik loyihalari monitoringi bo‘limi;
3 shtat birligidan iborat bo‘lgan YUNESKO bilan ishlash boshqarmasi tashkil qilinsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va “O‘zbekkino” Milliy agentligi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda madaniyat va san’at sohasida davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilgan chora-tadbirlar yuzasidan monitoring olib borilishini ta’minlasin hamda bajarilgan ishlar to‘g‘risida har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etsin;
O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan birgalikda madaniyat va san’at sohasiga xorijiy investisiyalarni jalb etish choralarini ko‘rsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi davlat-xususiy sheriklik bitimini amalga oshirish doirasida belgilangan tartibda loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini ta’minlasin hamda qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi va shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan tizimli nazorat o‘rnatsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri, “O‘zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimlar o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishi hamda xususiy sheriklar tomonidan o‘z zimmalariga olingan majburiyatlarga rioya qilinishi uchun shaxsan javobgar ekanliklari belgilab qo‘yilsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi mazkur qarorda nazarda tutilgan imtiyoz va preferensiyalar, madaniyat va san’at sohasida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari haqida tadbirkorlik sub’ektlari orasida keng qamrovli tushuntirish ishlarini amalga oshirsin.
17. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalari mazkur qarorning mazmuni va ahamiyati keng yoritilishini hamda aholiga yetkazilishini tashkil etsin.
18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ–2778-son qaroriga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
19. Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
20. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X.M.Sultonov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev.
Manba: qalampir.com
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi
Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?
MDH davlatlarida qancha Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari qolgan?
2026 йилнинг май ойи ҳолатига кўра, орамизда яшаб келаётган фахрийларнинг сони мамлакатлар кесимида турлича.
Rossiya Moskvadagi paradga boradigan yetakchilar ro‘yxatini e’lon qildi
Россия Москвадаги парадга борадиган етакчилар рўйхатини эълон қилди, рўйхатда Марказий Осиё президентлари йўқ.
«Real» ichidagi «sotqin» topildi
«Реал» президенти Флорентино Перес клуб ичидаги сирларни ташқарига чиқарган — Федерико Вальверде ва Орельен Тчуамени ўртасидаги низо ҳақидаги маълумотни матбуотга сиздирган шахс топилганини маълум қилди.
Endi Toshkent viloyati yo‘llarida “Damas” harakati cheklanadi
“Damas”лар сонининг кўплиги яхши, лекин улар тирбандлик келтириб чиқармоқда”, — деди Тошкент вилояти ҳокими Зоир Мирзаев.
Bahodir Jalolov professional boksdagi 18-g‘alabasini tantana qildi (VIDEO)
Англиянинг Манчестер шаҳри мезбонлик қилаган профессионал бокс оқшомида ўзбекистонлик оғир вазнли чарм қўлқоп устаси Баҳодир Жалолов навбатдаги жангини ўтказди.
Oltin konining qulashi oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi
Бу ҳақда Anadolu Ajansi агентлиги хабар берди.
Eron rasmiylari Ho‘rmuz bo‘g‘ozini nazorat qilish uchun yuzlab katerlardan iborat "chivinlar floti"dan foydalanmoqda
Нашрнинг ёзишича, бу "чивинлар флоти" Теҳроннинг энг фаол устки денгиз кучи ҳисобланади.
Germaniya aholisi Erondagi urush sababli shaxsiy avtomobillardan voz kechmoqda
Verivox портали буюртмасига асосан ўтказилган сўровномада иштирок этганларнинг 48 фоизи шундай фикр билдирган.
Denovda kurash musobaqasida polvon pichoqlab o‘ldirildi
Шифокорлар кўрсатган ёрдамга қарамай, у шифохонада вафот этган.
Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi
Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.
Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi
Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.
Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi
«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.
O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi
Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.
Gvardiola golda Husanovni aybladi
«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Арсенал»га қарши кечган баҳсдаги (2:1) Жанлуижи Доннарумманинг хатоси ҳақида гапирди.
Zelenskiyni ag‘darish rejasi fosh bo‘ldi
Британиялик ҳарбий таҳлилчи Александр Меркуриснинг YouTube каналидаги баёнотига кўра, Украина президенти Владимир Зеленскийга қарши сиёсий босим ортиб бораётгани уни лавозимдан четлатиш режасининг бир қисми бўлиши мумкин.
Netanyaxuning maxfiy tashrifi
Исроил Бош вазири Биньямин Нетаньяху "Шер наъраси" операцияси вақтида Бирлашган Араб Амирликларига махфий ташриф буюрди.
«Barselona» rahbari «Real» prezidentiga keskin javob qaytardi
«Барселона» президенти вазифасини вақтинча бажарувчи Рафа Юсте Мадриднинг «Реал» клуби раҳбари Флорентино Переснинг шов-шувли баёнотларига нисбатан ўз муносабатини билдирди.
Evropa Ukraina bo‘yicha muhim signal berdi
Финляндиялик сиёсатчи ва “Озодлик альянси” аъзоси Армандо Мема Германия мудофаа вазири Борис Писториуснинг Украинага ташрифи Европа дипломатик ечим излаш ниятида эмаслигини кўрсатишини билдирди.
Rossiyada o‘zbekistonlik va bangladeshlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
Ҳодиса 12-май куни паррандачилик фабрикасида юз берган. Муштлашувда жами 60 га яқин киши иштирок этган. Тўқнашув оқибатида 20 киши шифохонага ётқизилган, улардан 7 нафарининг аҳволи оғир.
Xorazmda MIB xodimiga nisbatan jinoyat ishi ochildi
Эвазига 1500 АҚШ доллари олган вақтида Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари томонидан ашёвий далиллар билан ушланди.
Migrasiya agentligining sobiq mulozimi xalqaro qidiruvga berildi
35 ёшли Азизбек Тоштемировнинг исми «қизил билдиришномалар» рўйхатида ва у фирибгарликда гумонланмоқда.
“Volvo” g‘ildiraklari orasidan qariyb 20 kg narkotik olindi
Шунингдек, ушбу ноқонуний ишга буюртмачи шахснинг 1980 й.т. отаси ҳам алоқадор эканлиги аниқланиб, у ҳам процессуал тартибда ушланди.
Nega qo‘shni davlatdagi ziyolilar O‘zbekistonga havas qilmoqda? Xalq shoirining «Riyosiz so‘zlar»i
Ҳақиқий ёзувчи-шоирлар ҳақиқатни ёзишни хуш кўрадилар. Улар – Ватанпарвар. Ҳар ҳолда Ўзбекистонда худди шундай. Ватаннинг гуллаб-яшнаши, ижобий ўзгаришлар ҳар бир фуқаронинг ҳаётини юксалтиришг сари қўйилган қадам эканлигини теран ҳис қиладилар, кайфиятилари кўтарилади. Худога минг шукурким, бу ўзгаришлар ҳар соатда, ҳар кун рўй бериб турибди.
Navoiyda 40 mln so‘m evaziga kuyovini o‘ldirishga qotillar yollagan ayol ushlandi
Аёл видеони қабул қилиб олгач, келишилган маблағдан 2,3 миллион сўмни ёлланган шахсларнинг карталарига ўтказган.
Chirchiq daryosida qolib ketgan fuqaro qutqarildi
Кучли ёғингарчилик сабаб сув сатҳи кескин кўтарилиб, унинг қирғоққа хавфсиз қайтиши имконсиз бўлиб қолган.
Fransiyada ukrainalik asirlarni qiynoqqa solishda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi
Гумонланувчи 2021 йилда Украинадаги терговдан қочиб, Францияда қочқин мақомини олишга уринган.
Qatar yaqinida yuk kemasi noma’lum snaryad bilan urildi
Ҳозирда ҳукумат снаряд манбасини ўрганмоқда. Ҳудуддаги кемаларга эҳтиёткорлик билан ҳаракатланиш тавсия этилди.
Pokistonda avtomobil portladi: Qurbonlar polisiyachilar
Шунингдек, омон қолган уч нафар ҳарбий хизматчи топилиб, шифохонага етказилган.
Hantavirus aniqlangan kruiz kemasi yo‘lovchilari Ispaniyaning Tenerife oroliga kelgach, izolyasiya qilingan holda evakuasiya qilinadi— The Guardian
Хабарларга кўра, круиз лайнери якшанба, 10 май куни Канар оролларига етиб келади.
YUNESKO bilan Markaziy Osiyo muzliklarini himoya qilish borasida hamkorlik o‘rnatildi
Остонада бўлиб ўтган Минтақавий экологик саммитда ЮНЕСКО ва Гидрометеорология илмий-тадқиқот институти ҳамкорлигида Марказий Осиё мамлакатларининг иқлим ўзгаришларига барқарорлигини мустаҳкамлашга қаратилган йирик минтақавий лойиҳа расман ишга туширилди.
Xitoy sobiq mudofaa vazirlariga shartli o‘lim jazosi berdi
Хитой ҳукумати коррупция ва лавозим ваколатларини суиистеъмол қилишда айбланган икки нафар собиқ мудофаа вазирига шартли ўлим жазоси тайинланганини эълон қилди.
Eron AQSh taklifiga hali javob bermadi — Tehron hujjatni o‘rganmoqda
Бу ҳақда Эрон Ташқи ишлар вазирлиги вакили Исмоил Бағоий маълум қилди.
Latviyada Rossiyadan uchib o‘tgan ikkita dron qulab tushdi, ulardan biri neft omboriga zarar yetkazdi
7 май кечаси ҳаво ҳудудига эҳтимолий таҳдид ҳақидаги хабарни Резекне шаҳри, шунингдек, Резекне, Балви ва Лудза ўлкалари аҳолиси олган
Tramp Eron bilan muzokaralarni AQShda o‘tkazishni taklif qildi
Дональд Трамп Эрон билан музокараларни АҚШ ҳудудида ўтказишни таклиф қилди.
Chekka hududda yarim asr 16 ta qishloq suyanib kelgan tibbiyot maskani butkul yangilandi
1972 йилда қурилган Ургут туманининг “Баҳрин” маҳалласидаги 21-сонли оилавий поликлиника 16 та қишлоқ аҳолиси — 13 мингдан ортиқ инсон учун ягона тиббиёт маскани ҳисобланади. Бу бино қурилганидан бери, яъни ярим асрдан ошиқ вақт давомида капитал таъмир кўрмаган.
Jizzaxda vagonda selfiga tushmoqchi bo‘lgan o‘smirni tok urdi
Жабрланувчи шифохонага етказилиб, жонлантириш бўлимига ётқизилган.
O‘zbekistonda yirik firibgarlikda ayblangan Turkiya fuqarosi Perudan Toshkentga ekstradisiya qilindi
Маълум қилинишича, Интерпол каналлари орқали қидирувга берилган шахс Перудан Ўзбекистонга олиб келинган.
Ishga kiritish, ruxsatnoma olish va nafaqa tayinlash bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi
Коррупцияга қарши курашиш йўналишида Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари томонидан Бош прокуратура ҳузуридаги Департамент ва Ички ишлар органлари билан ҳамкорликда ҳудудларда бир нечта тезкор тадбирлар ўтказилди.
Isroil Livan janubidagi hujumlarni davom ettirmoqda
NNA маълумотига кўра, Исроил ҳарбий самолётлари эрталабдан Кефре ва Жебшитга зарбалар берган.
