Mirziyoyev: Biz G‘azo va Livandagi misli ko‘rilmagan gumanitar fojiani qalbimizdagi og‘riq hissi bilan qabul qilyapmiz...

Mirziyoyev: Biz G‘azo va Livandagi misli ko‘rilmagan gumanitar fojiani qalbimizdagi og‘riq hissi bilan qabul qilyapmiz...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 oktyabr kuni “BRIKS plyus” sammitining yalpi majlisida nutq so‘zladi.

Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin raisligida o‘tkazilgan tadbirda Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinipin, Janubiy Afrika Respublikasi Prezidenti Siril Ramafosa, Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi, Eron Islom Respublikasi Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan, Vyetnam Sosialistik Respublikasi Bosh vaziri Fam Min Tin, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, boshqa bir qator davlatlar, xalqaro tashkilotlar va moliyaviy tuzilmalarning rahbarlari hamda yuqori darajali vakillari ishtirok etdi.

Kun tartibiga muvofiq, inklyuziv va barqaror rivojlanishni ta’minlash maqsadida xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari, shuningdek, global va mintaqaviy siyosatning dolzarb muammolari muhokama qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “BRIKS plyus” formatidagi uchrashuvlar global rivojlanishning dolzarb masalalarida keng muloqot va ochiq muhokamalar uchun muhim ekanini ta’kidladi.

Davlatimiz rahbari bugungi kunda dunyo jadal bo‘linib borayotganini, insonlarga ulkan azob-uqubatlar, og‘ir iztirob va o‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydigan yo‘qotishlar keltirayotgan urush va mojarolar soni ortayotganini afsus bilan qayd etdi.

– Jahon iqtisodiyoti va savdosining parchalanib borayotgani tengsizlik, texnologik uzilishlar va proteksionizmni kuchaytirmoqda. Mamlakatlar o‘rtasida yangi to‘siqlar vujudga kelmoqda, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bunday sharoitda teng huquqlilik, bloklardan xolilik, bir-birining manfaatlarini hisobga olish, suverenitetga va o‘zining mustaqil taraqqiyot yo‘liga ega bo‘lish huquqiga hurmat kabi tamoyillarga asoslanib harakat qilayotgan BRIKS o‘zini ko‘p tomonlama hamkorlik va sheriklikning nufuzli va rivojlanib borayotgan tuzilmasi sifatida namoyon etmoqda.

O‘zbekiston yetakchisi o‘zaro aloqalarning bunday modeli BMTning markaziy rolini saqlagan holda jahon tartibotining bugungidan ko‘ra adolatliroq yangi arxitekturasini shakllantirish uchun mustahkam asos bo‘lishi mumkinligiga ishonch bildirdi.

Geosiyosiy raqobat, milliy egoizm va mafkuraviy qoliplardan xoli bo‘lgan, konstruktiv muloqot yo‘li bilan global murosaga erishish bo‘yicha yangragan da’vatlar qo‘llab-quvvatlandi.

– Jahondagi boshqaruv institutlarini isloh qilish hamda “Janub – Janub” va “Shimol – Janub” formatlaridagi mas’uliyatli muloqotlarni kengaytirishning vaqti keldi, deb hisoblaymiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

O‘zbekiston BRIKS davlatlari bilan sheriklik aloqalarini bundan buyon ham faol chuqurlashtirish, ushbu birlashma doirasida ochilayotgan yangi imkoniyatlardan samarali foydalanish niyatida ekani ta’kidlandi.

Davlatimiz rahbari BRIKS mamlakatlarining global tengsizlik va iqtisodiyotni inklyuziv yo‘l bilan qayta tiklash muammolarini hal etish maqsadida hamkorlikni rivojlantirish borasidagi fundamental sodiqligini qo‘llab-quvvatladi.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston ustuvor investisiyaviy va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish uchun BRIKSning yangi Taraqqiyot banki bilan yaqin hamkorlik o‘rnatishni rejalashtirgan hamja innovasiya, raqamli iqtisodiyot, “yashil” taraqqiyot va energetika, to‘siqlarsiz elektron tijorat kabi sohalarda amaliy hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor.

Shuningdek, O‘zbekiston BRIKS sun’iy intellekt bo‘yicha Tadqiqot guruhining qo‘shma loyihalarida ishtirok etish, YUNIDO huzurida tashkil etilayotgan Kompetensiyalar markaziga, shuningdek, taklif etilayotgan Investisiya platformasiga qo‘shilish niyatida.

Prezidentimiz O‘zbekiston BRIKSdagi sheriklari bilan birgalikda transport sohasidagi bog‘liqlikni kuchaytirish, yangi transkontinental yo‘laklarni yaratish, yetkazib berishning ishonchli logistika zanjirlarini shakllantirish, kabotaj tashuvlar tizimini rivojlantirish borasida yaqindan ish olib borishga tayyorligini bildirdi.

Oziq-ovqat va energetika xavfsizligini ta’minlash, iqlim o‘zgarishlarining salbiy oqibatlarini bartaraf etish, sog‘liqni saqlash masalalarida ham hamkorlik qilish muhim ekani qayd etildi.

Tashkilot doirasida ishbilarmonlar o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlab, davlatimiz rahbari barcha manfaatdor mamlakatlarga BRIKSning Ishbilarmonlar kengashiga qo‘shilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishni taklif etdi.

Xalqaro terrorizm bilan bog‘liq xavf va tahdidlarga qarshi kurashish haqida so‘z yuritar ekan, O‘zbekiston rahbari radikallashuv va ekstremistik g‘oyalarning, avvalo, yoshlar o‘rtasida tarqalishining oldini olishga alohida e’tibor qaratish zarurligini ko‘rsatib o‘tdi.

Yaqin Sharqdagi mojaro tobora keskinlashib borayotgani, bu mintaqa qo‘shni mamlakatlar va yirik davlatlarning bu mojaroga tortilishi bilan global inqirozning yirik o‘chog‘iga aylanib borayotgani alohida tashvish bilan qayd etildi.

– Biz G‘azo va Livandagi misli ko‘rilmagan gumanitar fojiani qalbimizdagi og‘riq hissi bilan qabul qilyapmiz. Tinch aholi, ayniqsa, bolalarning begunoh qurbon bo‘lishini hech qanday siyosiy maqsadlar oqlay olmaydi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bugungi kunda o‘t ochishni zudlik bilan to‘xtatish va jabrlanganlarga shoshilinch yordam ko‘rsatish kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalar ekani ta’kidlandi.

– Isroil-Falastin muammosining yagona yechimi – “ikki xalq uchun ikki davlat” tamoyili asosida mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘lib qolmoqda, – dedi Prezident.

Afg‘oniston muammosiga to‘xtalib, davlatimiz rahbari ushbu mamlakatni yakkalash emas, balki Afg‘oniston xalqiga va uning amaldagi hokimiyatiga ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, tinch qurilish va taraqqiyotning dolzarb muammolarini hal etishda yordam ko‘rsatish umumiy vazifa ekanini qayd etdi.

So‘zining yakunida O‘zbekiston yetakchisi barqaror taraqqiyotning umumiy maqsadlariga erishish uchun BRIKS mamlakatlari bilan yaqin va o‘zaro manfaatli hamkorlikka tayyorligini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Maktablarda kuzgi ta’til vaqti e’lon qilindi

10 ноябрдан навбатдаги чорак бошланади.

Eron o‘rab olinmoqda

Систан ва Балужистон вилоятлари ҳамда Хуросон-Разавийда қурилиш ишлари аллақачон бошланган.

Rossiya Isroilga yuzlandi

Москва Исроилни огоҳлантирди.

Antarktida yashil rangga aylana boshladi

Олимлар сўнгги 40 йил ичида "кўкаламзорлаштириш" майдони 10 баробар ошганини айтмоқда

Ertalabdan Isroilga yuzlab raketalar tashlandi

Ливандан Исроилнинг шимолий ҳудудларига 70 га яқин ракета учирилди.

Koreys askarlari rus formasini kiydi... Endi frontga!

Шимолий Корея армияси аскарлари Украина фронтига жўнаб кетиш арафасида Россия ҳудудида машғулотлар ўтказмоқда. Интернетда кореялик ҳарбийлар акс этган видео пайдо бўлди.

Qozog‘iston shimoli odamlarsiz qolishi mumkin

Бу ҳақда эксперт Қозоғистон агротехника тадқиқот университетида ўтказилган анжуманда айтиб ўтди.

Eron ogohlantirmoqda...

Эрон БМТ Хавфсизлик Кенгашига мактуб юборди.

"Real Madrid" Mbappe bilan shartnoma imzolaganidan afsusda

Ромаин Молина "Реал" Килиан Мбаппе трансферидан мамнун эмаслигини айтди.

Kanada: Hindiston «dahshatli xato» qildi

Ҳиндистон ҳукумати Канада хавфсизлиги ва суверенитетига шу қадар тажовузкорлик билан аралашиши мумкин деб ўйлаб, даҳшатли хатога йўл қўйди.

Dunyodagi eng keksa timsoh — 1900-yildan beri tirik va 10 000 dan ortiq naslning otasi bilan tanishing

Нил тимсоҳлари Африканинг энг даҳшатли йиртқичларидан бири бўлиб, ўзининг улкан ҳажми, кучи ва яширинлиги билан машҳур.

Bugundan respublikamiz hududlarida kuchli yog‘ingarchilik (yomg‘ir—qor) bo‘lishi kutilmoqda

Жорий нам ҳаво оқимлари 14 октябрь кундуз куни республиканинг катта қисмида, тунда ва 15 октябрь кундуз куни водийда ҳам 'яхшигина' тинимсиз ёмғир ёғдириши мумкин экан.

Rossiya O‘zbekistondan tushuntirish so‘radi

Бу ҳақда Россия ОАВсида хабарлар тарқалди.

Eron zarbasidan keyin Isroil havo kuchlari bazasining sun’iy yo‘ldosh tasvirlari e’lon qilindi

Эрон Исроилнинг энг янги самолётларини йўқ қилганини маълум қилганди.

Pensiya yoshi oshishi haqidagi gap-so‘zlarda jon bormi?

Бундан тўрт кун олдин, яъни 2024 йил 23 сентябр куни Вазирлар Маҳкамасининг “Давлат пенсия таъминоти тизимини ислоҳ қилиш концепциясини ишлаб чиқиш бўйича ташкилий чора-тадбирлар тўғрисида”ги 600-сонли қарори қабул қилинди.

O‘zbekiston milliy jamoasining Qatar va KXDRga qarshi o‘yinlari boshlanish vaqtlari

Ўзбекистон миллий жамоаси ноябрь ойида 2026 йилги Жаҳон чемпионати 3-саралаш босқичи доирасида Қатар ва КХДР терма жамоаларига қарши сафар учрашувларида иштирок этади.

Anqarada terakt: jang davom etmoqda

Тирик қолган террорчилардан бири гаровга олинганларни ушлаб турибди.

Modi Qozonni tark etdi

Бу ҳақда Ҳиндистон ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили Рандҳир Жайсвал Х ижтимоий тармоғидаги саҳифасида маълум қилди.

Anqara terakti: NATO Erdo‘g‘an bilan aloqaga chiqdi

"НАТО Туркия билан бирга".

Rossiyada BRICS sammiti deklarasiyasi e’lon qilindi

Биз Фаластин давлатининг БМТ тўлақонли аъзоси бўлишини қўллаб-қувватлаймиз

Koreya osmonida qiruvchi samolyotlar, dronlar...

Корея Республикаси ва АҚШ 110 га яқин самолёт, жумладан F-35 қирувчи самолётлари иштирокида «Озодлик байроғи» ҳаво машқларини ўтказмоқда.

Qozog‘iston Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o‘tishda yordam bermaydi

Остона бу чекловларни қўллаб-қувватламасада, Қозоғистон ҳудудидан Россияга қарши санкцияларни четлаб ўтиш учун фойдаланишга қарши.

Ayollar "Yagona Rossiya" ofisiga o‘t qo‘ydi

Пермда 24 октябрга ўтар кечаси икки аёл "Ягона Россия" партияси минтақавий бўлими ҳудудига Молотов коктейлини улоқтирди.

Xarris Trampni "fashist" deb hisoblaydi. Sobiq prezident unga javob berdi: "Buzuq miya."

Демократик партиядан АҚШ президентлигига номзод Камол Харрис ўз рақиби - республикачи Доналд Трампни "фашист" деб ҳисоблашини маълум қилди.

BRIKS sammiti G‘arbning Rossiyani yakkalab qo‘yish rejasi barbod bo‘lganini ko‘rsatdi - Duma spikeri

Вячеслав Володин саммитда муҳим қарорлар қабул қилинаётганини, унинг иштирокчилари доираси эса БРИКСнинг глобал миқёсдаги нуфузидан далолат беришини қайд этди.

Isroil armiyasi G‘azo markazidagi qochqinlar lagerlariga zarba berdi

Аввалроқ анклав шимолидаги Жабалия қочқинлар лагерида кучли отишма содир этилгани, 30 дан ортиқ фаластинлик Исроил зарбалари қурбони бўлгани хабар қилинганди.

Jinoyat: Isroil bir necha yuz ming livanliklarni uysiz qoldirdi

Исроил ҳужуми бошланганидан бери 420 мингдан ортиқ одам Ливанни тарк этди, 800 мингдан ортиқ ливанлик ўз уйларини тарк этган.

AQSh Ukraina fonida Koreya yarim orolida keskinlikni keltirib chiqarmoqdami?

Россия ҳам, Шимолий Корея ҳам шимоллик аскарлар Украинада жанг қилишини рад этмоқда.

Cheksiz jinoyatlar: Isroil Jabaliya lageridagi 20 kunlik qamalda 770 dan ortiq odamni o‘ldirdi

Ғазо шимолида фуқаролик мудофааси ишлари бутунлай тўхтади - вазият ҳалокатли даражада.

Beruniy nomidagi YUNESKO–O‘zbekiston xalqaro mukofoti ta’sis etildi

Сунъий интеллект соҳасидаги этика бўйича тадқиқотлар ва ишланмаларни қўллаб-қувватлашга қаратилган Беруний номидаги ЮНEСКО–Ўзбекистон халқаро мукофоти таъсис этилди.

Turkiya ommaviy axborot vositalari Anqaradagi terakt haqidagi tasdiqlanmagan xabarlar uchun jazolanadi

Бу ҳақда ТАСС хабар бермоқда .

Lukashenkoning aytishicha, Ukraina hukumati Rossiya bilan yadroviy mojaro bo‘lishini xohlaydi

Украина ҳукумати Россия иштирокида ядровий можаро бошламоқчи. Бундай фикрни Беларус президенти Александр Лукашенко билдирди, дея хабар беради «ТАСС» .

Erdo‘g‘an Anqaradagi teraktda halok bo‘lganlar va yaralanganlar sonini aytdi

Анқарада содир этилган теракт оқибатида 4 киши ҳалок бўлди, яна 14 киши яраланди. Бу ҳақда Туркия президенти Ражаб Эрдўғон маълум қилди , деб ёзади «Интерфакс» .

«Kannabis» yetishtirayotgan fuqaroning xonadonidan «marixuana» ham chiqdi

Ўз истеъмоли учун «каннабис» етиштирган фуқаронинг хонадонидан «марихуана» ҳам топилди.

Lukashenko 2025 yilgi saylovda ishtiroki bo‘yicha javob berdi

Беларус президенти Александр Лукашенко 2025 йилда бўлиб ўтадиган президентлик сайловларида қатнашишини айтди, деб ёзади «ТАСС».

Rossiya Ukraina sharqida front chizig‘i bo‘ylab o‘nlab hujumlar uyushtirdi

Воқеалар «тезлик билан ривожланмоқда».

Shimoliy Koreyaning Rossiyaga yordami haqida nima bilamiz?

Декабрга қадар Россияга 10 мингга яқин киши жўнатилиши кутилмоқда.

Germaniya Shimoliy Koreya diplomatini Ukraina yuzasidan chaqirdi

Германия Ташқи ишлар вазирлиги Шимолий Корея қўшинларининг Украинага киритилиши ҳақидаги хабарлар юзасидан Пхеняннинг Берлиндаги бош дипломатини чақирди.

Bosqinchilar “Al-Auda” kasalxonasini to‘liq to‘sib, barcha tirik mavjudotni o‘qqa tutdi

Шимолий Ғазо қамалининг 19-куни. Байт-Лахияни тарк этишга муваффақ бўлган гувоҳлар йўллар бўйлаб ётган тинч аҳолининг кўп сонли жасадлари ётгани ва эркаклар оммавий ҳибсга олингани ҳақида хабар беришди.

Putin BRICS sammitida ishtirok etish uchun kelgan deyarli barcha yetakchilar bilan yakkama-yakka suhbatlar o‘tkazdi

Ушаковнинг сўзларига кўра, кечки овқат давомида раҳбарлар...