Shavkat Mirziyoyev: "Byurokratiyaning har qanday ko‘rinishiga keskin kurash olib borishimiz kerak"

A A A
Shavkat Mirziyoyev: "Byurokratiyaning har qanday ko‘rinishiga keskin kurash olib borishimiz kerak"

"Har bir so‘zimiz, har bir xatti-harakatimiz jamiyatga, odamlar qalbiga qanday ta’sir ko‘rsatishiga har qachongidan ham ko‘proq e’tibor berishimiz zarur.

Davlat tuzumini ichidan yemiradigan, ijtimoiy barqarorlik kushandasi bo‘lgan korrupsiya balosiga qarshi, byurokratiyaning har qanday ko‘rinishlariga, odamlarni mensimaslik, mahalliychilik va guruhbozlik illatlariga qarshi barchamiz keskin kurash olib borishimiz kerak.

Men ishonaman – ko‘pni ko‘rgan, mard va olijanob, mehnatkash va bag‘rikeng xalqimiz bilan birgalikda Yangi O‘zbekistonni – inson tinch, ozod va farovon yashaydigan, ezgu maqsadlarini emin-erkin amalga oshiradigan davlat va jamiyatni albatta barpo etamiz.

Buning uchun bizda barcha siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy asoslar, eng muhimi, kuchli xohish-iroda va qat’iy intilish bor", dedi davlatimiz rahbari so‘zining yakunida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!