Shavkat Mirziyoyev: "Bugungi kunda elektr stansiyalarining eskirganlik darajasi 50 foizdan yuqori"

A A A
Shavkat Mirziyoyev: "Bugungi kunda elektr stansiyalarining eskirganlik darajasi 50 foizdan yuqori"

Prezident Shavkat Mirziyoyev elektr energetikasi korxonalarini transformasiya qilish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

Bu sohadagi tizimli o‘zgarishlar davlatimiz rahbarining 2019 yil 1 fevralda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni bilan boshlangan edi. Hujjatga muvofiq, Energetika vazirligi tashkil etilib, sohada boshqaruv va tijorat funksiyalari ajratildi.

Shuningdek, 2019 yil 27 martdagi «O‘zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida»gi Prezident qarori bilan sobiq «O‘zbekenergo» aksiyadorlik jamiyati negizida 3 ta yo‘nalish bo‘yicha alohida kompaniyalar — «Issiqlik elektr stansiyalari», «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» hamda «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etildi.

Shavkat Mirziyoyev: "Bugungi kunda elektr stansiyalarining eskirganlik darajasi 50 foizdan yuqori"

Energetika sohasiga xususiy investisiyalar kirib kelishi uchun zamin yaratildi. Natijada bir yilning o‘zida davlat-xususiy sheriklik asosida 2 milliard dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyalarni jalb qilish, 2 ming 700 megavatt quvvatli 6 ta yangi elektr stansiyasini qurish bo‘yicha loyihalar boshlandi.

Endi oldinda transformasiyaning yangi bosqichi, ya’ni stansiyalarni modernizasiya qilish, energiya tejamkorlikni oshirish, tannarxni pasaytirish va istiqbolda elektr energiyasining raqobatli bozorini yaratish vazifalari turibdi.

Yig‘ilishda shu yo‘nalishlardagi muhim chora-tadbirlar muhokama qilindi. Avvalo, korxonalarni modernizasiya qilish masalasiga e’tibor qaratildi.

Bugungi kunda elektr stansiyalarining eskirganlik darajasi 50 foizdan yuqori. Bundan tashqari, eski quvvatlarda yoqilg‘i sarfi yangi bug‘-gaz qurilmalariga nisbatan 2 baravar ziyod.

Shu bois modernizasiya ishlarini davom ettirish, lekin buni oldingidek davlat kafolati hisobiga emas, balki xususiy kapitalni jalb qilish orqali amalga oshirish zarurligi qayd etildi.

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari», «Hududiy elektr tarmoqlari», «Issiqlik elektr stansiyalari» hamda «O‘zbekgidroenergo» aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy hisobotlarni jahon standartlari asosida tayyorlash tizimiga o‘tish kerakligi ta’kidlandi.

Shavkat Mirziyoyev: "Bugungi kunda elektr stansiyalarining eskirganlik darajasi 50 foizdan yuqori"

Bu xalqaro kredit reytingi olish, kelgusida yevroobligasiyalar chiqarishda muhim omil bo‘ladi. Mutasaddilarga shu maqsadlardan kelib chiqib, mazkur 4 ta kompaniyaning uch yillik moliyaviy modeli va biznes rejalarini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

Transformasiya jarayonlariga ko‘maklashish uchun korxonalar boshqaruviga va kuzatuv kengashlariga chet ellik mutaxassislar jalb qilinishi bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Hozirda elektr energiyasi ulgurji bozori qoidalari belgilanmagani sababli investorlar bilan energiyani qat’iy narxlarda xarid qilish bo‘yicha uzoq muddatli shartnomalar imzolanmoqda. Bunday yondashuv kelgusida raqobatning cheklanishiga olib kelishi mumkin. Shu bois elektr energiyasi raqobatli bozoriga o‘tish bosqichlari va qoidalarini belgilovchi hujjat ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.

Sohaga ilg‘or texnologiyalarni keng joriy etish, «raqamli transformasiya»ni amalga oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Yig‘ilishda yangi loyihalarning ijrosiga ham e’tibor qaratildi. Ma’lumki, Jizzax, Samarqand va Surxondaryoda quyosh, Buxoro va Qoraqalpog‘istonda shamol, Sirdaryo va Surxondaryoda issiqlik elektr stansiyalari barpo etilishi rejalashtirilgan. Ushbu loyihalarni jadallashtirish, ularga davlat-xususiy sheriklik asosida investisiyalar yo‘naltirish muhimligi aytildi.

Muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilar hisobot berdi.  


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li sud zalida hibsga olindi

Жиноят ишлари бўйича Наманган вилояти Поп туман судида Одилхон қори Юнусхон ўғлига оид жиноят иши бўйича суд жараёни бошланди.

Aholini ro‘yxatga olish savolnomasini xato to‘ldirganlarga ogohlantirish yuborilmoqda

Бу ҳақда аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш тадбирининг расмий саҳифасида маълум қилинди.

Ronaldu Jorjina Rodrigesga murojaat qildi

"Ан-Наср" клуби ва Португалия миллий терма жамоаси ҳужумчиси Криштиану Роналду қаллиғи Жоржина Родригесни 32 ёшга тўлгани билан табриклади.

Nikolay Valuyev: "Markaziy Osiyo davlatlariga hech qachon tahdid qilmaganman"

Валуевнинг сўзларига кўра, бу видео бошидан охиригача қайта ишланган ва интернетда нафрат қўзғатиш учун тарқатилган.

Xitoy qurolli kuchlari eng katta yo‘qotishlardan biriga duch keldi

Журналистларнинг таъкидлашича, “тозалаш” кўламининг кенгаяётгани Хитойда нафақат коррупцияга, балки сиёсий садоқатга тобора кўпроқ эътибор қаратилаётганидан далолат беради.

Mayk Xakkabi: "Isroilni yoqtirmasangiz, telefon ishlatmang!"

Унда Қуддусдаги Ҳадассаҳ Medical ёки Тел-Авивдаги Шеба Medical марказларига раҳмат айтинг.

Uyushtirilgan suiqasdda hokim omon qoldi

Бу ҳақда Филиппин давлат ахборот агентлиги хабар бермоқда.

Durdona Hakimovaning jasadi va bolalari O‘zbekistonga qaytarildi

Бу ҳақда Истанбулдаги консулхона хабар берди.

Qashqadaryoda suv tanqisligiga yechim sifatida sun’iy muzliklar barpo etildi

Шаҳрисабз туманининг Сарчашма маҳалласида янги инновацион технологиялар асосида сунъий музлик объектлари барпо этилди.

Qirg‘iziston Rossiyaga qarshi da’vo qo‘zg‘atdi

Қирғизистон меҳнат муҳожирлари учун полисларни расмийлаштиришдан бош тортгани учун Россияга қарши ЕОИИ судига даъво аризаси киритди, деб хабар берди Жогорку Кенешнинг меҳнат, соғлиқни сақлаш, аёллар ва ижтимоий масалалар қўмитаси йиғилишида.

Ronaldu maydonda asr rekordini o‘rnatdi

Португалия терма жамоаси ва “Ан-Наср” клуби ҳужумчиси Криштиану Роналду яқинда профессионал фаолиятида 1300-учрашувини ўтказиб, умумий голлари сонини 956 тага етказиб олди.

Vanganing «bashoratlari»: Uchinchi jahon urushi 2026 yilda boshlanadi

Ер атмосферасига улкан космик кема кириб келиши ва инсоният тарихида янги давр бошланади

Saida Mirziyoyeva: Bu fojia nafaqat O‘zbekistonga, balki barcha postsovet mamlakatlariga xosdir"

Бошловчининг: «Одамлар ўзига зарар бераётганини тушуниб етиши учун нега давлат худди „болға“ каби тепасида туриши керак?» деган саволига жавобан, Саида Мирзиёева асл ўзгаришлар секин-аста, вақт ўтиши билан рўй беришини айтди.

Rossiya O‘zbekiston fuqarolarini mamlakatdan majburan chiqarib yubordi (video)

Шу сабабли, ушбу давлатларнинг фуқаролари ўтказилган махсус рейд тадбирида қўлга олиниб, Россиядан депортация қилинди.

Hatto YTHdan keyin ham Adam Qodirov medal olib kelmoqda

Адам Қодиров йўл-транспорт ҳодисасидан кейинги ҳолатда ҳам медаль билан тақдирланди.

“Bashakshehir” Shomurodovni to‘liq sotib oldi

Шунингдек, Шомуродов келгусида бошқа клубга трансфер қилинган тақдирда, “Рома” клуби битим суммасининг 10 фоизига эгалик қилади.

"Epshteyn ishi" Slovakiya bosh vaziri maslahatchisining "boshiga yetdi"

Бу ҳақда Denik N портали хабар берди.

Buyuk Britaniyada rekord darajada pivo zavodlar yopildi

Мустақил пиво ишлаб чиқарувчилар жамияти (SIBA) бу ҳақда The Daily Telegraph нашрига хабар берди.

Si Jinpin Xitoy Xalq Ozodlik Armiyasi ustidan to‘liq nazoratni qo‘lga kiritdi

Нашр маълумотларига кўра, Хитой етакчиси сўнгги уч йил ичида олти юқори мартабали генералдан бештасини лавозимидан четлаштирган.

Eronning ikki shahrida ro‘y bergan portlashlarda 5 kishi halok bo‘ldi

Бу ҳақда маҳаллий ОАВ хабар бермоқда.

Isroil «Chegara bilmas shifokorlar» tashkilotining G‘azoda ishlashini taqiqladi

The Times of Israel маълумотига кўра, ташкилот ходимлари февраль ойи охиригача Ғазони тарк этиши керак.

Serbiya prezidenti: Eronga 48 soat ichida zarba berilishi mumkin

Сербия президенти Александр Вучич яқин 48 соат ичида Эронга зарба берилиши эҳтимолини истисно қилмади.

Kubada yoqilg‘i tanqisligi kuchaymoqda — The Guardian

Кубада жиддий ёқилғи танқислиги кузатилмоқда ва таъминот тўлиқ тўхтаса, орол инфратузилмаси учун ҳалокатли оқибатларга олиб келиши мумкин, деб ёзади The Guardian.

Pokiston Belujistonda 100 nafardan ortiq jangarini yo‘q qildi

Сўнгги икки кун ичида Покистон хавфсизлик кучлари Белужистон вилоятида ўтказилган контртеррористик амалиётлар давомида тақиқланган «Белужистон озодлик армияси» (BLA) билан боғлиқ 100 нафардан ортиқ жангарини йўқ қилди.

Toshkent shahridagi “Aviator” savdo-ko‘ngilochar markazida yong‘in bo‘lmoqda

Ҳозирда бинодан барча фуқаролар эвакуация қилинган ва ёнғин ўчириш ишлари олиб борилмоқда.

Ekologiya qo‘mitasi havo ifloslanishi yuzasidan bayonot berdi

Сўнгги кунларда (29–30-январ) мамлакатимизда ноқулай метеорологик шароитлар фонида ҳаво сифати ёмонлашди. Мутахассислар таҳлилига кўра, бунга шамолнинг йўқлиги (штил), паст шамол тезлиги ва ҳарорат инверсияси сабаб бўлмоқда.

Filippinda parom halokati: qurbonlar soni 30 nafardan oshdi

Филиппинда «Trisha Kerstin 3» номли Ro-Ro туридаги паром ҳалокати оқибатида ҳалок бўлганлар сони 31 нафарга етди. Қўшимча икки жасад топилгани маълум қилинди.

O‘zbekiston va Turkiya birinchi xonimlari “Anqara Palas” muzeyiga tashrif buyurdilar

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Туркия Республикасига расмий ташрифи доирасида мамлакатимиз Биринчи хоними Зироат Мирзиёева Туркия Биринчи хоними Эмине Эрдоған билан биргаликда “Анқара Палас” музейи билан танишди.

Buxoroda IIB xodimi o‘zini daryoga tashlagan ayolni qutqarib qoldi

Қайд этилишича, жабрланувчини 4 нафар фарзанди ҳам бўлган.

Xitoyda Myanmadagi onlayn firibgarlik markazlari tarmog‘ini boshqargan Min oilasining 11 a’zosiga nisbatan o‘lim hukmi ijro etildi

Бу ҳақда Xinhua ахборот агентлиги хабар берди.

Isroil mudofaa armiyasi G‘azoda urush boshlanganidan beri taxminan 71 ming falastinlik halok bo‘lganini ilk bor tan oldi

Бу ҳақда Haaretz нашри хабар берди.

Jizzaxda "Tayson" laqabli shaxs boshqargan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Маълумотларга кўра, гуруҳ аъзолари фуқароларни ўлдириб кетиш билан қўрқитиб, маҳаллада қўрқув ва беқарорлик муҳитини юзага келтирган.

Samarqandda tanishini yollanma qotil orqali o‘ldirishni rejalashtirgan shaxslar ushlandi

Тезкор-қидирув тадбирлари жараёнида ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар томонидан сохта киллер ишга жалб қилинган. Фуқаро унга 2,2 минг АҚШ доллари тўлашни ваъда қилган.

Andijonda erkak o‘z xotinini maktabda pichoqlab o‘ldirdi

Ушбу пайт, эркакнинг акаси уни кўриб қолиб, шифохонага олиб боради ва кўрсатилган тиббий ёрдам натижасида унинг ҳаёти сақлаб қолинади.

CSIS: Urushda 325 ming rus, 140 ming ukrain harbiylari halok bo‘lgan

АҚШдаги нуфузли таҳлил маркази – CSIS (Center for Strategic and International Studies) Россия ва Украина ўртасидаги урушда ҳар икки томон кўрган йўқотишлар бўйича ҳисобот эълон қилди.

Trampning Eron bo‘yicha bayonoti ortidan neft narxlari oshdi

АҚШ президенти Дональд Трампнинг Эрон ҳақидаги баёнотидан сўнг нефть нархлари ўсиш кўрсатди. Brent маркали нефть нархи 1 фоизга кўтарилди.

Hindistonda samolyot halokatga uchradi. Qurbonlar orasida vazir o‘rinbosari ham bor

Мумбайдан учган Learjet 45 бизнес-жети Барамати аэропорти яқинида қўнишга уринаётганда ҳалокатга учради.

Andijonda narkolaboratoriya fosh etildi

Экспертиза хулосасига кўра, ушбу моддалар “Альфа ПВП” синтетик гиёҳвандлик воситаси ҳамда “Тропикамид” кучли таъсир қилувчи моддаси ҳисобланади.

O‘zbekistonda issiqxona tashkil etish uchun eng ma’qul hudud qaysi?

Иссиқхона фаолияти билан шуғулланадиган тадбиркорлар учун маҳсулотларни етарли ҳарорат билан таъминлаш муҳим ҳисобланади. Айниқса, қишнинг совуқ кунларида иссиқхонани иситиш кўп ҳаракат ва харажат талаб қилади. Бу борада тадбиркорлар учун энг самарали ечим — қулай ҳудуд танлашдир. Хусусан, Сурхондарё вилояти табиий иссиқ иқлими, қулай муҳит ва шарт-шароитлари билан айнан иссиқхонада маҳсулот етиштирувчилар учун жуда қулайдир.

1 200 nafardan ortiq fuqaroga soxta "prava" berilgan

Таҳлиллар шуни кўрсатдики, сохта гувоҳномаларни олган фуқароларнинг 455 нафари 1 305 марта йўл ҳаракати қоидаларини бузган, 9 нафари йўл транспорт ҳодисаси содир этгани оқибатда, 6 нафар фуқаро тан жароҳати олган ва 3 нафари вафот этган.