Sharl Mishel: "Evropa Ittifoqi yuqori to‘lovlardan aziyat chekib, iqtisodiy tanazzulga yuz tutish xavfiga yaqinlashmoqda"

Sharl Mishel: "Evropa Ittifoqi yuqori to‘lovlardan aziyat chekib, iqtisodiy tanazzulga yuz tutish xavfiga yaqinlashmoqda"

Evropa Kengashi rahbari Sharl Mishel Ukraina inqirozi Yevropa Ittifoqi va AQShga turlicha ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidladi, deb yozmoqda Corriere della Sera nashri.

"Mojaroning AQShga ta’siri Yevropadagi kabi emas. AQSh energiya eksportchisi. Yevropa Ittifoqi yuqori to‘lovlardan aziyat chekib, iqtisodiy tanazzulga yuz tutish xavfiga yaqinlashmoqda. Yevropa bizneslari energiya uchun ko‘proq pul to‘lab, AQSh bizneslari bilan raqobatga duch kelishadi", — deydi u.

Mishel, shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qo‘ng‘iroq qilishi mumkinligini ham istisno qilmadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!