Shanxay hamkorlik tashkiloti 20 yillik yubileyini nishonlamoqda

Shanxay hamkorlik tashkiloti 20 yillik yubileyini nishonlamoqda

Xitoy Milliy boshqaruv akademiyasi va SHHT yaqindan hamkorlik qiladi. So‘nggi 20 yilda Xitoy Milliy boshqaruv akademiyasi Tashkilot uchun ko‘plab kadrlarni yetishtirib berdi va SHHT bilan do‘stlik aloqalarini o‘rnatdi. Xalqaro hamkorlik Departamenti direktori Dun Sin 2009 yildan buyon SHHT bilan uzviy aloqalarni yo‘lga qo‘ydi. Departament rahbari davlat boshqaruvi masalalari bo‘yicha ushbu Forum yordamida SHHT ga a’zo davlatlarning tegishli institutlari amaliy hamkorlikni yanada kuchaytirishlari mumkin, deb umid qiladi.

Rossiya madaniyat markazi direktori Tamara Kasyanova SHHT tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlarda bir necha bora ishtirok etgan. U har gal SHHT Kotibiyatiga tashrif buyurganida o‘zini xuddi o‘z uyidagidek his etadi.

SHHT a’zosi bo‘lgan Pokiston vakili Min Chju hozirgi kunda Sinxua Universiteti huzuridagi «Bir makon, bir yo‘l» Institutida tadqiqotchi bo‘lib ishlaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, biz Osiyo asrida yashayapmiz, rivojlanayotgan mamlakatlarda ko‘plab o‘zgarishlar yuz beryapti va ushbu davlatlar dunyo taraqqiyotiga hissa qo‘shmoqda.

O‘zbekistonlik Jasur Mavlonov savdo kompaniyasining bosh direktori. Uning fikricha, ulkan o‘zgarishlar asrida davlatlar savdo yoki siyosiy munosabatlarda bir-birini tushunishlari muhim ahamiyat kasb etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!