Shakira sakkiz yilga qamalishi mumkin

Shakira sakkiz yilga qamalishi mumkin

Ispaniya prokuraturasi qo‘shiqchi Shakirani soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda ayblab, sakkiz yilu ikki oyga ozodlikdan mahrum qilishni so‘ramoqda. Shuningdek, u 23 million yevro miqdorida jarimaga tortilishi mumkin, deya xabar berdi Euronews telekanali.

Ayblov ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘p vaqtini Barselonada o‘tkazgan kolumbiyalik qo‘shiqchi 14,5 million yevro miqdoridagi soliqlarni to‘lamaslik bilan bog‘liq jinoyatlarda gumon qilinmoqda.

Ilgari Shakira prokuratura bilan masalani sudsiz hal qilish mumkin bo‘lgan kelishuvdan bosh tortgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!