Shahzoda Uilyam Polshaga Ukraina bilan chegara yaqinida ishlayotgan britaniyalik harbiylarni qo‘llab-quvvatlash uchun kelgan

Shahzoda Uilyam Polshaga Ukraina bilan chegara yaqinida ishlayotgan britaniyalik harbiylarni qo‘llab-quvvatlash uchun kelgan

Uels shahzodasi Uilyam chorshanba kuni kutilmaganda Polshaning Jeshuv shahriga tashrif buyurdi va u yerda joylashgan Britaniya harbiylari va ularning polshalik hamkasblari bilan uchrashdi.

«Men shaxsan o‘zim kelib, qilayotgan ishlaringiz va bu yerda sodir bo‘layotgan voqealarni kuzatib borganingiz uchun rahmat aytishni xohlardim», dedi shahzoda harbiylarga murojaat qilib, aftidan, Ukrainadagi vaziyatni nazarda tutgan.

Jeshuvdan unchalik uzoq bo‘lmagan joyda, Ukraina chegarasidan bir soatcha uzoqlikda, Jeshuv-Yasyonka aeroporti joylashgan bo‘lib, u G‘arb qurollarini Ukrainaga jo‘natish uchun asosiy punktlardan biriga aylandi. AQSh prezidenti Bayden ham Polshaga safari va Kiyevga safari oldidan u yerga uchgan.

Matbuot bayonotida Uilyam, shuningdek, «Polsha xalqining ilhomlantiruvchi insoniyligiga» hurmat bajo keltirdi.

Polsha Rossiya bosqinining boshidan beri eng ko‘p ukrainalik qochqinlarni qabul qildi. Mamlakat rasmiylarining fikricha, hozir u yerda 1,3 millionga yaqin Ukraina fuqarolari qolmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!