Shahrisabz hokimi hamda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i aholiga videomurojaat yo‘lladi

Shahrisabz hokimi hamda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i aholiga videomurojaat yo‘lladi

Kecha, 10 iyun kuni Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida joylashgan “Hisorak GES” UK boshqarmasiga qarashli “Hisorak” suv ombori to‘g‘onining chap tarafidan qo‘shimcha tunnel ochish maqsadida olib borilayotgan muhandislik texnik tadbirlari vaqtida suv sizib chiqishi holati kuzatilgandi. Bu aholi orasida vahimani keltirib chiqargani uchun tuman hokimi hamda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i aholiga videomurojaat qilib, vahimaga o‘rin yo‘qligini ma’lum qildi.

Har yili yoz boshida Hisorak suv omboridan Qamashi tumanidagi Chimqo‘rg‘on suv omboriga suv yo‘naltiriladi. Chunki cho‘l hududlarimizda paxta-g‘alla ko‘p ekiladi. Tadbir bu yil ham boshlandi. Bundan tashqari Hisorak suv omborida har yili ta’mirlash ishlari ham olib boriladi. Ta’mirlash ishlari ham davom etmoqda. Shuning uchun aholimizdan yolg‘on va vahimali ma’lumotlarga ishonmasliklarini so‘rar edik, — deydi tuman hokimi Samad Hasanov.

Mas’ullar aholidan vahimaga berilmaslikni so‘rab, bunga hech qanday asos yo‘qligini, yashash joylarini tark etishga asos yo‘qligini ma’lum qilgan.

Hokim va viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i ikkinchi videomurojaatida suv ombor to‘g‘oni ustida ekanligini aytgan va vahima qilishga hojat yo‘qligini bildirgan.

Tarmoqlarda tarqalayotgan videolar o‘rinsiz va vahima o‘rin yo‘qligini, shuningdek, to‘g‘on ustidan turib sizga ma’lumot berishni maqsadga muvofiq deb hisobladik, — deydi tuman hokimi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!